1 Mavzu: Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan na texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi

Mavzu: Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan o’rni

Yüklə 184,15 Kb.
səhifə6/14
tarix07.01.2024
ölçüsü184,15 Kb.
#203380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 mavzu

6 Mavzu: Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan o’rni
Imom Abul Husayn Muslim ibn al-Hojjaj ibn Muslim. Asli Nishopurlik. Bu kishi ham “as – Sahih” asarini va boshqa hadis haqidagi bir qancha qimmatli asarlarni yozgan. U ham hadis to’plash uchun Hijoz (Makka, Madina), Iroq Shom (Suriya), Misr va boshqa mamlakatlarni kezgan. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, undan dars olgan. Eng muhim asarlari 11 ta. Ya’ni “Al – Jome as – Saxih”, “Al – Musanad al – kabir ala-r-rijal” (erkaklar ucun eng katta ko’rsatkich), “Kitob al-asmo’ ba-l-kunya”(ism va kunyalar haqida kitob).

Abu Iso Muhammad ibn Iyso ibn Savra at-Termiziy. Mashhur muhaddislardan biri, bir necha asarlar muallifi. “Kitob al-Jome’” (hadislar majmuasi kitobia), “Kitob ilol” (Illatlar kitobi), “Kitobi tarix”, “Kitob ash-shomoil an – noboviya” (Payg’ambarlik alomatlari) kitoblari mashhur sanaladi.
Imom Nisoiy. Asl ismlari Abu Abdurahmon Ahmad. Hadis ilmida zamonasining imomi bo’lgan. Hofizi Qur’on, Shayx – ul-Islom unvonlariga zazovor bo’lgan. Xurosonning Niso shahrida tug’ilgan (830-915y). nisoiy bir qancha asarlar yozib qoldirgan, ulardan eng muhimlari: 1- “as-Sunnan al-kubro” (Payg’ambar sunnatlari haqida kqtta kitob), 2- “as-Sunnan al – Sug’ro” (Payg’ambar sunnatlari haqida kichik kitob), 3- “al – Xasos” (xos narsalar). Bu asarlarning ichida eng mashhuri “as – Sunan al – kubro” asari.
Markaziy Osiyoda Islom ta’limotini o’rganish hamda uni ijobiy yo’lda sarflagan 56ta alloma, 59ta mashhur fan arboblari, 25ta adib, shoir va tilshunoslar va 50dan ortiq hattodlar Islom ta’limotini, manbalarini o’rganishda o’zining katta hissalarini qo’shgan.

Bu o’rinda Islom manbalarini o’rganishda o’zining buyuk xizmatlari bilan iz qoldirgan bir necha olimlarni aytish mumkin: Imom Al Buxoriy (810-870 Payg’ambar s.a.v) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so’zlari (hadis) va sunnalari (hayot tarzlari va qolgan ishlari)ni to’plash, kitob shakliga keltirish VIII asr oxiridan boshlanib, X asrga kelib butun Islom olami tan olgan oltita hadislar to’plami vujudga keldi. Bular asosan Markaziy Osiyolik muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslimiy, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, Imom Abu Dovud va Imom Mujjalar qalamiga mansub. Bular qatoriga yettinchi qilib Imom Doriniy Samarqandiyni ham qo’shadilar. Hadis olimlarining rahnamosi, alloma, imomlar imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriydir.
Buxoroda ham bu davrda Samarqantdan kam ijodkor yashamagan. Bu madaniy va ma’naviy taraqqiyotimizning qay darajada sermahsul va yuksak bo’lganini ko’rsatib turibdi. Buxoro haqqoniy ravishda Xanafiya mazhabi va Naqshbandiya ta’limotining butun Islom dunyosidagi yetakchi nazariy va uslubiy markaziga aylandi. Shosh, Termiz, Nasaf, Urganch, Xiva va yurtimizning boshqa shaharlarining ham Islom ta’limotida, madaniyati va ma’naviyatiga qo’shgan hissasi yetishtirib bergan allomalari beqiyosdir.

Jug’rofik jihatdan o’rta asrlarda bizning mintaqamiz islom dunyosining chekkaroq hududi bo’lsada, ilmiy, madaniy va ma’naviy jihatdan uning eng qudratli markazlaridan biri edi. Bejiz bu davrda “Samarqand yer yuzining sayqalidir, Buxoro islom dinining quvvatidir”degan naql paydo bo’lmagan.
Islomning Markaziy Osiyoga tarqalishi tufayli bu yerda juda ko’p mahalliy islom olimlari – hadisshunos, Qur’on tavsifshunoslari va islom dini qonun qoidalari, yo’l-yo’riqlari bilan shug’illanuvchi yuzlab mashhur, Islom dunyosi tan olgan olimlar yetishib chiqdilar. Bular Islom dini borasida jahon faniga o’zlarining ulkan hissalarini qo’shib ketdilar. Ularning asarlari hozirgacha Islom dini hukmron yoki xalqi shu dini qabul qilgan davlatlardagi diniy madrasa va institutlarda asosiy qo’llanma sifatida o’qittirib kelinmoqda. Ular Markaziy Osiyo shuhratini musulmon dunyosi miqyosiga ko’targan mashhur olimlardir.

Mumtoz (klassik) Islom davrida Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Balx diniy va dunyoviy ilmlarning markaziga aylangan. Najmiddin Nasafiy “Kitob al-qand fi-zikri ulamoi Samarqand” asarida bu shaxarda “O’rta asrlarda yashagan ko’pdan-ko’p (mingdan ortiq)fiqh olimlari, hadis rivoyatlari va boshqa ko’p sohalarda qalam tebratgan ilm ahllari haqida mukammal ma’lumot beradi ”. birgina Samarqantda mingdan ortiq ijodkorlar faoliyat ko’rsatgan.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bashariyat tamaddunining nodir sahifalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror kabi buyuk va moʻtabar zotlarning hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, Islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan bu allomalarning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish xalqaro markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan anjuman “Markaziy Osiyo mintaqasida islom madaniyati va san’ati”, “Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy-ma’naviy merosi”, “Markaziy Osiyo tarixiy yodgorliklari epigrafikasi va arxitekturasi” hamda “Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odat va an’analaridagi umumiylik va o‘ziga xoslik” kabi yo‘nalishlarga bo‘lindi.
– O‘rta asrlarda butun musulmon mamlakatlari hududlarida kuzatilgan, Islom Renessansi deb atalgan olamshumul tarixiy bosqich muqadas islom dini ta’limotining mazmun-mohiyati hayotbaxsh, ijodkorlik, bunyodkorlik, ilmga da’vat etuvchi ekanini isbotladi, – deydiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov. – O‘sha davrlarda Movarounnahr, Iroq, Suriya, Andalusiya, Misr huudlarida faoliyat ko‘rsatgan ilmiy markazlarda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar, yozilgan bebaho asarlar, islom ilohiyotshunosligi, aniq fanlar, adabiyot, me’morchilik, san’at va madaniyat sohalarida islom sivilizatsiyasi Yevropa uyg‘onish davri uchun ham zamin yaratib bergani ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Yüklə 184,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin