Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar haqida ma’lumot to’plash.
Mavzuni o’qib o’rganish.
2-MAVZU: Total Commander dasturida ishlash Total Commander - qobiq dasturi grafik rejimida ishlaydi, bu dastur WindowsXP versiyasidan yuqori operatsion tizimlarida ishlash uchun mo’ljallangan. Bu dastur uzun fayllarni qayta ishlab berish imkoniga ega. Total Commander dasturi c:g’ProgramFilesg’ Total Commander katalogida joylashadi. Bu dasturni asosan ishga tushuruvchi fayli Totalcmd.exe bo’ladi
Windows operatsion tizimida bu dasturni ishga tushurish uchun PUSK tugmasi bosiladi so’ng yunalish yoki sichkoncha yordamida VSE PROGRAMO’ qatori tanlanadi va keyingi menyudan menyusini tanlab va so’ngi paydo bo’lgan menyudan esa Total Commander Rus yorliqchasini tanlab Enter yoki sichkonchaning chap tugmasi bosiladi. Bundan tashqari ishchi stolda dasturning yorlig’i yordamida ham ishga tushirish mumkin. Total Commander dasturi ishga tushgandan so’ng ekranda fayllar ruyxati va ular haqidagi axborotlar yozilgan qo’sh chiziq bilan chegaralangan ikkita tug’ri turtburchak shaklidagi oynalarpaydobo’ladi.
F1 – bajarilayotgan ish xaqida yordam chakiruvchi.
F2 – taxrirlash. Fayl yoki katalogni nomini o’zgartirish.
F3 – Ajratilgan faylni ko’rish.
F4 – ajratilgan faylni taxrirlash.
F5 – aktiv yoki tanlangan fayldan yoki papkadan nusxa olish. F5 tugmasi bosilganda nusxa (Kopirovat (Copy) olish darchasi paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan darchasida Enter tugmasi bosiladi, natijada fayldan qo’shni papkasiga nusxa olinadi.