Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari Tarmoq ichidagi savdo – bu mamlakatlar о‘rtasida bir tarmoqning differensiyalashgan mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
Tarmoqlararo savdo mamlakatlarning turli tarmoqlarning gomogen mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
Differensiyalashgan tovarlar bilan tarmoq ichidagi savdoni sabablari quyidagilar:
Iste’molchilar istak va hoxishlari har xil;
Kesishuvchi talab;
Keng kо‘lamda ishlab chiqarish effekti
Linderning kesishuvchi talab nazariyasi Kesishuvchi talab nazariyasi bu xalqaro savdoni talab tomonidan tushuntiruvchi kamdan kam nazariyalarning biridir. Bu nazariyaga kо‘ra mamlakat eksporti importyor-mamlakatdagi talabga bog‘liq.
Kamdan kam tovarlar faqat eksport uchun ishlab chiqariladi. Tovarlarning asosiy qismi ichki bozorda sotiladi, ichki iste’mol tо‘liq qondirilgandan keyingina bu tovar eksport qilinadi. Bu tovarni xorijiy mamlakatlarda sotishda bu mamlakatdagi talab tarkibi о‘z mamlakatidagi talab о‘xshash bо‘lgan mamlakatni tanlash maqsadga muvofiq. Ikki mamlakatda talab tarkibi kо‘proq daromad darajasiga bog‘liq bо‘ladi, daromad qanchalik yuqori bо‘lsa sifatli tovarga bо‘lgan talab ortib boradi.
Nazorat uchun savollar: 1. Jahon xо‘jaligi nima?
2. XIM tizimiga nimalar kiradi?
3. Jahon xо‘jaligini rivojlanishining bosqichlarini tavsiflab bering.
4. “Avtarkiya” nima?
5. Mamlakatlarni “ochiqligi” qanday kо‘rsatkichlar bо‘yicha belgilanadi.
6. “Ochiq iqtisodiyotning” mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.
7. Globallashuv nimani anglatadi?
8. Tashqi savdo kvotasi nimani anglatadi
9. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati qaysi olimlarning nazariyalarida aks ettirilgan?
10. Xalqaro mehnat taqsimotiga ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy omillarni xarakterlab bering.
11. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi nima?
12. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining shakllarini kо‘rsating.
13.Tashqi savdo deganda nimani tushunasiz?
14 XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdoning jadal rivojlanishiga qanday omillar ta’sir kо‘rsatgan?
Sizning fikringizcha, XXI asrda tashqi savdoning rivojlanishiga asosan qanday omillar ta’sir kо‘rsatadi?
Mintaqaviy integratsion jarayonlarning kuchayishi xalqaro savdoning rivojlanishiga qanday ta’sir kо‘rsatmoqda?
Mutloq ustunlik nazariyasini tushuntirib bering.
Nisbiy ustunlik nazariyasini tushuntirib bering.
Xalqaro savdoning vanday yangi rivojlanish nazariya va modellari bor?
Xalqaro savdo nazariya va modellarining amaliy tatbiqini tushuntirib bering.