1-mavzu: kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja


-MAVZU: QOTISHMALAR NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə6/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#191900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja

4-MAVZU: QOTISHMALAR NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT.


R E J A .



  1. Qotishmalarning turlari va ularning mashinasozlikdagi ahamiyati.

  2. Qotishmalarning holat diagramalari va ularning tuzilishi.

  3. Fazalar miqdori va uning aniqlash yo’llari.

  4. Fazalar qoidasi haqida tushuncha.

Tayanch iboralar:
Qotishma, mexanik aralashma, komponent, qattiq eritma, kimyoviy birikma, faza, faza miqdori, muvozanat holatda turuvchi diagramma, holat diagramma.

Ikki va undan ortiq elementlarni (metallarni metallar bilan yoki metallarni metalloidlar bilan) birga suyuqlantirish, qizdirib qovushhtirish va boshqa yo’llar bilan olingan murakkab birikmaga qotishma deyiladi.


Tajribalar Shuni ko’rsatadiki, qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar xiliga miqdoriga va boshqa ko’rasatgichlariga ko’ra ularda quyidagi qotishma uchraydi.
1.Mexanik aralashma. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar suyuq holda bir-birida to’la yorib, kristallanishh jarayonida bir-biriga tortilmay, har biri mustaqil kristallar hosil qilsa, bunday qotishmalarga mexanik aralashma beruvchi qotishma deyiladi.
Komponentlari suyuq holatda bir-birida eriydigan, hamma qattiq holatda erimaydigan va o’zaro kimyoviy birikma hosil qilmaydigan qotishmalar mexanikaviy aralashmalar deyiladi.
Bu qotishmalarga kirgan har bir komponent o’z fazoviy kristall panjarasini saqlaydi.
Komponent so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib - tashkil etuvchi degan manoni bildiradi.
Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar atomlarning diametrlari farqi 15 % dan ortiq bo’lib, turli fazoviy kristall panjarali bo’lgandagina mexanik aralashma hosil bo’ladi.
Bu xil qotishmalar Pv-Sv, Sn-Zn, Rv-Ag qotishmasi misol bo’ladi.
Qotishmalarning birlamchi kristallaniehi o’zgarmas temperaturada sodir bo’ladigan bo’lsa, bunday qotishma evtetik qotishma yoki evtetika deyiladi.
Evtetik qotishmalarning suyuqlanishh temperaturasi ularning tarkibiga kiruvchi komponentlarning suyuqlanishh temperaturasidan past bo’lib, yuqori suyuqlanuvchanlikka ega.
Qotishmaning bir-biridan chegara sirt bilan ajralgan bir jinsli bunday qismga faza deyiladi.
Ikki komponentli mexanikaviy aralashma ikki fazali qotishmadir.
Murakkab shaklli quymalar ko’pincha evtetik qotishmalardan olinadi.
2. Qattiq eritmalar. Agar qotishmalar tarkibiga kiruvchi komponentlaning atomlari suyuq holatda bir-birida to’la erib qattiq holatga O’tganda hali bu xususiyatni saqlab qolib, bir jinsli barqaror faza hosil qilsa bunday birikmalarga qattiq eritmalar deyiladi. Bu birikmalar zarbiy kuchlar ta’siriga chidamli bo’ladi.
Qattiq eritmalarda quyidagi bog’lanishhlar uchraydi.
Komponent atomlarining urin almashhishi. Agar eruvchi komponyonit atomlari erituvchi komponentning kristall panjarasiga o’tib, atomlarning urin almashhish jarayoni kechsa, bunda hosil bo’lgan qattiq eritma atomlarning urin almashhishi bilan hosil bo’lgan qattiq eritmalar deyiladi.
Bunday qotishmalarga Fe-Ni, Cu-Zn, Cu-Si kiradi.

Mikrostruktura Sxemasi

Qotishmada eruvchi komponentning atomlari erituvchi komponentning kristall panajarasiga sinishhidan qattiq eritma hosil bo’lishhi mumkin, bunday qattiq eritma singish qattiq eritmasi deyiladi. (metallar bilan metallmaslar.) Fe-C, Fe-N, Fe-O.





Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlarning o’zaro tasiriga qarab ularning eruvchanligi turlicha bo’ladi. Masalan, nikelda mis yoki misda nikel suyuq va qattiq holida to’la eriy oladi. Bu qotishmalarda erituvchi komponentning yorituvchanligi suyuq holatdagidek, qattiq holatda ham to’la saqlanadi. Bu xususiyat hamma komponentlarga hos bo’lavermaydi. Ko’pchilik metallar eruvchi komponentlarni cheklanmagan miqdorda erita olsa, ba’zilari cheklangan miqdorda eritadi.
CHeklanmagan miqdorda eruvchi komponent atomlari erituvchi komponent atomlari bilan o’rin almashhishi, ya’ni erituvchida to’la erishhi uchun har ikkala komponentning atom diametrlari biri-biriga yaqin bo’lib, kristall panjaralari ham bir xil bo’lishhi lozim.
Agar bir xil kristall panjarali ikki komponentning atom diametrlari o’zaro farq qilsa, yani eruvchi komponent atom diametri erituvchi komponent atom diametridan ancha katta bo’lsa, hosil bo’lgan qattiq eritma kristall panjarasining bir muncha buzilshiga olib keladi.
Bu buzilish ma’lum chegaraga yetgach kristall panjara o’z barqarorligini yo’qotadi. Bu esa erituvchi komponentda eruvchi komponentning eruvchanligi cheklanganligini bildiradi.
3. Kimyoviy birikma. Qotishmalar tarkibiga kiruvchi komponentlarning (M-n: A va V) birlamchi kristallanishh jarayonida o’zaro reaksiyaga kirishhunivchi natijasida hosil bo’lgan (Am Vp) birikmalar kimyoviy birikmalar deyiladi.
Kimyoviy birikmalar tarkibiga kiruvchi komponentlar o’zaro ma’lum nisbatda bog’lanib bir jinsli qotishma hosil qilib, ularning kristall panjarasi ayrim komponentlarning kristall panjaralaridan boshqacha bo’ladi. Bu xil qotishmalarga Fe3C, CuAl2 lar misol bo’ladi.
Bunday birikmalarning qattiqligi ham, elektr qarshiligi ham yuqori bo’ladi.
Komponentlarning kimyoviy birikuvi natijasida hosil bo’lgan qattiq eritma panjarasida buS joylar bo’lsa bunday qattiq eritmalar ayirish qattiq eritmalar deyiladi.
Bu xil eritmalarga Ti bilan NiC,V bilan VC qotishmalar misol bo’ladi.
Qotishma komponentlarining konsentrasiyasi va temperaturasi o’zgarganda fazalarining qanday holatda bo’lishhini ko’rsatuvchi diagramma Shuni qotishmaning holat diagramasi deyiladi.
Bu diagramma eng kichik erkin energiyali barqaror fazalar holatini ko’rasatgani uchun bu diagramma qotishmaning muvozanat diagrammasi deb ataladi.
Qotishmalarning holat diagrammasidan kristallanish davrida faza (struktura) larning hamda ularga ko’ra xossalarining o’zgarishi kuzatiladi.



8- rasm
Aniq qotishmalarning holat diagrammasini tuzish uchun aniq tarkibli qotishmalar olib, ularni tigel deb ataluvchi O’tga chidamli materialdan yasalgan idishga kiritib, pechda suyultirriladi, so’ngra asta - sekin sovitilib boriladi.
Bunda qotishmalarning kristallana boshhlashi va tugashi temperaturaning o’zgarishi termoelektrik pirometr, strukturasi esa maxsus metallog’rafik mikroskop yordamida kuzatib boriladi va olingan material asosida holat diagrammasi tuziladi.
Rv-Sv qotishmasining holat diagrammasini tuzish uchun turli konsentrasiyadagi qotishma olib kritik temperaturasini aniqlaymiz.
Aniqlangan natijalar asosida har bir qotishma uchun sovutish egri chiziqlari chizilib, koordinatalar sistemasining ordinatorlar o’qi bo’ylab qotishmalarning kritik temperaturalarini, absissa o’qi bo’ylab konsentrasiyalarini qo’yib chiqib, qotishmalarning kristallana boshhlash temperaturalari (a nuqta lar) ni tugash temperaturalari (b nuqta lar) ni o’tkazib ularni o’zaro tutashtirsak RV bilan SB qotishmalarining holat diagrammasi tuziladi. (8-rasm). Ma’lumki qotishmaning kristal- lana boshhlash chizig’i ASV dan yuqori temperaturada qotishma suyuq holatda, kristallanishning tugash chizig’i DSE dan quyi temperaturada qattiq holatda va ular oraligida esa suyo’q va qattiq holatda bo’ladi. Qotishma temperaturasi va konsentrasiyasining o’zgarishida uning faza o’zgarishini kuzatish
uchun qotishmaning xarakterli
uch konsentrasiyasini (A, V, S)
olib, ularni suyuq holatdan uy temperaturasiga asta-sekin sovitilib borganda faza o’zgarishini kuzataylik.
Agar A konsentrasiyali suyuq qotishmani 1 - 1 chiziq bo’ylab asta sovitilsa ,u t temperatura(a nuqta gacha) suyuq holatda bo’ladi. Shuvaqtda suyuq eritmadan Rv kristallari ajrala boshhlaydi, chunki bu suyuq eritmada Rv miqdori evtertik tarkibdan ko’pdir.
Qotishma tepyoraturasi t c dan pasaygan sari suyuq eritmadan ajralayotgan Rv kristallari miqdori orta boradi va Shu bilan suyuq eritmada Rv ning miqdori kamayib, Sv miqdori ortib boradi.

  1. soha - suyuq eritma

  2. soha - RVkr Q suyuq eritma

  3. soha - SBkr Q suyuq eritma

  4. soha - RVkr Q evtertika

  5. soha - SBkv Q evtertika

Ushbu jadvalda RV-SB qotishmalarining aniqlangan kritik temperaturalari keltirilgan.

7 - jadval.



Qotishmaning konsentrasiyasi

Kristallanishning boshhlanish temperaturasi

Kristallanishning tugash temperaturasi oC

100% Rv
95% Rv va 5% Sv
90% Rv va 10% Sv
87% Rv o’v 13% Sv
100% Sv

327
300
246
340
631

27
246
246
246
631

4. Qotishmalarning holat diagrammasidan foydalanib, uning turli sohalaridagi fazalar miqdorini kesmalar qoidasi asosida aniqlanish mumkin. Bir necha masalalarni echish bilan kifoyalanamiz.


1-misol .80% Sv bilan 20% Pv dan iborat qotishmaning 280oS temperaturadagi suyuq va qattiq fazalari miqdori aniqlansin. Bu misolni echish uchun avvalo berilgan qotishmaning holat diagrammasini chizamiz.
Bu diagrammadan berilgan qotishmaning o’rnini, fazalarini aniqlaymiz. Buning uchun diagrammaning abtsissa o’qidan 80 % SB li konsentrasiyani belgilab u yerdan 1 - 1 chiziq, ordinata o’qidan esa 280 S temperaturani ko’rsatuvchi nuqta dan gorizantal chiziq o’tkazib, bu chiziqlar kesishgan nuqta si L ni, yani qotishmaning berilgan o’rnini topamiz.
Ma’lumki holat diagrammaning bu sohasida qotishma SBkr suyuq eritmasdan iborat bo’ladi. Agar qotishmaning umumiy fazalar miqdorini Qu, qattiq faza miqdorini Qk va suyuq faza miqdorini Qs demak kesmalar qoidasiga ko’ra ularningn nisbatlarini quyidagicha ifodalash mumkin.

Qk КЛ Qс ЛМ


 ;  ;
Qy КМ Qy КМ
L nuqta dagi qotishmaning qattiq faza miqdorini yuqoridagi formulalar asosida aniqlaymiz.
КЛ 60
Qk Qy  100  75%
КМ 80

Xulosa qilsak, 280oS temperaturada bu qotishma 75% qattiq SB kristallari, 25% suyuq eritmadan iborat bo’ladi.


2 - misol. Tarkibi 80% SB ,bilan 20% PB dan iborat qotishmaning uy temperaturasidagi fazalari va ularning miqdori aniqlansin.
80%SB li qotishmaning 20oS temperaturadagi o’rnini belgilab 1 - 1 vertikal va gorzinotal EM chiziqlar o’tkazsak, ular K nuqta da kesishadi. Ma’lumki, bu sohada qotishma SBkr bilan evtektikadan iborat bo’ladi.
Kesmalar qoidasiga ko’ra qotishmaning bu sohadagi fazalar miqdorini quyidagicha aniqlaymiz.
ЭК 67
Qk  100  77% Svkr
ОМ 87

Qolganl 23% evtertika bo’ladi. Bazi hollarda qotishma fazalarining miqdorini uchburchak usulda aniqlanadi. Qotishmaning S nuqta dagi tarkibi 100% evtertikadan iborat.


Bunda ko’rilgan AVD uchburchakning SD kesmasini 100% deb olib, A nuqta dagi tarkibli qotishma miqdorini aniqlash uchun bu nuqta dan AVD uchburchak asosiga 1 - 1 perpendikulyar chiziq o’tkazib,uni uchburchakning VD- kesmasiga tushirilsa,olingan MK chizig’i A nuqta dagi ayni qotishmaning evtertika miqdorini beradi.
O’xshash SVD va MVK uchburchaklardan ma’lumki

МК МВ МВ


 ; bu yerdan MKqSD  ;
СД СВ СД

MV va SV kesmalar qiymatlarini tenglamaga qo’yib, MK qiymatini aniqlaymiz.


MKq 100  23%
Demak, qotishma 23 % evtertika,77% SBkr dan iborat bo’ladi.
5. 1873 -1878 yillarda D.Gibs muvozanat holatidagi qotishmalarni erkinlik darajasi bilan komponentlar, fazalar va o’zgaruvchan tashqi omillar (temperatura, bosim)ning bog’liqligini ko’rsatuvchi matematik ifoda - fazalar qoidasini yaratadi.

SqK-FQUt


Bu yerda K - komponentlar soni, F- fazalar soni,Ut - o’zgaruvchan tashqi omillar.


Agar o’zgarmas bosimli va konsentrasiyali qotishmaning faqat temperaturasi o’zgarsa, unda yuqoridagi formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.
SqK-FQ1

Bu formulani sof metall va ikki komponentli qotishmaga tatbik etib ko’raylik.


Ma’lumki, sof metall bir komponentli bo’lib,u kritik temperaturada ikki fazaga (suyuq va qattiq) uy temperaturasida esa qattiq fazaga egadir.
Agar K q1,F q 2 bo’lsa,metallning erkinlik darajasining topish uchun bu ko’rasatgichlarni yuqoridagi formulaga qo’ysak,unda sq12Q1q0 bo’ladi. Shuni ko’rsatadiki,ayni Sharoitda sistema muvozanat holatda bo’ladi.
Metallning temperaturasi kritik temperaturadan ortsa yoki kamaysa fazalarning muvozanat holati buziladi. Demak, bu holatni saqlash uchun temperaturani o’zgartmaslik kerak.
Endi fazalar qoidasini ikki komponentli RV - SB qotishmaning suyuq eritma sohasiga tatbik etib ko’raylik. Ma’lumki,bu qotishmada Kq2, Fq1, unda Sq2-1Q1q2 bo’ladi.
Bu Shunii ko’rsatadiki, qotishmaning ayni sohasida temperaturasini va komponentlar konsentrasiyasini ma’lum chegarada o’zgartirish mumkin, bunda fazalar saqlanib qoladi. Bu qoida asosida qotishmalarning holat diagramma sohalariga tegishhli fazalarni, binobarin texnologik ishlov berish rejimini to’g’ri belgilash mumkin.
Sinov savollari:

  1. Qotishmalarning turlari va ularning tarkibi.

  2. Mexanik aralashmali qotishmalar.

  3. Qattiq eritmali qotishmalar.

  4. Kimyoviy birikmali qotishmalar

  5. Holat diagrammasi deb nimaga aytiladi?

  6. Rv-Sb qotishmasining holat diagrammasi?

  7. Fazalar miqdori qanday aniqlanadi?

  8. Muvozanat holatidagi qotishmalarning erkinlik darajasi qanday aniqlanadi?

  9. Eruvchi va erituvchi atomlarning urin almashhishi nima?

  10. Evtektik holat nima?

  11. Qotishmalar deb nimaga aytiladi?

  12. Ayirish qattiq eritmalar deb nimaga aytiladi?

  13. Muvozanat holatidagi qotishma nima?

  14. Muvozanat holatdagi qotishmalarning erkinlik darajasi qanday formula bilan aniqlanadi?

Test sinovlari:


1.Qotishmalar deb nimaga aytiladi?

  1. metallar aralashmasiga qotishmalar deyiladi

  2. elementlar aralashmasiga qotishmalar deyiladi

  3. ikki yoki undan ortiq elementlarni birga suyuqlantirish orqali hosil qilinganaralashmaga aytiladi

  4. metallar bilan metallmaslar aralashmasiga aytiladi

  5. tashkil etuvchilar aralashmasiga aytiladi

2.Suyuqlantirmay elektroliz qilish, qizdirib qovushhtirish yo’li bilan hosil qilingan qotishmalar qanday ataladi?

  1. foro qotishmalar

  2. murakkab qotishmalar

S) oddiy qotishmalar

  1. aralashma qotishmalar

  2. psevdo qotishmalar

3.Qotishmalarni tashkil etuvchi elementlar nima deb ataladi?

  1. qotishma elementi

  2. komponent

  3. bir qismi

  4. kristall panjara

  5. qattiq element

4.Qotishmaning holat diagrammasi nima?

  1. qotishmaning tarkibini ko’rsatuvchi diagramma

  2. qotishmaning muvozanatini aniqlovchi egrlik

  3. qotishmalar holatining temperatura va konsentrasiyasiga qarab o’zgarishini ko’rasatuvch diagramma

  4. temperatura o’zgarishini ko’rsatuvchi diagramma

  5. qo’shma holatlarni belgilovchi diagramma

5.Suyuq qotishmaning kristallana boshhlash temperaturasi nuqtasi qanday nuqta deb nomlanadi?

  1. suyuqlanish nuqtasi

  2. kritik nuqta

  3. solidus

  4. likvidus nuqta

  5. evtektika nuqtasi

6.Qotishma temperaturasi kristallanib bo’lgan nuqta qanday aytiladi?

  1. kritik nuqta

  2. solidus nuqta

  3. likvidus nuqta

  4. erish nuqtasi

  5. qotish nuqtasi

7.Eng past temperaturasida suyuqlanadigan va qotadigan qotishma qanday qotishma deb ataladi?

  1. toza komponentlar ichida eng past temperaturada

suyuqlanadigan qotishma evtektika deyiladi

  1. toza qotishma deyiladi

  2. suyuqlanuvchi qotishma deyiladi

  3. qattiq qotishma deyiladi

  4. nafis qotishma deyiladi

8.Komponentlar mexanikaviy aralashma hosil qiladigan qotishmalarning holat diagrammalari qanday diagramma deb ataladi?

  1. ikkinchi tip holat diagramma

  2. holat diagramma

  3. evtektika diagrammas

  4. birinchi tip holat diagrammasi

  5. uchinchi tip holat diagrammasi

9.Suyuq holatda ham qattiq holatda ham bir-birida istagancha eriydigan ikki komponentdan iborat qotishmalaning holat diagramasiga qanday holat diagrammasi deyiladi?

  1. birinchi tip holat diagramma

  2. umumiy holat diagramma

  3. ikkinchi tip holat diagrammas

  4. xususiy holat diagrammasi

  5. holat diagrammasi

10.Ikkinchi tip holat diagrammasiga misol keltiring.

  1. Cu-Ni, Fe-Cr, Fe-Co, Au-Ag

  2. Fe-Cr, Fe-Co, Fe-C, Ag-Au

  3. Bi-Sb, Au-Pt, Fe-C

  4. Bi-Sb, Au -Pt, Au-Ag, Au-Pb, Fe- Ni, Fe-Cr, Fe-C, Fe-V

  5. Fe-C, Cu-N i, Fe-Cr, Fe-Co

11.Metallarda qanday kristall panjaralar bo’ladi?

  1. 7 xil kristallik panjarasi bo’ladi: kub, geksog’onal, tyotragonal, romba, yordik, rombik, monoklelik, griklilik

  2. 3 xil kristallik: panjara hajmi, eklari va tomonlari markazlashgan kub

  3. kub geksonal, rombik, paralelopiped

  4. hajm markazlashgan kub, rombik va o’qlari markazlashgan

  5. tomoni markazlashgan geksog’onal, diog’onal, trigonal

12.Qo’rg’oshin bilan surma qotishmalarining holat diagrammasi qanday tuziladi?

  1. qo’rg’oshin bilan surmaning qotishi va erishiga qarab

  2. qo’rg’oshin erishiiga qarab tuziladi

  3. surmaning erishiiga qarab tuziladi

  4. qo’rg’oshin-surmaning holat diagrammasini tuzishda termik analiz natijalaridan foydalanib ordinataga temperatura, obtsissada qo’rg’oshin va surmaning foizdagi miqdoriy aralashmasi quyiladi

  5. holat diagrammasi birinchi tip holat diagrammasi asosida tuziladi

13.Metall va qotishmalarining ichki no’qsonlarini aniqlashning qanday usullari mavjud?

  1. rentgen usuli o’lchash usuli

  2. ultratovush usuli

  3. rentgen, ultratovush, magnitaviy maydon usullari

  4. magnitaviy maydon kuzatish usuli

  5. mikroskopik va ultratovush



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin