Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida bajarilishi shart bo`lgan talablar aniq ko`rsatilgan. Ushbu talablarning o`z vaqtida, halol va vijdonan bajarilishi Vatan tinchligi, millatlar totuvligi, xavfsizligi, osoyishtaligi, taraqqiyoti uchun g`oyat zarurdir. Mana shu burchlarni bajarilishi O`zbekistonda qonuniylik va huquqiy tartiblarni ta'minlash imkonini beradi.
O`zbekiston hududida yashayotgan har bir fuqaro tomonidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan burchlarning bajarilishi Vatanimizning istiqbolini belgilab beradi.
«Demokratik jamiyat qurish uchun, demokratik tamoyillarni to`la qaror toptirish uchun, eng avvalo mo`'tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan shaxs, o`zini aynan shu yurt farzandi deb biluvchi inson o`z davlati, o`z xalqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya qilgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak... Uar qaysi fuqaro, uar birimiz: «Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?» deb emas, balki «Men uzim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?» - deb o`ylashimiz va shu aqida bilan yashashimiz kerak»[1], deya ta'kidlagan edi Prezidentimiz.
Konstitutsiya va qonunlarda belgilab quyilgan burchlarni bajarishi fuqarolarni shu davlat Konstitutsiyasi va qonunlarini tan olganligini anglatadi. Mazkur konstitutsiyaviy talab zamirida mamlakatimizda qat'iy qonuniylik tartibini ta'minlash imkonini beradi.
Qonuniylik – davlatda, jamiyatda mustahkam huquqiy tartib, barqarorlik tinchlik va osoyishtalikning asosidir. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi huquqiy munosabatlarning barcha sub'ektlari uchun umumiy talabdir. Uning ma'nosi shuki, har bir fuqaro hayot faoliyatining barcha sohalarida Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq hatti-harakat qilishdek e'tiqodga ega bo`lishi zarur. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish faqat ularning qoidalarini buzmaslik emas, fuqarolar o`z faoliyati, hayotini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan tamoyil va asoslarni, qonun me'yorlarini real voqelikka aylantirishga yordam berish ham demakdir. Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy asoslari, mamlakatdagi huquqiy tartibot, ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi o`z ifodasini topgan. Shu sababli, ularga har bir fuqaro qat'iy rioya etishga majbur. Bu qoidalarni buzish avvalambor fuqaroning o`ziga, davlatga, jamiyatga zarar yetkazadi. «Fuqarolar boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar...»
Dostları ilə paylaş: |