1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi


O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə47/55
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#56058
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash

O`zbek xalqi boy tarixiy, ma'naviy va madaniy meros sohibidir. Shu boisdan Konstitusiyada, «Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdir»-deb belgilangan. O`zbek xalqi o`zi yaratgan tarixiy, ma'naviy, madaniy boyliklarini to`la saqlash va asrash imkoniyatiga ayrim davrlarda ega bo`lmagan. Ayniqsa, Sobiq sho`rolar davrida xalqimizning juda ko`p tarixiy, ma'naviy va madaniy boyliklari talon-taroj qilingan, xorijiy davlatlarga olib ketilgan, o`zaro va bosqinchilik urushlarida yakson qilingan. Asrlar bo`yi shakllangan o`zbek davlatchiligi, huquqiy madaniy meros namunalari sobiq sho`rolar davrida e'tiborsiz qoldirilgan. Bugungi kunda xorijiy davlatlarga olib ketilgan va xalqimizning bebaho boyliklarini qaytarish masalalari bilan maxsus komissiya shug`ullanmoqda. O`zbekistonning har bir fuqarosi xalqimizning tarixiy, madaniy, huquqiy boyliklar xazinasini ko`z qorachig`iday asrashi, uni kelgusi avlodlarga yetkazib berishni o`zi uchun farz, ham qarz deb his qilishi zarur.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin