Ko‘krak qafasi shakli qovurg‘alar, o‘mrov, to‘sh, kurak suyaklarining, umurtqa pog‘onasining shakli va joylashishiga qarab belgilanadi. Sportchilarda va normada ko‘krak qafasi shakli silindrik, konik, yassilashgan bo‘ladi. Patologik holatlarda – paralitik, raxitik, emfizematoz (bochkasimon), asimmetrik bo‘ladi.
Rasm. “Tovuq ko’krak”; voronkasimon ko’krak; bochkasimon ko’krak
Qorin shakli – sportchilarda qorin biroz tortilgan bo‘ladi. Qorin shakli muskul pressiga va yog‘ qavatiga bog‘liq.
Oyoq shakliga e’tibor beriladi: normal holatda “tik turing” komandasiga ikkala oyoq sonlarining ichki yuzasi, tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari bir-biriga tegib turadi.
“X” simon oyoq – ikkala oyoq tik turganda tizza bo‘g‘imlari bir-biriga tegib turadi, tovon bo‘g‘imlari uzoq turadi. “O”-simon oyoq shaklida tovonlar ichki tomoni bir-biriga tegib, tizzalar esa bir-biridan uzoq bo‘ladi.
Rasm: “X”-simon oyoqlar; “O”-simon oyoqlar
Oyoqlar shaklini bunday buzilishlari oyoq suyaklarining, ayniqsa, boldir suyaklarining egrilanishi natijasida yuzaga keladi.
Oyoqlar shaklining buzilish darajasini aniqlash va baholash uchun oyoqlar orasidagi bo‘shliqlar santimetr lenta yoki lineyka yordamida o‘lchanadi.
- “X” simon oyoq shaklli odam tirk turgan vaziyatida ikkala oyoqlarning ichki oshiqlari orasidagi bo‘shliq kengligi o‘lchanadi;
- “O” simon oyoq shaklli odam tik turgan vaziyatida tizza bo‘g‘imlari orasidagi bo‘shliq kengligi, ya’ni o‘ng va chap son suyaklarining pastki bo‘rtgan qismlari o‘rtasidagi bo‘shliq o‘lchanadi.
Bu ikkala shakllarning rivojlanishiga bolalar va o‘smirlardagi mushaklarning sust rivojlanishi, yohud oyoq suyak va mushaklariga mos kelmaydigan katta jismoniy yuklamalar berilganligi, vitamin D yetishmasligi sababli raxit kasalligi tufayli yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |