1-Mavzu. Kirish.“Osiyo xalqlari tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. “Osiyo xalqlari tarixi” fanining manbashunosligi va tarixshunosligi


Ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya) manbashunosligi va tarixshunosligi



Yüklə 153,98 Kb.
səhifə4/6
tarix31.01.2023
ölçüsü153,98 Kb.
#81904
1   2   3   4   5   6
1-mavzu. Kirish.

4. Ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya) manbashunosligi va tarixshunosligi.
Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to`g'risida qimmatli ma'luraotlar yozuvlar qoldirdilar. Eng batafsil ma'lumotlami Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan (er. av V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko`p yillar Eronda bo`lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o`rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an'analarga asoslangan bo`lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni ko`pligi uchraydi.
Er.av. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo`shinida askar bo`lib Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to`g'risida ma'lumotlar beriJgan.
Strabonning «Geografiya»sida(er. av. I asr-eramizning I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus bag'ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo`yicha bir qancha ma'lumotlar losif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi.
Mixxatni deshifrovkasi (o`qilishi). Mesopotamiya, Eronga birinchi ilmiy safar qilgan kishi XVII asrda daniyalik olim K.Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol saroyidan mixxat yozuvlarini olib keldi3.
1802-yilda klassik fanlar o`qituvchisi nemis olimi Grotofend 39 ta belgidan 10 ta mixxatni o`qidi. XIX asrning 30—40-yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi va diplomat! G.Roulingson mixxatlarni o`qilishlJa katta hissa qo`shdi. U Eronda Hamadon (Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinida Behistun qoyasida Doro I ning uch tildagi ulkan yozuvini topdi. 1947-yilda Roulingson yozuvning Bobil qismidagi 600 belgidan 250 tasini aniqladi. Olimlar J.Oppenxeym, E.Xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o`qishga o`z hissalarini qo`shdilar. 1855-yilda Behistun yozuvining uchinchi qismi elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o`qildi. XIX asrning 90-yillarida nemis olimi F.Delich akkad tilining grammatikasi va lug'atini yaratdi. Shumer mixxat yozuvini o`qish keyinroq XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel va A. Falkenshteynlar tomonidan amalga oshirildi.
Arxeologik ma'lumotlar Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o`rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842-yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy mahalliy afsonalarga ko`ra Osuriya davlatining poytaxti Ninevrya bo`lgan. Ammo tepalikni qazish aytarli natija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlog'ida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asosi bo`ldi.
1845—1847-yillar ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan holda Nimrud tepaligini qazishni boshladi. Ulkan odam, ho`kiz, odam-sher haykallari bo`lgan podsho saroylari bilan Osuriya poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. av. VII asr) saroyini uning nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to`la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyayrd topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi sharq kolleksiyasining asosi bo`ldi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib relyefli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyini topdi.
Rassom tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda er. av. IX asrga oid Osuriya yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita Balavat darvozasi qoplamasi topildi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi shumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahri Lagash va img hukmdorlarini ko`p sonli haykallarini asosan, Gudeaning kumush va alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona xo`jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat ibodatxona-kutubxona, saroy, maktab, bozor, do`konlar uy-joylar va xo`jalik binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi.
Ilmiy usuldan xabarsizlik butun-butun madaniy qatlamlarni yo`qotishga olib keldi. XX asrning boshlaridan arxeologik izlanislilar qat'iy ilmiy usullarga suyangan holda olib borila boshlandi. Nemis arxeologi Koldevey Bag'dod yaqinida qadimgi Bobil xarobalarini ochdi. 1899-1917-yillar shahar devorlari, Navoxudonosor II (er. av. VII asr) saroyi, diniy marosimlar ko`chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903—1914-yillar Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshurni qazib ochdi.
1933—1939-yillar fransuz Parro Mari shahri qoldiqlarini qazib bu yerda podsho Zimrilim saroyi (er.av.H ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo`jalikdiplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922—1924-yillar ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma'buda Ningal ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu er. av. Ill ming yillik oxirida qurgan zikkuratni, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi.
Ikkinchi jahon urushidan so`ng Yevropa va Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iraq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahrini, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini ochdilar. XIX asrning 50—80-yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o`rganila boshlandi. Shu bilan birga Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha bo`lgan paleolit davri (Shanidar manzilgohi), neolit (Jarmo, Xassun manzilgohlari) yodgorliklari o`rganila boshlandi. XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e'lon qildilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo`nalishlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat qurilishi; sharq davlatchiligining o`ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e'tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar.
Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari yetarlicha o`rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizatsiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo`ladi, shundan so`ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo`yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi. G'arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammolarini yechishga yordam berdi. Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo`nalishning ustuvor bo`lib qolishi bo`ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo`jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ular-ning o`rai va roli, hunarmandchiJik, savdo, ibodatxona xo`jaligi kabi qator muammolarga bag'ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo`ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari).
Mesopotamiya tarixini o`rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o`rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning paydo bo`lishi ko`pgina olimlarni AQSHga ko`chishiga sabab bo`ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunosjik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi.
Er, av. Ш—I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo`jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesoptamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan er. av. III—II ming yilliklarga oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlar ko`plab topilgan.
Eng qadimgi hujjatlar (er.av. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o`qilmagan. Lagashdan er.av. III ming yillikka oid xo`jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.av. II ming yillikka oid ko`pgina xo`jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan.
Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.av. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. av. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. av. XII—XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. av. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.av. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Huquqiy hujjatlar Huquqiy hujjatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko`pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. av. Ill ming yillikning oxiri), er.av. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.av. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng katta qonunlar to`plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.av. II ming yillik o`rtalariga oid Osuriyaning yoki o`rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Diplomatik hujjatlar Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. av. XXIV asrga oid Lagash va Umma o`rtasidagi chegara janjali to`g'risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan.
Er. av. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o`rtasidagi shartnoma, er.av. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.av. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g'risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. Tarixiy mazmundagi yozuvlar Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.av. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan kurashi to`g'risida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. av. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. av. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag'ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. av. XXIII asr) Elamga yurishlari to`g'risidagi yozuvbri va «Manishtun obeliski «da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko`payishi to`g'risida ma'lumot berilgan.
Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko`p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er.av. 714-yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot ber avchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.av. IV—III asarlarda paydo bo`ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi kohini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to`fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir.
Bizgacha bu asarning parchalari o`rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma'lumotlar orqali yetib kelgan. Shumer-Akkad adabiy yodgorliklari Uruk podshosi Jmerkar to`g'risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.av. Ill ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to`g'risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi. Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo`lishi uchun kurashi to`g'risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to`g'risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan. Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. av. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi.




Yüklə 153,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin