1 Mavzu: Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan na texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi


Mavzu: Antik dunyoda fan va texnika. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi



Yüklə 184,15 Kb.
səhifə2/14
tarix07.01.2024
ölçüsü184,15 Kb.
#203380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 mavzu

Mavzu: Antik dunyoda fan va texnika. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
Reja:
1 Antik dunyoda fan va texnika
2 Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
3 Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlar paydo bo`lishi

Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yunoniston hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda. Xalkidika yarim orolidan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yunoniston aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yunonistoning jez davri madaniyati shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yunoniston etnik tarkibi rangbarang (pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit orolida axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260-yil Mikena, Tirinf va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shimoliy Yunoniston da — eoliylar, Oʻrta Yunoniston va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yunonistonda polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq boʻlgan.


Perikl hukmronligi davri (443—429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yunonistonning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yunonistonda gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi (431—404) ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371-yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yunonistonning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yunonistonni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yunonistonda hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197-yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yunonistondagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yunoniston Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yunoniston Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.
Antik falsafasi falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib keldi.
Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yunonistondagi yunon polislari falsafasining davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistik Rim falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ — miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) boʻlinadi.
Yunon falsafasi ilk kosmologik — Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy yoʻnalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u birinchi kosmolog, torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan soʻng Eleya maktabi vujudga kelib, borliq falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan avvalgi 580—430), bu maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik, oʻlchov, son masalalari boʻyicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi. Hamma narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning mashhur oʻtmishdoshi Levkipp hamda Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga soʻnggi davrda antropologik sofistikada rivojlanish yuz berdi (taxminan miloddan avvalgi 475—375), uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon falsafasining eng mashhur 3 vakili — Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina taxminan 1000-yil yunon falsafasining markazi boʻldi.
Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi. Platon falsafani tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqidiy-nazariy oʻrganuvchi fan sifatida qaradi. Bu 3 mashhur yunon mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda 2 ming yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yunon falsafasining ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan muhim falsafiy maktablarning paydo boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm keyinroq — 500 yildan soʻng vujudga keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar guruhi tashkil topadi: sokratchilar (asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat tushunchasining birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub boʻlgan), siniklar (Antisfen, Diogen), birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta oʻzgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost; pirovardida kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq yashamadi. Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy maktabga birlashdilar (qad. Akademiya — miloddan avvalgi 348—270, oʻrta Akademiya — miloddan avvalgi 315—215, yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160 — milodiy 529; oʻrta Akademiyaning vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi Akademiyaning vakillari — Sitseron va Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi 116 — miloddan avvalgi 28); Akademiyadan keyin („yangi“sidan farq qilgan holda) platonizm vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill (Platon sharhlovchisi) kirgan.



Yüklə 184,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin