1-Mavzu: Kino, televidenie va radio tarixi, birinchi qadamlari Reja



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə6/9
tarix16.01.2023
ölçüsü152,5 Kb.
#79369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
кино мавзу

KINO RASSOMI KIM?
Kinematograf tarixining dastlabki bosqichida rassomning vazifasi fonida aktyorlar suratga tushiriladigan manzara — dekoratsiyani chizishdan iborat bo’lgan. Bora-bora yassi manzara o’rnini murakkab hajmdor dekoratsiyalar egallay boshladi. Ammo dekoratsiya va natura qorishib ketgan hozirgi zamon kinosida rassomning ahamiyati nihoyatda salmoqlidir. U keyinchalik kadrda jonlanadigan betakror olam yaratmog’i lozim. Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastavval rassom eskizlar turkumini yaratadi. Bular — bo’lg’usi film lavhalarining rasmlari. Ular asosida natural tarzda suvratga olish o’rni belgilanadi va dekoratsiyalar tiklanadi. Kinodagi dekoratsiya teatrdagidan ancha-muncha murakkabdir. Gap shundaki, teatr tomoshabini sahnani bitta nuqtadan va uzoq masofadan turib ko’radi, kinoda esa uni turli tomonlaridan, tag’in yirik planda suratga oladilar. Binobarin xonaning bir bo’lagini emas, balki mebel o’rnatilgan, chiroq yonib turgan va hattoki muzlatgich ishlab turgan haqiqiy uyni yaratishga to’g’ri keladi. Shundaylikka shundayku-ya, rassomning ishi tarixiy kartinalarda ancha qiyin bo’ladi. Masalan, «Gamlet» filmini suratga olish uchun Fin ko’rfazining sohilida maxsus ravishda o’rta asrlar qo’rg’oni qurilgan edi. To’g’ri, buning uchun tosh emas, balki maxsus sement bilan qoplangan taxtalar material bo’lib xizmat qilgan edi. Buningdek dekoratsiyani yaratish uchun rassom o’zi rasmlarda aks ettiradigan turli davrlar me'morchiligi va madaniyatini obdon yaxshi bilmog’i lozim. Ba'zi paytlarda film voqealari olis sayyorada, vulqon upqonida yoxud dengiz tubida bo’lib o’tishi ham mumkin. Bunday paytda rassom nima qiladi? Basharti pavilonda uyg’oq vulqonni yasashning iloji yo’q-ku? Buningdek ob'yektlarni yaratish uchun kobminatsiyalangan-qurama suratga olishning murakkab texnikasidan foydalaniladi.
KOMBINATSIYALANGAN-KURAMA SURATGA OLISH NIMA?
Siz, albatta, kinoda aktyor havoda bemalol uchib yurganini, baland binodan qulab tushganini, lovullayotgan mashinada portlab ketganini ko’rgansiz. Butun bu «mo'jizalar» ekranda tabiiydek chiqmog’i yo’lida kinochilarning «kombinatsiyalangan suratga olish» degan texnikani qo’llashlariga to’g’ri keladi. Stop-kadr degan texnika kombinatsiyalangan suratga olishning eng oddiy turi sanaladi. Uni aktyorning kutilmaganda kadrdan yo’qolib qolishini yoxud paydo bo’lishini suratga olish maqsadida qo’llaydilar. Bunda kamerani qisqa fursatda o’chirishadi va aktyor kadrdan chiqib ketadi yoki, aksincha, unga kirib keladi. So’ngra kamerani yoqishadi va suratga olish davom etaveradi. «Perespektiv sig’dirish» degan usul ham bag’oyat qiziqarlidir. Ikki aktyorni kameradan har xil uzoqlikda qo’yib, ulardan biri boshqasining kafti bo’ylab «sayr qilib yurishi»ga erishish ham mumkin. Mazkur usul ertak-filmlarda ko’p qo’llanadi. Rir-proyeksiya usuli xususan ilmiy-fantastikaviy filmlarda ko’p ishlatiladi. U aktyorni suratga olish paytida oldindan suratga olingan harakatlanuvchi fon proyeksiyalangan maxsus ekran fonida qayta suratga tushirilishida mujassamlashgan. Shu yo’sin aktyorni vulqon o’pqoni bo’ylab yoki -dengiz tubi bo’ylab sayr qilishga undash mumkin. Kombinatsiyalangan suratga olish faqatgina fantastika yoki sarguzasht filmlarda qo’llanadi, degan mulohaza mutlaqo yangilikdir. Suratga olishning maxsus turlari yordamida aktyorni rejissyorga qanday kerak bo’lsa, shunday harakatlanishga undash yoki sahnalashtirish uchun qiyin bo’lgan lavhada ishtirok etishdan xalos qilish mumkin. Masalan, o’q teshib o’tgan joylarni tasvirlovchi maxsus nakleyka-mitti yopishqoqlarni shishaga yopishtirishni qo’llash o’q «naq aktyorning qulog’i tagidan vizillab o’tadigan» otishmalarni xuddi o’zidan tasvirlashga imkon beradi.

Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin