1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə45/55
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#56058
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

Dars o’tish uslubi; mustaqil ishlash va mavzu bo`yicha amaliy tushuncha berish.

Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars tipi; aralash,ananaviy.

Darsda foydalanadigan jihozlar; 5- sinf darsligi, tarqatma materiallar, qo`shimcha ma`lumotlar, internet ma`lumotlari qog’ozlar va marker.

Darsning borishi;

I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.

II O’tilgan mavzuni so`rash.

O’tilgan mavzuni so`rashda foydalanishda interfaol usullar.

III Yangi mavzu bayoni.

Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida bobining 47-52-moddalarida fuqarolarning burchlariga oid konstitusiyaviy qoidalar berilgan. Fuqarolarning burchi deganda qonun hujjatlarida belgilangan fuqarolar bajarishi shart bo`lgan talablar tushuniladi. Burchlarni o`z ahamiyatiga ko`ra konstitutsiyaviy burchlarga, joriy qonun hujjatlarida belgilangan burchlarga ajratish mumkin.O`zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyada belgilangan burchlariga:

- Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;

- boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat

qilish;

- O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrash;

- madaniy yodgorliklarni muxofaza qilish;

- atrof tabiiy muhitga extiyotkorona munosabatda bo`lish;

- qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lash;

- O`zbekiston Respublikasini himoya qilish;

- qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tash kabilar kiradi.

Har bir fuqaro o`z burchlarini halol va vijdonan bajarsa, yurtimiz tinch, osoyishta,

xavfsiz, farovon bo`lishiga zamin yaratiladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin