1-Mavzu: Kirish. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning ilmiy uslubiy asoslari. Reja



Yüklə 380,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix02.01.2022
ölçüsü380,83 Kb.
#42717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 1

 

GLOSSARIY 

AGRAR  MUNOSABATLAR  -  yerga  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish 

bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardan iborat. 

BOZOR  IQTISODIYOTI  -  erkin  tovar  pul  munosabatlariga  asoslangan,  iqtisodiy 

monopolizmni  inkor  etuvchi,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilishga  yo'naltirilgan  va  boshqariladigan 

iqtisodiy tizimdir. 

IQTISODIY  O'SISH  -  yalpi  milliy  mahsulot  (sof  milliy  mahsulot,  milliy  daromad)  yillik 

miqdorini mutloq o'sishidir. 

IQTISODIY  QONUNLAR  -  iqtisodiy  jarayonlar  o'rtasidagi  doimiy  takrorlanib  turadigan, 

barqaror aniq sabab-oqibat aloqalarini, ularning bog'liqligini ifodalovchi voqea- hodisalar. 

ISHLAB  CHIQARISH  JARAYONI  -  jamiyat  ixtiyoridagi  barcha  resurslardan  foydalanib, 

jamiyat a'zolari uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni yaratish. 

ISHLAB  CHIQARISH  MUNOSABATLARI  -  hayotiy  ne'matlarning  ishlab  chiqarish, 

taqsimlash,  ayirboshlash  va  iste'mol  qilish  jarayonida  kishilar  o'rtasida  paydo  bo'ladigan 

iqtisodiy munosabatlardir. 

ISLOHOT  -  turli  ravishda  o'tkazilgan  o'zgarish:  isloh  qilish,  reforma.  Iqtisodiy  I.-  iqtisodni 

inqiroz holatidan chiqarish borasida o'tkazilgan chora- tadbirlar 

MEHNAT - bu insonning biror bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyat bo'lib,  u orqali inson 

o'zining ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat in'omlarini o'zgartiradi. Inson mehnati ikki yoqlama 

xarakterga  ega:  a)  KONKRET  MEHNAT-  tovarning  iste'mol  qiymatini  yaratadigan,  biron  bir 

aniq ko'rinishga ega bo'lgan mehnat turi tushuniladi.b) ABSTRAKT MEHNAT- tovar qiymatini 

yaratadi.  «Abstrakt»  (so'zi  o'zbek  tilida  «mavhum»  degan  ma'noni  bildiradi).  Mehnat  aniq 

shaklidan  qat'iy  nazar  umuman  sarflangan  ish  kuchidir,  jami  ijtimoiy  mehnat  sarfidan  iborat 

bo'ladi. 

QONUN  -  1)  ob'yektiv  borliqda  turli  hodisalar  o'rtasida,,  kishi  ongidan  va  ixtiyoridan 

tashqarida  doimiy  bo'lgan  zaruriy  ichki,  muhim,  takrorlanadigan  bog'lanish,  munosabat;  2) 

davlat  hokimiyati  tomonidan  qabul  qilingan,  hamma  uchun  majburiy  bo'lgan  ijtimoiy-huquqiy 

norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida; 3) bajarilishi shart, majburiy bo'lgan, norma, 



qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar. 

Yüklə 380,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin