1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar


Mavzu: Yakuniy va oraliq tizimlar



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə11/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#148249
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

8 Mavzu: Yakuniy va oraliq tizimlar
Reja:
1.Tizim tuzilishi
2.Yadro va yordamchi modullar
Har qanday tizim tushunarli va ratsional tuzilmaga ega bo‘lishi va aniq qo‘yilgan o‘zaro ishlash qoidali tayinlangan funksional qoilanishga ega boigan modullarga boiinishi mumkin. Har bir alohida modulning vazifasini yaqqol tushunish, tizimni rivojlantirishda ishni sezilarli soddalashtiradi. Amaliyot tizimning funksional murakkabligi uning arxitekturasining murakkablashishiga olib keladi. Arxitektura - bu turli dasturiy moduliar asosida amaliyot tizimlami tarkibiy tashkil etishidir. Odatda, amaliyot tizim tarkibiga standart oichamlarda bajariladigan va obyekt modullar, har xil turdagi kutubxonalar, dasturlaming dastlabki matnli modullan, maxsus oichamli dasturiy modullar (masalan, amaliyot tizimni xotiraga yuklovchi moduli, kiritish-chiqarish drayverlari), hujjatlashtirish fayllari, maiumot tizimining modullari kiradi. Ko‘plab zamonaviy amaliyot tizimlar rivojlantirishga, kengaytirishga va yangi platformalarga o‘tkazilishga qodir boigan yaxshi tashkillashtirilgan modulli tizimlar hisoblanadi. Amaliyot tizimning qandaydir yagona arxitekturasi mavjud emas, lekin amaliyot tizimni tashkillashtirishga universal yondashuvlar mavjud. Yadro va yordamchi modullar. Amaliyot tizim arxitekturasini o‘rganishga umumiy yondashuv uning barcha modullarini ikki guruhga: yadro (amaliyot tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan modullar) va yordamchi vazifalami bajaradigan modullar guruhi ga boiinadi (9.3-rasm). Yadro modullari jarayonlami, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish kabi asosiy vazifalami bajaradi. Yadro amaliyot modul tizimning yuragini tashkil etadi, usiz amaliyot tizim ishlamaydi va o‘zining vazifalaridan birortasini ham bajara olmaydi. Yadro tarkibiga dasturlami qayta ulash, sahifalami yuklash yuksizlash, umumiy dastuming uzilishlariga ishlov berish kabi hisoblash jarayonining tashkil eilishini ichki tizim masalalarini yechadigan vazifalar kiradi. Bu vazifalar amaliy dasturlar (ilovalar) uchun ruxsat etilmaydi. Yadro vazifalarining boshqa guruhi amaliy masalalarga amaliy dasturiy muhit yaratish bilan ularni quwatlashga xizmat qiladi.Ilovalar u yoki bu harakatlami, faylni ochish va o‘qish, grafik axborotni displeyga chiqarish, tizim vaqtini olishning bajarilishi uchun so'rovlar bilan (tizim chiqaruvlari bilan) yadroga murojaat qilishi mumkin. Yadroning ilovalar orqali chaqirilishi mumkin bo‘lgan vazifalarini amaliy dasturlashtirish interfeysi tashkil etadi. 9.3-rasm. AT yadrosi vayordamchi modullar. Yadro modullari bajaradigan vazifalar amaliyot tizimning ko‘p ishlatadigan vazifalari hisoblanadi, shuning uchun ularning bajarilish
tezligi umuman butun tizimning unumdorligini aniqlaydi. Amaliyot tizimning yuqori ishlash tezligini ta’minlash uchun yadroning barcha modullari yoki ularning katta qismi doimo operativ xotirada joylashadi, ya’ni rezident deb hisoblanadi. Odatda, yadro foydalanuvchi ilovalari oichamlaridan farqlanadigan maxsus o‘lchamdagi dasturiy modul tarzida bajariladi. Amaliyot tizimning qolgan modullari kamroq muhim boigan vazifalami bajaradi. Masalan, bunday yordamchi modullarga magnit tasmada ma’lumotlami arxivlashtirish, diskli defragmentatsiyalash, matn muharriri dasturlarini kiritish mumkin. Amaliyot tizimning yordamchi modullari ilovalar yoki protseduralar kutubxonasi tarzida bajariladi. Amaliyot tizimlarining ba’zi komponentlari oddiy ilova tarzida, ya’ni bunday amaliyot tizim oichami uchun standart boigan, bajariladigan modullar tarzida amalga oshiriladi, shuning uchun amaliyot tizim va ilovalar orasida aniq chegarani o‘tkazish judaqiyin boiadi. Yordamchi modullar bir necha guruhlarga boiinadi: masalan, disklardagi maiumotlami zichlash, maiumotlami magnit tasmaga arxivlashtirish kabi kompyuter tizimini alohida boshqarish masalalarini yechadigan dasturlar;
- matn yoki grafik muharrirlar, kompilyatorlar, kompanovkachilar kabi tizimli qayta ishlaydigan dasturlar;
- foydalanuvchi interfeysining maxsus variantlari, kalkulator, hatto o‘yinlar kabi qo‘shimcha xizmatlarni foydalanuvchiga havola etish dasturlari;
- masalan, matematik funksiyalar kutubxonasi, kiritish-chiqarish
funksiyasi kabi amaliy dasturlaming ishlab chiqishini soddalashtiradigan turli qoilanilishlardagi protseduralar kutubxonasi. Qayta ishlaydigan dasturlar va kutubxonalar yadro funksiyasiga tizim
chaqiruvchilari vositasida murojaat qiladi. Amaliyot tizimining yadro va modul-ilovalarga ajratilishi AT oson kengaytirishni ta’minlaydi. Yuqori darajadagi fimksiyani qo‘shish uchun yangi llovani ishlab chiqish yetarli boiadi, bunda yadro tizimini tashkil etadigan mas’ul funksiyalami modifikatsiyalash talab qilinmaydi. Tizim ishlov berish dasturlari va kutubxonalar utilitlar tarzida bajarilgan amaliyot tizim modullari, odatda, operativ xotiraga o‘z vazifalarining bajarilishi vaqtigaginayuklanadi. Faqat operativ xotirada doimo amaliyot tizim yadrosini tashkil etgan juda zarur resident dasturlar joylashadi.
Amaliy masalalar bajarilishining borishini ishonchli bajarish uchun ОТ unga nisbatan yuqoriroq pog‘onaga ega boiishi kerak, chunki noaniq ishlaydigan masalalar amaliyot tizim kodlarining qismini tasodifan buzib qo‘yishi mumkin. Bitta ham ilova amaliyot tizimning ruxsatisiz qo'shimcha xotira sohasini olish, protsessomi amaliyot tizim ruxsat etgan vaqt davridan egallash, birgalikda ishlatiladigan tashqi qurilmalami bevosita boshqarish imkoniyatiga ega boimasligi kerak. Bu qoidani ta’minlovchi ish tartibi kompyuter apparatining minimal darajada ikki foydalanuvchi ish tartibi (User mode) va yuqori darajali ish tartibi, shuningdek, yadro ish tartibi (kernel mode) yoki supervizor ish tartibi (Supervisor mode) deyiladi (9.4-rasm). Bu holda, amaliyot tizim va uning ba’zi qismlari yadro ish tartibida, amaliy masalalar esa
foydalanuvchi ish tartibida ishlaydi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin