1 mavzu. Kirish. Yarimo‘tkazgichlar va ular asosidagi quyosh elementlari to’g’risida muxtasar ma’lumotlar. Reja



Yüklə 314,32 Kb.
səhifə1/6
tarix29.03.2023
ölçüsü314,32 Kb.
#90915
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu


1 - mavzu. Kirish. Yarimo‘tkazgichlar va ular asosidagi quyosh elementlari to’g’risida muxtasar ma’lumotlar.


Reja:
1. Fanga kirish
2. Organik yarimo‘tkazgichlar to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar.
3. Organik yarimo‘tkazgichlarning uch xil avlodi.


1. Fanga kirish
Quyosh elementlari (QE) ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan materiallarni sanab o‘tishdan oldin ular uchun yorug‘lik yutishni tanlashga asos bo‘lgan mezonni ko‘rib chiqish lozim. Bu mezon taqiqlangan zona kengligi (Eg) deb nomlanadi. Haqiqatdan ham Eg ning kamayishi nurlanish spektrining katta qismini foydali ishlatishga imkon beradi, ya’ni fototok zichligining (Jph) va o‘z navbatida qisqa tutashuv toki zichligi (Jq.t) ortishi foydali ish koeffitsientining (FIK) ortishiga olib kelishi kerak. Boshqa tomondan Eg ning kamayishi to‘g‘ridan to‘g‘ri salt yurish kuchlanishi (Us.yu.) va to‘ldirish koeffitsientining (FF) kamayishiga olib keladi, bunda Jq.t ortishi Us.yu va FF kamayishini kompensatsiya qilmaydi, shu sababli FIK kamayadi. Gamogen QE nazariy erishiladigan FIK ning yutuvchi materialning taqiqlangan zona kengligiga bog‘liqligi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. FIK ning yutuvchi materialning taqiqlangan zona kengligiga bog‘liqligi

Fotoenergetika uchun klassik material sifatida monokristall kremniy hisoblanadi, ammo uning asosida strukturalar ishlab chiqish – juda texnologik murakkab va qimmatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtlarda amorf kremniy, arsenid galliy va polikristall yarimo‘tkazgichlarga katta e’tibor qaratilmoqda.


Polikristall Quyosh elementlari 20 yildan kam bo‘lmagan yaroqlilik muddatiga ega bo‘lib ularning samaradorligi Quyosh nurlanishining tushish burchagiga kuchli bog‘liq emas. Bunday Quyosh elementlarini ishlab chiqarishda o‘stirish operatsiyasi bo‘lmaganligi sababli ularni ishlab chiqarishda energiya iqtisodi yuqoridir va arzon hisoblanadi. Ammo polikristall kremniy strukturasi sohasida alohida kristallchalarning hosil bo‘lishi sabab bunday Quyosh elementlarining kichik samaradorligi 15..16% ni tashkil etadi.

Yüklə 314,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin