1-mavzu: jaҳon energetikasining taraқҚIYoti va zamonaviy muammolari (2 soat) Reja


Jamiyat taraққiyotida energiyadan foydalanishning aҳamiyati



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#168228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-maruza

Jamiyat taraққiyotida energiyadan foydalanishning aҳamiyati
Insoniyat jamiyati va uning yutuқlari taraққiyoti bevosita ishlab chiқarish darajasi va kishilar ҳayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaratish bilan boғliқdir. Ilmiy-texnikaviy va sotsial taraққiyot odatda istehmol қilinuvchi energiyaning ortishi, energiyaning yangi – yanada samarali turlaridan foydalanishni ўzlashtirish bilan bir vaқtda amalga oshadi.
Ҳozirgi zamon mashinalarida istehmol қilinuvchi energiya juda kў’ miқdorni tashkil etadi. Buni қuyidagi taққoslash asosida ifodalash mumkin. Jaҳonning barcha ishga yaroқli aҳolisi bir yil davomida ҳar sutkada 8 soat tўliқ fizik kuch bilan ishlagan taқdirda ҳam ҳozirgi zamon issiқlik va gidroelektr stantsiyalarida ishlab chiқariluvchi energiyaning yuzdan biri miқdoridagi energiyani ishlab chiқara olmaydi. Energiyani istehmol қilish bundan keyin ҳam ishlab chiқarish darajasini ўsishini tahminlagani ҳolda oshib boradi.
Iқtisodiy taraққiyotni fizik va aқliy bўlmagan ishlarni bajaruvchi mukammal avtomatik boshқariluvchi mashinalar asosida faқat istehmol қilinuchi energiyani va ishlab chiқarish darajasini oshirish orқaligina tezlashtirish mumkin.
Energiyaga eҳtiyoj uzluksiz ravishda ortib bordi. Bu ўz navbatida yangi energiya resurslarini қidirib to’ish, energiyani bir turdan boshқa turga ўzgartirishning yangi usullarini ishlab chiқish zaruratini yaratdi. Ҳozirgi davrda turli xil energiyalardan – Қuyosh energiyasi, organik yoқilғining kimyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, oғir yadrolarning ‘archalanishida ҳosil bўluvchi yadro energiyasidan foydalanish anhanaviy ҳisoblanadi. 1.2- rasmda 19- asrning sўnggi 20 yili va 20- asr davomida jaҳon miқyosida insoniyat faoliyatining turli jabҳalarida energiya resurslaridan foydalanishning dinamikasi tasvirlangan. Undan barcha turdagi energiya resurslaridan foydalanish intensiv ortib borganligini kuzatamiz. Bunda kўmirdan foydalanishning nisbiy ўsib borishi yildan-yilga nisbatan bir tekis bўlib, 20- asrning oxirida umumiy foydalanilgan energiya resurslarining taxminan 30% қismini tashkil etsa, gaz va neftdan foydalanishning nisbiy ўsishi keskin ortib borganligini kўramiz. Buning asosiy sababi ularni masofaga uzatish va ishlatishning kam xarajatlarni talab etishidir.



1.2-rasm. Jaҳon miқyosida energiya resurlaridan foydalanish dinamikasi.

Sўnggi ikki asr davomida yer yuzida aҳoli soni va energiyaga bўlgan talab shiddat bilan ortib bordi. Bunda yer kurrasining aҳolisi taxminan olti marta, energiyaga bўlgan talab esa, aҳoli jon boshiga besh marta ўsdi. 1.3- rasmda 19- asrning oxiri va 20- asr davomida jaҳon miқyosida birlamchi energiya istehmoli uning aҳoli jon boshiga tўғri keluvchi miқdorining ўzgarishi tasvirlangan.



1.3- rasm. Jaҳon miқyosida birlamchi energiya istehmoli va uning aҳoli jon boshiga tўғri kelish miқdorining ўzgarishi.


Energiyaga bўlgan talabning bunday tarzda intersiv ўsib borishi yangi energiya resurslarining yangi zaҳiralarini қidirib to’ish, ulardan samarali foydalanish, muқobil energiya manbalarini aniқlash kabi vazifalarni bajarishni taқozo etadi.
Ҳozirgi davrda yer kurrasida mavjud barcha energiya resurslarining ‘otentsiali shartli yoқilғi birligida қuyidagi miқdorlarda baҳolangan (t.sh.yo.):
- organik yoқilғining kimyoviy energiyasi – 1,77*1013;
- yadro energiyasi – 0,67*1014;
- termoyadro energiyasi – 1,22*1017;
- geotermal energiya – 1,0*1014;
- қuyoshning yer kurrasiga tushuvchi energiyasi – 0,82*1014;
- daryolarning energiyasi (bir yillik) – 0,4*1010;
- shamol energiyasi (bir yillik) – 2,1*1011;
- ўrmonlarning bioenergiyasi (bir yillik) – 0,5*1010;
- oқim energiyasi (bir yillik) – 0,86*1014.
Elektr va issiқlik energiyalarini ishlab chiқaruvchi energetika tizimi ўz taraққiyoti jarayonida boshқa bir қator tizimlarning tahsirida bўladi va aksincha, ularga tahsir etadi.
1.4- rasmda Jaҳon miқyosida 1985-2010 yillar oraliғida turli energiya resurslaridan foydalanish dinamikasi keltirilgan4.



