1-Mavzu: Kirish. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning ilmiy uslubiy asoslari. Reja


 Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish fanining predmeti, vazifalari va



Yüklə 380,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix02.01.2022
ölçüsü380,83 Kb.
#42717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 1

1.1 Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish fanining predmeti, vazifalari va 

uslubi. 

 

“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish” fani iqtisodiyotga oid fandir. Shu sababli 



u  boshqa  iqtisodiy  fanlar  bilan,  eng  avvalo  iqtisodiyot  nazariyasi,  mikroiqtisodiyot, 

makroiqtisodiyot,  qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti,  logistika  va  boshqa  shu  kabi  fanlar  bilan 

chambarchas bog’liq. 



Shular bilan bir qatorda “Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etish” fani 

texnikaviy  va  texnologik,  umumiy  dexqonchilik-o’simlikshunoslik,  zootexnika-chorvachilik, 

veterinariya va boshqa fanlarga tayangan xolda ish ko’radi. 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarishni  tashkil  etuvchi 

tashkilotchi birgina iqtisodiy fanlarni o’zlashtiribgina qolmay, maxsulot yetishtirish texnikasi va 

texnologiyasini  chorvachilik  va  dexqonchilik  tizimlarini  barcha  unsurlari  bilan  bogliq  bo’lgan 

xamma fanlarni xam o’zlashtirgan bo’lishi va bilishi zarur. 

“Qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish”  fanining  o’rgnish  ob’yekti  bo’lib, 

bugungi kunda sohada faoliyat yuritayotgan qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari), 

fermer va dehqon xo’jaliklari hamda agrofirmalar hisoblanadi. 

Fanning ahamiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini iqtisodiy va 

tashkiliy  jihatdan  yanada  rivojlantirish,  uni  rejalashtirish,  korxonalar  moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash,  xodimlarning  moddiy  manfaatdorligini  oshirishda  “qishloq  xo’jaligida  ishlab 

chiqarishni tashkil etish” fani muhim rol o’ynaydi. 

“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining vazifalari. Qishloq xo’jalik ishlab 

chiqarishining  barqaror  o’sishiga  erishish,  mamlakatni  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  qishloq 

xo’jalik  xom  ashyosi  bilan  to’liq  ta’minlash  va  samarali  pirovard  natijalarga  erishish  uchun 

mavjud  qonuniyatlar  va  tamoyillarga  muvofiq  qishloq  xo’jaligi  korxonalarining  oqilona,  eng 

samarali  va  maqbul  tuzilishi  bo’yicha  ilmiy  qoidalar  va  amaliy  tavsiyalarni  ishlab  chiqishdan 

iboratdir. 

Mamlakatimizda  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  tashkil  etishning  asosiy  funksional 

vazifalar quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

-qishloq xo’jaligida tashkiliy-huquqiy shakllarni  tanlash,  ishlab chiqarish  hajmlari,  tashkiliy 

va  ishlab  chiqarish  tizimlarini  ilmiy  asoslash,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishida 

foydalaniladigan  yer  maydonlarini  tashkillashtirish,  qaysi  dalaga  qanday  ekinlar  ekish 

maqbuligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslarni shakllantirish; 

qishloq xo’jaligi  korxonalarida ishlab chiqarishni  samarali tashkil qilish bo’yicha ilmiy 



asoslangan yo’nalishlar va amaliy tadbirlarni tashkil etish; 

shirkat,  fermer  va  dehqon  xo’jaliklari,  ularning  birlashmalari  uchun  bozor  iqtisodiyoti 



sharoitlarida  istiqbolli  modellarni  ishlab  chiqish.  Bu  modellarning  samaradorligi  mezonlari 

sifatida  ishlab  chiqarish  hajmlarining  o’sishi,  xarajatlarning  tejalishi,  ijtimoiy  sharoitlarning 

yaxshilanishi kabilarni ko’rsatish mumkin; 

-mavjud  foydalaniladigan  yer  maydonlari,  suv  resurslari  va  boshqa  vositalarni  ishlab 

chiqarishning  istiqboliga  muvofiq  kelishi,  ishlab  chiqarish  kuchlarining  o’sishi  ishlab 

chiqarishning o’sishiga imkon yaratishi, resurslarning har bir turidan samarali foydalanish; 

-yer maydonlaridan foydalanishni tashkil etishda ularning miqdor va sifat jihatlarini hisobga 

olish,  xo’jalik  va  iqtisodiy  maqsadlardan  kelib  chiqib,  yer  resurslarining  transformasiyasi  va 

rekultivasiyasi  (qayta  madaniylashtirilishi),  yerni  muhofaza  qilish  bo’yicha,  tuproqni  asrash  va 

boshqa tadbirlarni amalga oshirish; 

-qishloq  xo’jalik  korxonalarining  yo’nalishlari  va  hajm  ko’rsatkichlarini  ilmiy  jihatdan 

asoslab berish; 

-qishloq  xo’jalik  korxonalarini  istiqbolini  rejalashtirishni  takomillashtirish  va  bizhes  rejani 

tuzish yo’llarini ko’rsatish; 

-qishloq  xo’jalik  korxonalarida  mehnatni  tashkil  etishning  ilg’or  usullarini  joriy  etish, 

me’yorlash, unga haq to’lashni takomillashtirish tadbirlarini belgilab beish; 

-dehqonchilik  va chorvachilik  tarmoqlarini  barqaror rivojlantirish va ularga xizmat qiluvchi 

hamda qayta ishlovchi korxonalarni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish; 

-qishloq  xo’jalik  korxonalari  bilan  xizmat  ko’rsatuvchi  tashkilotlar  o’rtasidagi 

shartnomalarni tuzish va takomillashtirish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatish. 

Umuman  olganda,  “Qishloq  xo’jligida  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish”  fanining  vazifasi 

bozor iqtisodiyoti talablari asosida qishloq xo’jaligining rivojlantirish sohasida o’rtaga quyilgan 

masalarni hal etishga faol ko’maklashishdir. 



Fanning uslubi deyilganda, tadqiqot predmetini o’rganish yo’llarining majmuasi tushuniladi. 

Agar  uslub,  ya’ni  usul  voqyelikning  obyektiv  qonuniyatlarini  ifodalasa,  amaliyotga  asoslansa, 

o’z  obyektini  uzluksiz  davomiylikda  o’rgansa  va  tajribalarni  umumlashtirib  borsa,  u  ilmiy 

hisoblanadi. 

Tadqiqotlarning  eng muhim uslubi  jarayonlarni  o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda qarama- 

qarshiliklar  kurashi  birligi  orqali  doimiy  taraqqiyotda,  miqdor  o’zgarishlarining  sifat 

o’zgarishlariga o’tishda o’rganiladigan dialektik uslub hisoblanadi. 

Tadqiqotlarda  asosan  ikki  usuldan  foydalanish  mumkin  bo’lib  ular  biri-birisiz  mavjud 

bo’lmaydi. 


Yüklə 380,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin