9
Shuningdek o‘sha davrda quloq sifatida boshqa o‘lkalarga surgun qilingan
59 mingdan ortiq vatandoshimiz ham harakatdagi armiyaga safarbar etilgani
ma’lum bo‘ldi.
Shu borada yana ba’zi raqamlarni keltirmoqchiman. Ilagri 390 ming nafar
O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilar edi. Aslida bu raqam 538
mingdan ziyod bo‘lgan», deya uqdiradi.
5. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi
nazariy-konseptual
yondashuv
va
ilg‘or
innovatsiyalar.
O‘zbekiston
Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yoshlarga nisbatan
alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga oid davlat siyosati izchil ravishda amaliy
hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy
yo‘nalishlari, yoshlarga
beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy
kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi «O‘zbekistonda
yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi qonunida belgilab
qo‘yilgan.
O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va
yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va
hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Bu
borada yoshlarning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning
eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar
bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib
voyaga
etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadi qo‘yilgan.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi
faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida
amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini
modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida
hisoblanadi. Chunki, mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i 60,0 foiz
foizdan yuqorini tashkil qiladi. Mazkur mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati
ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish,
fuqarolik jamiyatini
shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ushbu jarayonlar,
ya’ni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari,
yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli
va bu borada to‘plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish
maqsadida ko‘plab xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda
Ta’lim sohasini isloh qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni
tarbiyalash bo‘yicha 1997-yil amalga oshirilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan
e’tirof etilgan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,
katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy ilm-fanni puxta
egallagan raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ta’lim-tarbiya
ishlarini tubdan
o‘zgartirish, xalqaro tajribalar asosida ta’lim sifatini yangilash masalasi davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xususan, 2017 – 2021-yillarda O‘zbekistonni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
10
ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish masalalari belgilab berilgan bandlarida, jumladan, uzluksiz ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq,
yuqori
malakali kadrlar tayyorlash; ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar,
informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va
talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish
sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim
muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual
rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega,
Vatanga
sodiq yoshlarni tarbiyalash kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni
chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga alohida ahamiyat qaratilgan. Shu bois,
O‘zbekistonda milliy ta’lim-tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor berilib, ta’lim tizimida
tub o‘zgarishlar qilish va erishilgan natijalarni tahlil etgan holda, mavjud
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim o‘rin
tutadi.
Bugungi kunda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli,
samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy
kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuch ekanligini teran anglash asnosida milliy
qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas
iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz,
qaytadan
dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida
ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga undaymiz.
Ta’lim
tuzilishini
modernizatsiyalash,
uni
demokratlashtirish,
kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash,
uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni
fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki
fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning
har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun
loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion
loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga
erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
Yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona
bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab,
zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual
salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib
voyaga etkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha
olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi.
Bugungi hayotimizni Internet, kompyuter tarmog‘isiz tasavvur etib
bo‘maydi. Axborot texnologiyalari tufayli uzog‘imiz yaqin, mushkulimiz oson
bo‘lmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib
borayotgan shunday bir
sharoitda yoshlarning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir
tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech
shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham
to‘g‘ri kelmaydi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoev shunday deydi:
«Bugungi
Dostları ilə paylaş: