Mutlaq ustunlik nazariyasi
Merkantilistlarga keskin zarba bergan iqtisodchilardan biri Adam Smit buldi. Adam Smit millat boyligi tuplangan oltin mikdoriga emas, balki mamlakatning pirovard tovar va xizmatlar ishlab chikara olish kobiliyatiga kuprok boglikligini anik-ravshan asoslab berdi.
@ «Lesse-fer» (fr. fr. laissez-faire) — iqtisodiyot va erkin raqobatga davlatning aralashmaslik siyosati.
@ Mutloq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar о‘zlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bо‘lgan) tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan (ishlab chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka ega bо‘lgan) tovarlarni import qiladi.
Mutlaq ustunlik nazariyasining kuchli tomoni shundaki, u mehnatning qiymat nazariyasiga asoslangan va mehnat taqsimotining yaqqol ustunliklarini nafaqat milliy miqyosda, balki xalqaro miqyosda ham kо‘rsatib beradi. Xalqaro savdoni tushuntirib berishda uning cheklanganligi ham yaqqol kо‘rinib turadi.
Bu nazariya u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarishda mutlak ustunlik bо‘lmaganda mamlakatlar nima sababdan о‘zaro savdo olib borishini tushuntirib bera olmaydi.
Nisbiy ustunlik nazariyasi
David Rikardo mutlaq ustunliklar nazariyasini rivojlantirdi va ikki mamlakat о‘rtasida о‘zaro savdo ularning xech biri ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishda mutlak ustunlikka ega bulmaganda ham foydali bulishini kursatib berdi.
@ Muqobil narx (opportunity cost) — bir birlik tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan ish vaqtining boshqa bir birlik tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan ish vaqti bilan ifodalanishidir.
@ Nisbiy ustunlik nazariyasi — agar bir mamlakat boshqa mamlakat bilan solishtirganda nisbatan kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqara oladigan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa ularning birida ishlab chiqarish boshqasiga nisbatan mutlaq samaraliroq bо‘lishidan qat’iy nazar о‘zaro savdo har ikki mamlakat uchun foydali bо‘ladi.
@ Savdodan keladigan yutuq (gains from trade) — mamlakatlar о‘zlari nisbiy ustunlikka ega bо‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashganda savdoda ishtirok etuvchi har ikki mamlakat bu savdodan oladigan iqtisodiy naf.
Nisbiy ustunliklar nazariyasida jahon ikki mamlakatdan iborat va ular ikki tovar bilan savdo qiladi deb faraz qilingan edi. Amalda esa bunday holatning bо‘lishi mumkin emas, albatta. Jahondagi mamlakatlar ichidan ikkitasining faqat ikki tovar bilan о‘zaro savdosini о‘rganmoqchi bо‘lsak ham, bu savdoni ushbu mamlakatlar va boshqa mamlakatlar umumiy savdosidan hamda juda kо‘p miqdordagi tovarlar orasidan ajratib olishning imkoni yо‘q.
Nisbiy ustunlik nazariyasining ahamiyatini baholash juda mushkul, albatta. U bir necha о‘n yillar davomida xalqaro savdoni tushuntirib beruvchi va barcha iqtisodiy bilimlarga kuchli ta’sir о‘tkaza olgan asosiy nazariyalarning biri bо‘lib qoldi. Iqtisodiyotdagi klassik maktab vakillari tomonidan qilingan kо‘p sonli о‘zgartirishlar va kengaytirishlar bilan nisbiy ustunlik nazariyasi amalda birinchi bо‘lib jami talab va jami taklif muvozanatini izohlab berdi. Tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanishi kо‘zda tutilgan bо‘lsa-da, nisbiy ustunlik nazariyasi tovarning qiymati ushbu tovarga ham mamlakat ichidagi, ham xorijdagi jami talab va taklifning nisbati bilan aniqlanishini kо‘rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: |