1.4- rasm. Jaҳon miқyosida turli xildagi energiya resurslari istehmolining ўzgarish dinamikasi.

Ҳozirgi davrda Jaҳon miқyosida elektr energiyasiga bўlgan talab ҳar yili 2,6% ga oshib borayotganligini ehtiborga olsak, u ҳolda 2030 yilga borib, talab ҳozirgi davrdagiga nisbatan ikki baravar oshadi. Elektr energiyasi ishlab chiқarishda kўmir yoқuvchi elektr stantsiyalarining ulushi 2006 yilda 40% bўlgan bўlsa, 2030 yilga borib bu kўrsatkich 44% gacha oshishi kutilmoқda. 1.4- rasmda boshқa turdagi energiya resurslari singari kўmirning jamiyat faoliyatining barcha soҳalarida foydalanish miқdorini ўzgarish dinamikasi ҳam keltirilgan. Kўmirdan foydalanishning ҳamon oshib borishiga asosiy sabab ҳozirgi davrda Osiyoda gazning narxini yuқoriligi va kўmir zaҳirasining kў’ligi ҳisoblanadi. 1976 yildan buyon bir Britan issiқlik birligiga tўғri keluvchi yoқilғining narxi bўyicha kўmir eng қimmat қazilma yoқilғi ҳisoblanar edi.


Xistoy 2005 yildan kўmirdan foydalanishni 11% miқdorga oshirib borib, 2009 yilda AҚSHni ortda қoldirib, bu kўrsatkich bўyicha Jaҳonda 1- ўringa chiқib oldi. 2005- yilning oxiridagi baҳolashga kўra kўmir zaҳirasi eng yoқilgi sifatida 909 mlrd. kubometr tonna ҳisoblanib, undan foydalanishning ҳozirgi darajasi saқlanib қolganda 164 yilga yetadigan yoқilғi turi sifatida baҳolangan (Xalқaro energetika agentligi, 2006).
AҚSHda ҳozirgi davrda kўmir yoқuvchi elektr stantsiyalari umumiy istehmolning 45% қismini қo’laydi. Bir necha ilgari bu kўrsatkich 51% yoki taxminan 400 GVt bўlib, u 600 ta stantsiyada ishlab chiқarilgan. (Vudruf, 2005). 2030 yilga borib elektr energiya ishlab chiқarishda қўshimcha umumiy қuvvat 750 GVtga yetishi kutilmoқda (Xalқaro energetika agentligi, 2006). Bu қўshimcha қuvvatning 156 GVt қismi kўmir yoқuvchi stantsiyalarning ulushiga tўғri keladi. Boshқacha baҳolashlar bўyicha 2030 yilga borib, қўshimcha 280 ta 500 MVt қuvvatli kўmir yoқuvchi stantsiyalar mavjud bўladi.
SHimoliy Amerikada tabiiy gazning narxini ‘asayib borishi yana kў’roқ energetik jiҳatdan samarali va ‘ast emissiyali (atrof muҳitga chiқariluvchi zararli chiқindilar) stantsiyalarni қurish ananasini yaratmoқda. Ҳozirgi davrda bu anhana 2020 yilgacha davom etishi kutilmoқda. Kombinatsiyalangan tsiklda ishlovchi gaz turbinalariga ega bўlgan gaz yoқuvchi stantsiyalarda 5-7 tsent/kVt.soat kўmir yoқuvchi stantsiyalarda esa 4-6 tsent/kVt.soat oraliғida (Xalқaro energetika agentligi, 2006). Integrallashgan gazlashirilgan tsiklda ishlovchi elektr stantsiyalarini ҳozircha solishtirish mumkin emas, chunki ulardan foydalanishga asoslangan kў’lab ‘roektlarga davlat tomonidan subsidi ajratilgan. Elektr energiya ishlab chiқarishning nisbatan ‘ast narxi AҚSHda kўmir yoқuvchi stantsiyalarni boshқa turdagi markazlashgan generatsiyalovchi stantsiyalarga nisbatan afzalroқ қiladi.
Energetika sistemasini қurish va uning ish sharoitlari bevosita tabiiy faktorlar (masalan, suv xavzalarining mavjudligi, energetika resurslarining geografik joylashuvi va istehmolchilarning joylashuvi) bilan boғliқdir. Biosferaning ҳolati, uni energetika қurilmalarining ishi bilan boғliқ ifloslanganlik darajasi energetika sistemasining texnik xarakteristikalari va ish ҳolatlariga nisbatan mahlum cheklovlarni vujudga keltiradi.
Energetika sistemasini boshқarish faқat uning biosferaga tahsirini emas, balki yoқilgi bilan tahminlash sistemasining sotsial funktsiyalari, sanoat, trans’ort va boshқa faktorlarning ҳam tahsirini ehtiborga olib amalga oshiriladi.
Energetika atrof-muҳit va inson salomatligiga salbiy tahsir etuvchi manbalardan biri ҳisoblanadi. SHu sababli uning tahsirini kamaytirish texnologiyalarini ishlab chiқish va joriy etish bugungi kunda ushbu soҳa olim va mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin