1-Mavzu Kimyoviy tushuncha va qonunlar Moddalar masasining saqlanish qonuni



Yüklə 144,67 Kb.
səhifə1/7
tarix10.06.2023
ölçüsü144,67 Kb.
#128299
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu amaliy


1-Mavzu Kimyoviy tushuncha va qonunlar Moddalar masasining saqlanish qonuni
M. V. Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi. Natijada u massaning saqlanish qonunini kashf etdi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi.
Lomonosov bu qonunini birinchi marta 1748 yilda ta’rifladi, 1756 yilda metallarni og’zi kavsharlab berkitilgan idishlarida qizdirish yo’li bilan bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi.
1789 yilda moddalar massasining saqlanish qonuni fransuz kimyogari Lavuazye tomonidan kashf etildi (Lomonosov ishidan bexabar holda) Lavuazye kimyoviy reaksiyalarda moddalarning umumiy massalaridan tashqari o’zaro ta’sir qiluvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari ham saqlanib qolishini ko’rsatadi.
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasida bog’lanish borligini ko’rsatadi va bu bog’lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalaydi:

Bu tenglamadagi c - vakuumdagi yorug’lik tezligi ( 2,997925 x 10 8 m/c-1 yoki taxminan 300000 km/c ga teng). Eynshteynning bu tenglamasi mikro zarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir.
Kimyoviy reaksiyalar natijasida doimo ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi yoki yutiladi. Ammo kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdorlariga to’g’ri keladigan massa miqdori nihoyatda kam bo’lganligidan uni o’lchash qiyin. Shu sababli kimyoviy reaksiyalarda energyaga aylanib ketadigan massa hisobga olinmaydi.
Kimyoviy reaksiya tenglamasi uning miqdoriy tavsifi hisoblanadi. Kimyoviy reaksiya uchun elementlarning qancha atomi olingan bo’lsa, reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar molekulasida o’shancha atom saqlanadi.Reaksiyaga kirishgan moddalarning massalari reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarning massalariga teng. Masalan ,temir bilan oltingugurt atomlari orasida reaksiyani olib ko’raylik
Fe + S → FeS
56 g 32 g 88 g
M.V.Lomonosov 1748 yilda moddalar massasini saqlanish qonunini kashf etdi.
Kimyoviy reaksiya vaqtida atomlar yo’qolmaydi va yo’qdan paydo ham bo’lmaydi, balki ular qayta guruhlanadi. Atomlar soni reaksiyadan oldin ham, keyin ham o’zgarmaganligi sababli ularning umumiy massasi ham o’zgarmaydi. Massa tushunchasi bilan energiya tushunchasi orasida o’zaro bog‘lanish mavjud. Harakatdagi zarrachaning massasi harakat tezigiga bog‘liq ravishda ifodalanadi:
(5)
bu erda: to - v = 0 bo’lgandagi zarrachaning tinch massasi;
t harakatdagi zarrachaning massasi;
c - yorug‘lik tezligi 3 *1010 sm/sek2.
Bu tenglamadan agar zarracha tezligi V = C bo’lsa zarrachaning massasi cheksiz katta bo’ladi; agar zarracha tezligi kichik bo’lsa m = m0 bo’ladi degan xulosa kelib chiqadi. Massa bilan energiya orasidagi miqdoriy bog‘lanish borligini dastlab M.V.Lomonosov ko’rsatgan edi. M.V.Lomonosov tomonidan taklif qilingan massa va energiyaning saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonuni hisoblanadi. Materiya massasi xuddi energiyadek vaqt o’zgarishi bilan doimiy bo’lib qoladi.
åM = conståE = const
Massa va energiyaning bog‘liqligi A.Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi. (1905 e = mc2 DE = D mc2) E = mc2 yoki DE = Dmc2)
Bu tenglama energiya o’zgarganda massa o’zgarishini va aksincha massa o’zgarganda energiya ham o’zgarishini ko’rsatadi.

Yüklə 144,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin