1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə55/55
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#56058
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

Dars o’tish uslubi; mustaqil ishlash va mavzu bo`yicha amaliy tushuncha berish.

Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars tipi; aralash,ananaviy.

Darsda foydalanadigan jihozlar; 5- sinf darsligi, tarqatma materiallar, qo`shimcha ma`lumotlar, internet ma`lumotlari qog’ozlar va marker.

Darsning borishi;

I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.

II O’tilgan mavzuni so`rash.

O’tilgan mavzuni so`rashda foydalanishda interfaol usullar.

III Yangi mavzu bayoni.

Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.

Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Birbiridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) Konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik Konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy Konstitutsiya esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan Konstitutsiya — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda Konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi Konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha Konstitutsiya yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahri Konstitutsiya) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha Konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasiga muvofiq, mamlakatimizda hokimiyatning birdan bir manbayi xalqdir, ya’ni kishilar o‘z vakillarini —deputatlarni saylaydilar. Deputatlar esa xalq nomidan jamiyat rioya etib yashaydigan qonunlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar.O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin...O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 10-moddasi

Davlat hayotining eng muhim masalalari yalpi ovoz berish— referendum yo‘li bilan hal etiladi, bunda har bir fuqarohukumat qarorini ma’qullashini yoki ma’qullamasligini izhor etadi. Shundan keyin «ma’qullayman» va «qarshiman» degan barcha ovozlar sanab chiqiladi va uzil-kesil qaror qabul qilinadi.Bunday yalpi ovoz berish referendum deb ataladi. 18 yoshga to‘lganingizdan keyin siz ham davlatni boshqarishda ishtirok eta olasiz. Siz davlat organlariga saylanish, davlat arbobi bo‘lish huquqiga ega bo‘lasiz. Biroq jamiyat hayotida ishtirok etish, umumiy ishlarni hal qilishda qatnashish uchun 18 yoshga to‘lishni kutib o‘tirish kerak emas.



Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. davlat toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjudavlat

Davlat masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. Davlat hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. Davlat toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.

Ramz nimani anglatadi? «Ramz» so‘zi tanishtiruvchi belgi degan ma’noni ifodalaydi.

Demak, sizning ismingiz — sizning tanishtiruvchi belgingiz.Ismdan tashqari bizda yana ko‘plab ramzlar ham mavjud. Biz ko‘pincha o‘zimizga ahamiyatli bo‘lgan voqealar va kishilarni eslatib turguvchi ramzlarni uyda asraymiz. Masalan, fotosuratlar, suvenirlar, sovg‘alar.



O’zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlarida voyaga yetmaganlarga nisbatan faqat asosiy jazo choralari qo’llaniladi, qo’shimcha jazo ularga qo’llanilmaydi.

Voyaga yetmaganlarning (18 yoshgacha bo’lganlar) jinoyatlari uchun quyidagi asosiy jazolarni qo’llash mumkin:

a) jarima;

b) axloq tuzatish ishlari;
d) qamoq;

e) ozodlikdan mahrum qilish.

IV; Mustahamlash;
O`tilgan mavzu bo`yicha savollar beriladi.

    1. Konstitutsiya deganda nimani tushundingiz?

    2. Ramz deganda nimani tushundingiz?

    3. Voyaga yetmaganlarning qanday jazo turlari mavjud?


V. O`quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa;

O`tilgan mavzuni o`qib, konspekt qilish.
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin