Yangi foydalanuvchini tashkil qilish uchun unga nom beriladi:
26-MAVZU: ANTIVIRUSLAR BILAN ISHLASH Hamma kompyuter viruslari ham bir xil tarzda harakat qilmaydi. Ularning ko’payishi va kompyuteringizni zararlash usullari ham turlicha. Hozirgi kunga kelib kompyuterga zarar yetkazuvchi programmalar va virus turlari juda ko’p bularga qarshi qanday chora ko'rish mumkin va qanday antiviruslardan foydalangan ma'qul deb o'ylaymiz lekin mana shu viruslarni ham qanday guruhlarga bulishini bilib olsak foydadan holi bo'lmasdi. Zero bularning barchasi o'zimiz uchun foydalidir, keling endi mana shu viruslar haqida to'htalib o'tamiz.
Kompyuteringizda antivirus tomonidan ushlangan viruslarning qaysi turga kirishini bilish sizga nima beradi? Birinchidan, sizga bu virusga qarshi qanday samarali kurashishda yordam berish mumkin. Ikkinchidan, bu viruslarning qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilib olasiz, keyinchalik bunday viruslardan ogoh bo’lasiz. Uchinchidan, bu ma’lumotlar sizning kompyuter savodxonligingizni oshishiga yordam beradi degan umiddaman.