ma'lumotlar asosida turli ko'rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;
ma'lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.
10-MAVZU: TAKRORLASH Microsoft Ecxel dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:
ПУСК→Все программы→Microsoft Ofiice→Microsoft Ecxel
11-MAVZU: TAKRORLASH
Son— raqam belgilaridan iborat (birinchi belgisi "" bo'lishi mumkin, orasida faqat bitta "," (o'nli kasrning butun va kasr qismlarini ajratuvchi) belgisi bo'lgan ketma-ketlik. Misollar: 3; -5, 1234; 10,01. Kiritilayotgan son katakcha kengligiga sig'masa, u holda Excel uni turiga qarab eksponensial yoki "########" ko'rinishda ifodalaydi.
Formula — katakchaga kiritilayotgan "=" (tenglik) belgisidan boshlangan ketma-ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali bog'lanadi. Misollar: =A1+7*B2,
= 45*SIN(B2)11/C1
Matn — katakchaga kiritilgan ketma-ketlik son ham, formula ham bo'lmagan hol. Bu holda Excel uni matn deb tushunadi. Matnli ma'lumotning faqat katakcha kengligidagi qismi ko'rinib turadi. Matnning ko'rinmayotgan qismini formulalar satridan yoki katakchani kengaytirib ko'rish mumkin. Bir katakchaga bir necha satrdan iborat matnni kiritish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
a) har bir satr oxirida Alt + Enterklavishlari birgalikda bosiladi;
b) katakcha formati bo'limining Tekislash (Выравнивание) bo'limidan So'zlarni to'liq ko'chirish (nepeносить по словам) xususiyati tanlanadi.
Har bir katakcha ustun va satrning tartibidan kelib chiqqan holda o`zining adresi(nomi)ga ega bo`ladi. Masalan A1, X2, A3, T4,S AZ1963, …. Jadvaldagi belgilangan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvaallarda yana katakchalar bloki tushunchasi bo`lib, u katakchalardan iborat ixtiyoriy to`rtburchak yoki to`rtburchaklar to`plamidir. Masalan, A5:B7 — bloki A5,A6,A7,B5,B6,B7 katakchalarni o`z ichiga oladi. Excelda katakchaga nom berish imkoniyati ham bor. Buning uchun katakchani belgilab, Joylashtirish menyusining Nom – berish (Имя - присвоить) buyrug`I tanlanadi va nom kiritiladi.