1-Mavzu. Kirish.“Osiyo xalqlari tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. “Osiyo xalqlari tarixi” fanining manbashunosligi va tarixshunosligi


Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi tushunchasi



Yüklə 153,98 Kb.
səhifə2/6
tarix31.01.2023
ölçüsü153,98 Kb.
#81904
1   2   3   4   5   6
1-mavzu. Kirish.

Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi tushunchasi.

Qadimgi Sharq deb, ataladigan bepoyon geografik hudud g'arbdan sharqda qadimgi Karfagen joylashgan hozirgi Tunisdan, Xitoy, Yaponiya va Indoneziyagacha, janubdan shimolga hozirgi Efiopiyadan Kavkaz tog'lari va Orol dengizining janubiy qirg'oqlarigacha cho`zilib ketgan. Bu yer qadimda mavjud bo`lgan ko`p sonli sharq davlatlari tarixda muhim rol o`ynaydi: Qadimgi Misr podsholigi, Bobil davlati, Xett davlati,ulkan Osuriyaimperiyasi, Finikiya, Suriya va Falastindagi kichik davlatlar, Frigiya, Lidiya davlatlari, Eron tog' tizmasidagi davlatlar, jumladan, Yaqin Sharq hududlarini o`z tarkibiga kiritgan qudratli fors Ahmoniylar davlati, Hindiston, Xitoy, Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlaridir.
Insoniyat tarixida ibtidoiy jamoadan sivilizatsiyaga o`tish shaharlarning paydo bo`lishi, ularning hokimiyat va diniy markaz sifatida shakllanishi ibodatxona, saroylar qurilishi, yozuvni paydo bo`lishi bilan va shuningdek, jamiyatda turli sinflar va davlatchilikni paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Qadimgi sivilizatsiyalar davri, qadimgi dunyo tarixi fani tomonidan o`rganiladi. Tabiiki sivilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda eramizdan avalgi IV ming yilliklardan jamiyatning taraqqiyoti natijasida turli ijtimoiy qatlamlarni paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi turli geografik hududlarda, turli davrlarda tugallandi. Jumladan, Old Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi makedoniyalik Iskandarning yurishlari (er. av. IV asr.) bilan tugallandi, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun eramizning I ming yilligini II yarmigacha davom etdi. Qadimgi Sharq geografik tushunchasi shimoliy g'arbiy Afrikadan Tinch okeanigacha va buyuk cho`ldan Hind okeani va Saxaragacha bo`lgan ulkan hududni qamrab oladi. Asosan bu hudud subtropik iqlimli, juda issiq va quruq yozi, yumshoq qishi bilan ko`zga tashlanadi. Qadimgi Sharq xalqlarining sividaryolar Nil, Daj'la va Frot, Hind, Gang, Xuanxe, Yanszi, Amudaryo kabi daryo havzalarining unumdor vodiylarida sun'iy sug'orishga asoslangan xo`jalik hayotini samarali rivojlanishi bilan ajralib turadi.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jahon xalqlari taraqqiyotining keyingi rivojlanishiga samarali ta'sir ko`rsatadi va uning poydevori hisoblanadi. Qadimgi Sharqni marnlakatlar bo`yicha o`rganib borish qulayroq boladi. Bunday o`rganish umumiy taraqqiyot yo`lini ham mahalliy xususiyatlarni ham aniqlashga yordam beradi: bu ayirmalar o`zining juda xilma-xillligiga qaramasdan taraqqiyot qonuniyatini o`zgartirmaydi. Asosiy e'tibor yirik daryolar vodiylarida vujudga kelgan, Sharq (Misr, Ikki Daryo oralig'i, Hindiston, Xitoy keyinroq Xorazm) kabi davlatlarga qaratiladi. Tog'li mamlakatlar (Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Eron) uchun boshqa sharoitlar xarakterlidir, bu joylarda jamiyat va davlat ancha keyin vujudga kelgan. Dasht yerlarida cho`l sharoitida o`ziga xos xo`jaliklar tarkib topgan, ularda ko`chmanchi chorvachiiik ustunlik qilgan.
Qadimgi Sharq xalqlarining tarixini er. av. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Nil va Frot vodiylarida ilk davlatlar va jamiyatlar paydo bo`lishidan boshlab o`rganish qabul qilingan. Qadimgi Sharq tarixining so`ngi davri makedonniyalik Iskandarning Yaqin Sharq, Eron tog'ligi, O`rta Osiyoning janubiy qismi va Hindistonning shimoliyg'arbiy qismini er. av. IV asrning 30—20-yillaridagi istilolari bilan tugaydi. Iskandar yurishlari bilan Ellin davlatlari vujudga keldi. O`rta Osiyo, Hindiston va Uzoq Sharq mamlakatlari tarixida antik davr eramizning III—V asrlarigacha, qaysiki bu hududlarda antik ishlab chiqarish munosabatlari yemirilgan vaqtgacha o`rnatiladi.
Qadimgi Sharq aholisi turli Irq va Irqiy guruhlarga: yevroosiyo, yevropoid, ekvatorial yoki negroavstroid xalqlar, osiyo-amerika yoki mongoloid Irqi, (Uzoq Sharqda), negroid Irqi (Napate va Meroye hozirgi Sudan) janubiy Hindiston kabiiarga bo`lingan. Irq etnologiyasi ko`p sonli xalqlar, цаЬПа va etnik guruhlarga bo`linadi. U ba'zi hududlarga turli irqiy guruh va guruhchalarga bo`lingan. Qadimgi Sharqda qadimda sekin-asta barqaror yirik til oilalari paydo bo`ldi. Old Osiyoda ko`p sonli somiy-homiy yoki afro-osiyo til oilasiga kirgan somiy shoxchasi, Misr yoki homiy, berber-liviya, kushit va boshqalar kirgan turli xalq va qabilalar yashar edi.
Somiy tillarida so`zlashuvchi xalqlarga akkadlar, amoriylar, oromiylar, osuriylar, xanaanlar, yahudiy, arab va boshqalar kirgan edi. Somiy tilli xalqlar asosan, Mesopotamiya cho`llari va Arabiston yarim orolida yashar edilar.1
Misr yoki homiy shoxobchasiga qadimgi Misr aholisi, berberliviya tillarida so`zlashuvchi Nil vodiysidan g'arbdagi qabilalar, kushit tillarida Nil yuqori oqimidagi xalqlar so`zlashar edilar. Xett-luviya va hind-eronlar hindyevropa tillari oilasining shoxobchalaridan edi. Xett-luviya tillarida xettlar, liviyaliklar, koreyslar va Kichik Osiyoning boshqa kichik qabilalari so`zlashar edi. Hind-eron shohobchasida midiyaliklar, forslar, parfiyaliklar, baqtriyaliklar, saklar va qadimgi Hindiston oriylari so`zlashar edi. Kichik Osiyoning ba'zi xalqlari hind-yevropa tillar oilasining frakofrigiya guruhi tillarida so`zlashar edi. Xurrit tillar oilasi alohida turar edi. Bu oilani xurriylar, urart va protoxettlar tashkil qilgan. Qadimgi Hindiston aholisi dravid oilasiga mansub bo`lib, ular dravid, gujarat, assam, singal va tamillar kabi qadimiy xalqlardan iborat edi. Qadimgi Xitoy qabilalari Sino-Tib-t yoki Tibet – Xitoy tillar oilasiga kirgan. Shu bilan birga ba'zi tillar misol uchun shumerlar, Zagros tog'larida yashagan lulubeylar biror-bir til oilasiga kirmay alohida turadilar. Qadimgi Sharqning ko`p sonli etnik guruhlarining muntazam ravishda harbiy-siyosiy, savdo va madaniy aloqalari tufayli turli etnik guruhlarni aralashib ketishiga va yana murakkab etnik birliklarni paydo bo`lishiga olib keldi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasini yaratishda turli xalqlar, etnik guruhlar turli davrlarda faol ishtirok etdilar.
Eng qadimgi zamonlarda Kichik Osiyo yassi tog'ligida yashagan qabilalarni protexettlar deb atash rasm bo`lgan. Protexettlar va ularga til jihatidan yaqin turgan palaylar Old Osiyoning boshqa eng qadimgi qabilalariga qarindosh bo`lgan bo`lishi ham mumkin; bu qabilalarni hozirgi zamon tadqiqotchilari azianik qabilalari deb ataydilar. Kichik Osiyodan topilgan qadimgi yozuvlarni o`rganish shuni ko`rsatdiki, yagona xett xalqi maydonga kelishidan oldin kichik-kichik dialekt (sheva) lar hamda qabilaviy tillarda so`zlashgan qabilalardan iborat bo`lgan.
Eramizdan avalgi II ming yillikda, Xett davlatining paydo bo`lish arafasida Kichik Osiyoda yashagan eng qadimgi aholi orasida keng tarqalgan til protexett tili bo`lgan. Kichik Osiyo va Shimoliy Suriya hududlaridagi qadimgi qabilalardegan nom, Galis daryosining janubida joylashgan Nesiy yoki Nesha degan mamlakat va shaharning nomidan olingan). Nesiylar protoxett qabilalaridan til jihatdan farq qilganlar. Keyingi tekshirishlarning, jumladan, B.Grozniy tadqiqotlarida ko`rsatishicha, nesiylar till hindyevropa guruhidagi xalqlar tillariga juda yaqin bo`lgan. So`nggi xett (nesiy) tilidagi bir qator so`zlarni yunon, lotin, qadimgi hind va qadimgi slavyan tillaridagi ayni ma'noli so`zlar bilan solishtirsa bo`Iadi. Masalan, xett olmoshlari quis, quit va lotin olmoshlari quis,quid (kim, nima), xett olmoshi ug va yunon olmoshi men kabilar shunday bir-biriga o`xshashdir. Bundan tshqari, ot va fe'l shakllarida, xususan sifatdoshlarning turlanishida ham o`xshashlik borligi aniqlangan.
Til jihatidan bo`lgan shu yaqinlikka asoslanib, tarixchilar, Xett davlati Yevropadan Kichik Osiyoga ko`chib kelgan istilochiqabilalar tomonidan tuzilgan deb isbotlashga intilganlar. Ayrim tarixchilar bu migratsiya (ko`chib borib joylashish) nazariyasini nihoyasiga yetkazib, irqiy «nazariyalarni» asoslashda undan foydalandilar. Jumladan, Xett davlatini tashkil qilgan xettlarni «sof irq» deb isbotlamoqchi bo`ldilar. Haqiqatda esa Xett davlati «sof irqli guruh» tomonidan emas, balki turli tillarda: protoxett, palay, luviya, nesiy tillarida so`zlashgan va bir-biri bilan aralashib ketgan qabilalar guruhlari tomonidan bir necha asrlar davomida shakllangani tarixiy tadqiqotlar natijasida ilmiy asoslab berilgan2.
Qadimgi Sharq jamiyatlari uzoq davom etgan notekis tarixiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tdilar. Ba'zi Qadimgi Sharq mamlakatlari yuksak ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasiga erishdilar. (Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Finikiya, Kichik Osiyo, Qadimgi Hindiston va Xitoy, Eron hamda O`rta Osiyo) Bu hududlarda yuksak rivojlangan madaniy, iqtisodiy va siyosiy markazlar shakllandi hamda qo`shni mamlakatJarga o`z ta'sirini o`tkazdi.
Er. av. IV—III ming yilliklarda Qadimgi Sharqning turli sivilizatsiya markazlari (Misr, Mesopotamiya, Hindiston) nisbatan yopiq rivojlandi. Er. av. II ming yillikning o`rtalaridan Yaqin Sharqning turli hududlari o`rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o`rnatildi. Er. av. I ming yillikda esa bu aloqalar yanada kuchaydi va madaniyatlarning o`zaro ta'siri natijasida sharq madaniyatlari boyidi. Shu tarzda Qadimgi Sharq dunyosining yaxlitligi amalga oshdi. Qadimgi Sharq tarixini o`rganishda yozma manbalarning ayrim, uzuq-yuluq parchalar shaklida yetib kelishi va ularni tarixiy sharhlashning murakkabligi katta qiyinchilik tug'dirdi. Yirik sharqshunos olimlar G.Maspero, Ed.Meyer, B.A.To`rayev va Kembrij qadimgi tarixi mualliflari, qadimgi Sharq mamlakatlarinmg siyosiy, madaniy va diniy tarixi bo`yicha noyob asarlar yaratdilar. G'arbning ba'zi sharqshunoslari Qadimgi Sharq jamiyatini feodal tuzumga ega ekanligi tushunchasini ilgari surdilar. Qadimgi Sharq jamiyatining o`ziga xos xususiyati to`g'risidagi munozaralarda ko`pincha u yoki bu mamlakatda qullar sonining ozligi ko`rsatib o`ttlgan edi. Ularning sonini taxminan belgilashga to`g'ri kelar edi. Bir qancha hollarda tegishli statistika ma'lumotlari topilmagan, boshqa manbalardan keltirilgan qo`shimcha dalillar esa qullar mehnatining salmog'ini kutilgandan kamroq ko`rsatar edi.


  1. Yüklə 153,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin