1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi


Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o'z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə38/55
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#56058
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o'z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.

«O'zbekiston Respublikasining mulkchilik to'g'risida»gi Qonunida (7-modda), xususiy mulk o'z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etash xuquqidan iboratdir deb ko'rsatilgan. Shu bilai birga xususiy mulk bo'lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta'kidlanadi.

Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so'zsiz, tashabbuskorlik va g'ayratchanlikni, mexnatga ma'suliyatlilik munosabatlarini rag'batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u teng daromad orttirishga intilish hissini tug'diradi.

Turli shakllardagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo'ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o'zlashtirilishini bildiradi.

O'zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari ham ko'rsatilgan. Tadbirkorlik bilan shug'ullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalari qo'yilgan mablag'lar, qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo'lga kiritish kabilar va shunday manbalar bo'lishi mumkin. Respublika Qonun hujjatlariga (O'zbekiston Respublikasi Prezideitining 1994 yil 21 yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko'rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchasttkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Bunday yer uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me'yorlari taalluqli bo'lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Biroq yerning bosh toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi yerlar, ekinzorlar va davlat zahirasiga kiritilgan yerlar davlatini alohida mulk obyektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirshp huquqi bilan umrbod egalik berilishi mumkin.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin