Tetrasen Tetrasenning yana bir nomi naftasen (IYUPAK nomenklaturasi boʻyicha nomlanishi — 2,3-benzatrasen, tetrasiklo-oktadeka-1,3,5,7,9,11,13,15,17-nonaen) polisiklik aromatik uglevodorod. Xira zargʻaldoq rangdagi kukun koʻrinishida boʻladi.
Tetrasen organik unipolyar tranzistorlar va organik svetodiodlarda ishlatiladi. 2007-yil may oyida ikki yapon universiteti — Toxoku va Osaki Universiteti tadqiqotchilari tetrasenning bitta kristalidan tayyorlangan bipolyar tranzistor yaratishgani haqida xabar berishdi.
Tetrasenni, shuningdek, boʻyoqli lazerlarda aktiv muhit sifatida qoʻllaniladi.
Pentasen Pentasen — polisiklik aromatik uglevodorod boʻlib, molekulasi 5 qator terilgan benzol halqalaridan iborat(\ref{fig:pentacene3d}-rasm). 2009-yilda skanerlovchi atom-kuch mikroskoplari yordamida molekulalarining batafsil kimyoviy strukturasi oʻrganilgan. Mikroskopda kuzatish oʻta yuqori vakuumda, 5 K temperaturada olib borilgan.
Pentasen plastik mikrosxemalarda yarimoʻtkazgich sifatida ishlatiladi. Fizik xossalari:
Kimyoviy formulasi — C{\displaystyle _{22}} H{\displaystyle _{14}}
Molyar massasi — 278,36 g/mol
Zichligi — 1,33 g/sm{\displaystyle ^{3}}
Indol Indol (benzoperril, 2,3-benzpirrol) — geterosiklik kondensirlangan aromatik birikma. Karam hidini eslatuvchi rangsiz kristallar koʻrinishida uchraydi.
Indol yadrosi koʻplab tabiiy biokimyoviy birikmalar tarkibiga kiradi. Alohida modda sifatida esa bir qancha efir moylari, shuningdek, smola tarkibida uchraydi.
Indolni oʻrganish, oʻsimliklardan olinadigan boʻyoq modda — indigoni oʻrganishdan boshlangan. Indigoni oksidlash yoʻli bilan izatin, keyin esa indoksil olish mumkin. 1866-yilda Adolf fon Bayer rux changi yordamida indoksildan indolni hosil qilishga erishgan. 1869-yilda esa indolning kimyoviy strukturasi uchun rasmdagi formulani taklif qilgan.
Indol uchun Adolf fon Bayer taklif qilgan formula
Indolning baʼzi hosilalari XIX asr oxirlarigacha boʻyoq sifatida juda keng qoʻllanilgan. 1930-yillarda indol yadrosi juda koʻplab muhim alkaloidlar, aminokislotalar, auksinlar va boshqa biologik moddalar tarkibiga kirishi maʼlum boʻlganidan soʻng, unga boʻlgan qiziqish yanada kuchaydi.
Fizik xossalari
Eruvchanligi:
benzolda — eriydi;
suvda — 0,36 g/100 g (25 {\displaystyle ^{\circ }}0C temperaturada) — yomon eriydi;
etanolda — 35,9 g/100 g (20 {\displaystyle ^{\circ }}0C temperaturada) — yomon eriydi.
Olinishi Indol ikki xil usulda olinishi mumkin:
1. Karbonil birikmalar arilgidrazonlarini siklizatsiyalash orqali (Fisher reaksiyasi)
2. α {\displaystyle \alpha }- galogen yoki α {\displaystyle \alpha }- gidroksikarbonil birikmalarning arilaminlar bilan oʻzaro taʼsiri orqali (Bishler reaksiyasi).