Induksiya usuli. Bunda alohida bir xil faktlardan umumlashtirishga, juz’iydan umumiy
xulosalar chiqarishga tayaniladi.
Deduksiya usuli. Umumiy qoidalar va qonuniyatlardan kelib chiqib, nisbatan juz’iy
xulosalar chiqariladi.
“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish” fani iqtisodiy tadqiqotlarning bir qancha
uslublaridan foydalanadi. Ular orasida quyidagi uslublar, ayniqsa keng qo’llaniladi.
Statistik guruxlash usuli - barcha ishlab chiqarish tarmoqlari bo’yicha: qishloq xo’jaligida
chorvachilik mahsulotlarining o’sishi, ekinlar hosildorligi, ish kuchi, ishlab chiqarish
vositalaridan foydalanish darajalari, mehnat sarflari va unumdorligi, mahsulot tannarxi va
daromadlar, mexanizasiyadan foydalanish darajalari bo’yicha juda katta ma’lumotlarni
to’plashga qaratilgan usuldir. Amalda bu ma’lumotlar guruxlanib korxonalarning ixtisoslanishi,
xo’jalikning maqsadga muvofiq xajmini asosiy iqtisodiy ko’rsatgichlarga ta’sir etuvchi ayrim
omillarni aniqlashda ishlatiladi.
Monografik usul - ayrim ilg’or xo’jaliklar va ularning ichki bo’linmalari ishlab chiqarish-
iqtisodiy faoliyatini sinchiklab o’rganishda hamda ayrim ish metodlarini chuqur taxlil qilishda
foydalaniladigan usuldir. Tadqiqot ishlarining bu usulini qo’llanishi ko’pgina tashkiliy
masalalarni to’g’ri hal qilish imkonini beradi. Bu usuldan foydalanishda to’plangan ma’lumotlar,
hodisalar va jarayonlar orasidagi bog’lanishlarni aniqlashda, qonuniyatlarning ma’nosini
ochishda, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining istiqbollarini belgilashda va barcha yangiliklar
hamda ilg’or ish usullarini qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga tadbiq etishda asosiy yo’llarni
belgilashga yordam beradi.
Tahlil qilish-hodisaning har bir qismini alohida batafsil o’rganish, ular orasidagi
bog’lanishlarni tadqiq qilish maqsadida ularni tarkibiy qismlarga ajratishdir. Tahlil qilish ilmiy
bilishning eng asosiy va ko’p tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi
ishlab chiqarish tarmog’idagi chuqur jarayonlarni va xususiyatlarni ko’rsatib berishdan
iboratdir.
Tahlil qilishning asosiy usuli-xo’jalikning bir necha yil davomidagi ko’rsatkichlarini, biror
korxonaning va teng tabiiy- iqtisodiy sharoitlarda eng yaxshi natijalarga erishgan ilg’or
xo’jaliklarning hisobot va reja ma’lumotlarini dinamik ravishda taqqoslashdir. Ayrim omillar
o’rtasidagi bog’lanishni va o’zaro aloqalarni, muhim masalalarni belgilash zarur bo’lib, ularning
hal qilinishi umuman muammoni yechimini topishning muvaffaqiyatini oldindan aniqlab beradi.
Xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda yillik va kvartal hisobotlari, yig’ma hisobotlarga oid
ma’lumotlar boshlang’ich ma’lumotlar hisoblanadi. Tahlil qilish ishlab chiqarishning
kamchiliklarini ochish, xo’jalikning moliyaviy faoliyatini yaxshilashning asosiy yo’llarini
belgilash imkonini beradi.
Hisob-kitob(reja) - konstruksiya uslubi. Bu uslub korxonada ishlab chiqarishni tashkil
etishda ba’zi bir jihatlar yoki butun tizimni rivojlantirishning istiqbolli rejasini ishlab chiqishda
qo’llaniladi. Maqsadga erishishning eng samarali variantini tanlash, ya’ni qo’yilgan vazifalarni
oqilona bajarishga imkon yaratadi.
Matematik modellashtirish uslublari. Bu uslublar ishlab chiqarish uchun eng qulay
variantlar va sharoitlarni tanlash muammolarini hal etishda qo’llaniladi. Korxona, viloyat,
Dostları ilə paylaş: |