1-Mavzu: Kino, televidenie va radio tarixi, birinchi qadamlari Reja


NEGA KINO VA FOTOGRAFIYA - SAN'AT?



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə8/9
tarix16.01.2023
ölçüsü152,5 Kb.
#79369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
кино мавзу

NEGA KINO VA FOTOGRAFIYA - SAN'AT?
Odatda san'at deyilganida san'atkorning eng a'lo va saqlashga arzirli sanaladigan namoyishbop yoki ovozli asarini nazarda tutishadi. Kino va fotografiyaga kelganda esa, har ikkalasi ham tomoshabinning ularni idrok qilishda bevosita ishtirok etishini talab qiladi. Rejisyor yoki fotograf tomoshabinda taassurot uyg’otishga, uni qiziqtirib qo’yishga muyassar bo’lganidagina, u badiiy asar yaratoldi, deb dadil aytish mumkin. Fotografiya va filmning o’ziga xosligi shundaki, ular tasvirlar silsilasi yordamida tomoshabinga san'atning boshqa turlarining qurbi yetmaydigan axborotlar hajmini shitob bilan bildirishi mumkin. Shubhasiz, filmlar, ular oq-qora yo rangli bo’lishidan qat'i nazar, bizni fotografiyadagi muqim tasvirdan ko’ra kuchliroq hayratga solishga qodirdir. Maxsus vositalar, ovozlarni kuchaytirish yoxud pasaytirish yordamida tomoshabinda har qanday illyuziyani-maroqni qo’zg’atish mumkin. Film yoki fotografiya shunchaki bizni bo’shashishga undashi, bizni ermak qilishi, larzaga solishi yoinki mas'ul eta olishi mumkin. San'atning u turi ham, bunisi ham fikr uyg’otadi va harakatga undaydi. Nafaqat kamera, qolaversa odamzotning ko’zlari, rangi, ovozi va idroki ham mo’'jizalar yaratishi mumkin. Binobarin fotografiya boshqa bir asosga ko’ra ham san'at sanaladi. Lahzani tutib olar ekan, fotograf u tasvirlayotgan ob'yektdagi bag’oyat xos bo’lgan, salmoqli, muhim jihatlarni ko’rsatib beradi. Fotografiya — bu, olamni fotograf nigohi bilan ko’rish. Rejissyor nuqtai nazari va mavqeini aks ettiruvchi kinoda ham xuddi shu narsa ro’y beradi. Shuning barobarida kinoda aktyor ahamiyatli. Chunki rejissyor tomoshabinga ko’rinmaydi, aktyor esa hamma vaqt ekranda. Ularning birlashuvidan esa kino san'atining fenomeni dunyoga keladi. Fotografiyada bu silsila nihoyatda qisqadir: tomoshabin — fotogaf. Fotografning kadr shakllantirish va uning maksimal ifodaliligiga erishish mahoratidan esa fotografiya san'ati tug’iladi. Shu bois fotografiya ham, kino san'at hisoblanadi.
ILK FOTOGRAFIYANI KIM TAYYORLAGAN?
Odamzotning o’z tevaragida ko’rganlarini aks ettirishga urinishlariga ham bir necha yuzyillar bo’ldi. O’n birinchi asrdan boshlab to o’n yettinchi asrga qadar kamera-obskura degan moslama mavjud bo’lgan. U fotografiya kamerasining o’tmishdoshi edi. Kamera-obskura yordamida tasvir qog’ozga proyeksiyalanar, bu tasvir bo’ylab esa uning qog’ozda mukammal qayta hosil bo’lishi uchun qalam bilan hoshiyalab chiqish mumkin edi. 1802 yilda ikki ixtirochi Uejvud va Xamfri oldinga muhim qadam tashladilar. Kontakt bosma yordamida ular shishaga tushirilgan suvratlar silueti-yakrang aksini azotli kumush qoplangan qog’ozga ko’chirishga muyassar bo’lishadi. 1835 yilda esa Uilyam Talbot muntazam tasvirni hosil qilishga erishdi. Talbot birinchi bo’lib negativdan pozitiv tasvir tayyorladi, birinchi bo’lib fotobosmani ishlab chiqdi, birinchi bo’lib 1844 yilda fotografiyalar bilan bezatilgan kitobni chop ettirdi. O’sha zamonlardan beri bu sohadagi ixtirolar va takomillashtirishlar bir-birining izini sovutmasdan paydo bo’laverdi. Dong’i ketgan «Kodak» fotokamerasi bozorda 1888 yili paydo bo’lgan. Zamonaviy fotografiya aynan shu voqeadan boshlanadi. Fotografiyaga oid jarayonlarning aksariyati yorug’lik ta'sirida kumush nitritlarining qorayishiga asoslangan. Bu xossa esa XVII asrda oddiy metallarni oltinga aylantirish tariqalarini izlagan alkimyogarlar tomonidan kashf etilgandi.

Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin