1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi



Yüklə 25,09 Kb.
səhifə5/8
tarix09.08.2023
ölçüsü25,09 Kb.
#139021
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu JIXIM

Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasidagi asosiy gipotezalardan biri alohida olingan tovarning mehnat yoki kapital sig‘imliligi hamda mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi hisoblanadi.


Omillar intensivligi (factor intensity) — ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini belgilovchi kо‘rsatkich.


Omillar serobligi (factor abundance) — mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilovchi kо‘rsatkich.


Xeksher-Olin teoremasi (Heckscher—Ohlin Theorem) — har bir mamlakat о‘z ishlab chiqarishlarida nisbatan katta hajmga ega bо‘lgan omillarni talab etuvchi mahsulotlarni ustun darajada ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashadi, binobarin, bu mamlakatlar milliy xо‘jalik nuqtai nazaridan nisbatan kamchil omillar bilan ta’minlangan tovarlarni import qiladilar.

Samuelson tomonidan isbotlangan Xeksher-Olin teoremasi tо‘g‘riligi shartidan kelib chiquvchi bu teorema ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi yoki Xeksher-Olin-Samuelson teoremasi nomini oldi.




@ Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi (factor price equalization theorem) (Xeksher-Olin-Samuelson teoremasi) — xalqaro savdo savdo olib boruvchi mamlakatlarda gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarini muvozanatlashuviga olib keladi.

Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi о‘zining barcha kamchiliklari va mavhum tabiatiga qaramay hozirgi kungacha xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntiruvchi eng mashhur nazariyalarning biri bо‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham bu nazariyaning turli mamlakatlar, tovarlar va ichlab chiqarish omillariga nisbatan ulkan ctatistik massivlar yordamida empirik yо‘llar bilan tekshirilishiga ajablanmasa ham bо‘ladi.


Leontyev bir necha empirik testlar yordamida Xeksher-Olin nazariyasi shartlari amalda bajarilmasligini kо‘rsatib berdi.

Yüklə 25,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin