1-Mavzu. Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari (2 soat) Reja



Yüklə 272 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü272 Kb.
#47539
  1   2   3   4   5
1 Ma'ruza


1-Mavzu. Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari

(2 soat)
Reja:

  1. Geodeziya fani va uning asosiy vazifalari

  2. Yer shakli va o’lchamlarini aniqlash masalalari

  3. Ellipsoid yuza.

  4. Satxiy va Yerning tabiiy yuzalari.

  5. Geoid tushunchasi.

  6. Yerning dumoloqligigni o’lchash natijalariga ta’siri

  7. Referents ellipsoidlar, ular o’lchamlari


Tayanch so’z va iboralar: Geodeziya, topografiya, shakl, o’lcham, tabiiy yuza, satxiy yuza, plan, karta, deformatsiya, referents elipsoidi.
Yer quruqlik qismining tabiiy yuzasi turli relef shakllaridan (tog’, tepaliklar, vodiylar, tekisliklar) va gidrografik elementlardan (okean, dengiz- ko’l va daryolardan) tashkil topgan. Bulardan tashqari tuproq, o’simlik va u insonning faoliyati natijasida vujudga kelgan aholi yashaydigan joylar (qishloqlar va shaharlar) hamda aloqa yo’llar mavjud.

Yerning yuzasi topografik yuza deb unda joylashgan barcha ob’ektlar esa topografik elementlar deb yuritiladi. Topografik elementlar qog’ozda tekis yuzada tasvirlanadi. Biz o’rganadigan Er yuzasining geometrik shakli nihoyatda murakkabdir. Shu sababli er yuzasining plan va kartasini tuzish uchun, dastlab, er yuzasidagi o’lchash ishlarining natijalari shartli qabul qilingan oddiy geometrik yuzaga tushurilgan deb faraz qilinadi. Geodeziyada bunday geometrik yuzaga tushurilgan sathiy yuzaning har bir nuqtasidan Yer markaziga to’g’ri chiziqlar tushurish mumkin. Bu chiziqlar yo’nalishi shavun yo’nalishiga to’g’ri keladi. Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza o’tkazish mumkin.

Agar tinch turgan okean suvi sathini barcha materiklar ostidan davom ettirsak, erning sathiy yuzalaridan biri hosil bo’ladi.

B u yuzaga Geoid (grekcha bo’lib yerning ko’rinishi demakdir) sathi deb nom berilgan. Geoid sathini yerning asosiy sathiy yuzasi deb qabul qilingan.

Yerning shakli deganda, uning quruqlik qismidagi pastliklar, balandliklar, tog’liklar e’tiborga olinmaydi, chunki Er yuzasini ko’p qismini (71%) okean va dengizlar, ozroq qismini (29%) quruqlik tashkil qiladi. Bundan tashqari quruqlikning okean sathidan, o’rtacha balandligi atigi 875 m; bu esa Erning umumiy kattaligiga nisbatan nihoyatda kichikdir.

Yerning shakli deganda, uning tabiiy ya’ni topografik yuzasi emas, balki nazariy yuzasi tushuniladi.


Geodeziya yerning shakli va kattaligini o’rganishda, yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan o’rnini aniqlashda, yer yuzining karta, plan va profillarini barpo qilishda hamda injenerlik inshoatlarini barpo qilishda bajariladigan o’lchashlar nazariyasi va amaliyoti xaqidagi fandir.

Yer yuzida bajariladigan geodezik o’lchashlar xilma-xil bo’lib, unda asosan yer yuzining quyidagi elermerntlari:

1) Yer yuzidagi chiziqlar uzunligi,

2) Chiziqlar orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar,

3) Yer yuzidagi nuqtalarning boshlangich nuqta deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan balandligi o’lchanadi. Bu o’lchashlarda xilma-xil geodezik asboblar ishlatiladi.

Geodezik o’lchashlardan foydalanib erning shakli va kattaligi aniqlaniladi. «Geodeziya» grerkcha suz bulib, geo-Yer, daizo-bo’lish dermakdir. Geodezik o’lchashlar nafaqat yer yuzida, balki yer bag’rida, derngiz satxida va fazoda ham olib boriladi.

Yerning shakli va kattaligini aniqlash, geodezik tayaanch shaxobchalarini barpo qilish «Oliy Geodeziya»ning vazifasidir.

Yer sun'iy yo’ldoshlari va kosmik kermalar uchirilishi natijasida Geodeziya erning shakli va kattaligini aniqlashda yangi soxaga, ya'ni «kosmik Geodeziya» derb yuritiladigan soxasi vujudga kerdi.

Geodeziyaning masofalarni o’lchashda radioelerktronika mertodlari bilan shug’ullanadigan tarmogi «RadioGeodeziya» deb yuritiladi.

Geodeziyaning shaxta, tunnel, metro va boshqa yer osti inshooatlarini qurishda er bag’rida o’lchash ishlarini bajarish bilan shug’ullanadigan soxasi «maksheryderiya» derb yuritiladi. «Marksheryderiya» Geodeziyaning tog’ fani va texnikasida qo’llanilishidir.

Mamlakatimiz teritoriyasida turli injenerlik qidiruv ishlari olib borilishi va xilma-xil injenerlik inshootlari qurilishi natijasida Geodeziyaning yana bir tarmogi «injenerlik» Geodeziyasi vujudga kerldi.

Asosiy geodezik ishlar natijasi yer po’stlog’ining harakati, materiklarning siljib okean va dengizlar satxining bir-biridan farqi kabi masalalarni o’rganishga imkon beradi.

Geodeziyaning asosiy amaliy vazifalaridan biri yer yuzining topografik karta, plan va profillarni tuzishdir.

Topografik karta, plan va profillarni tuzish uchun bajariladigan geodezik ishlar yig’indisi plan olish deyiladi.


Yüklə 272 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin