Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin.
Evristik o‘qitish metodi
Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani yechish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar. Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
XX-asr (1902-1903) boshida Emil Dyurkgeym o‘zining qator ma’ruzalarida yoshlarning ijtimoiylashuvida maktab fanlarining markazlashuvini ijtimoiy normalar, qadriyatlar va qoidalar borligini o‘rgatuvchi va ular asosida ijtimoiy hamkorlikni shakllantiruvchi dastlabki ijtimoiy institut deb qaragan. Bu me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirayotgan yoshlar ko‘proq kattalarga xos samarali bandlik va fuqaroligi bilan bog‘liq an’anaviy xatti-harakatlar modulini namoyon qilmoqda. O‘z navbatida maktab va oilalarning bu normalari va qadriyatlarni bolalarga singdirishdagi xato va kamchiliklari ular orasidagi huquqbuzarlik, jinoyatchilik va boshqa salbiy holatlarning kelib chiqishiga olib keladi hamda yuqorida ta’kidlangan ijtimoiy institutlarning umumiy maqsadlariga zid holatni yuzaga keltiradi. Maktab tarbiyasi o‘qitishni xavfsiz va professional tashkillashtirishda katta rol o‘ynaydi. Dyurkgeymning ta’kidlashicha, maktab tarbiyasi “sinfda faqatgina tinchlikni ta’minlaydigan oddiygiyna qurilma emas”, balki undan ham muhimroq, “ma’naviy tarbiya instrumentidir va u ko‘chirib olinishi murakkabdir”.
Xususan, sotsiologlar o‘quvchilarning shakllanishida maktab intizomi muhiti rolining kengayishidan manfaatdor bo‘lganlar. Intizom uzoq yillar mobaynida muvaffaqiyatli maktablarning markaziy xususiyati sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, so‘nggi o‘n yilliklar ichida tadqiqotchilar bu muhim mavzu haqida qiyosiy tadqiqotlarga nisbatan kam e’tibor bergan. Maktab intizomi yuzasidan qiyosiy tadqiqotlar ayniqsa, hozirgi kunda juda muhimdir. Chunki biz maktablarning bir-biridan intizom borasidagi tizimli yondashuv farqlarini bilishimiz kerak. Bunday bilim siyosatchilarga samarali ta’lim siyosatini shakllantirish uchun mustahkam empirik asos beradi. Bu manba maktab intizomi yuzasidan tizimli qiyosiy milliy tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, mavzu yuzasidan akademik bilimlar, ijtimoiy fikr va ta’lim siyosatining shakllanishiga hissa qo‘shadi.
Aslida insoniyat paydo bo’lishi bilan, ta’lim-tarbiya ham shakllana boshlagan. Chunki, katta yoshdagilar hayotiy tajribalari orqali orttirgan bilim va ko’nikmalarini, o’sib kelayotgan avlodga o’rgatganlar. Natijada tarbiya berish haqida bilimlar to’plana boshlagan. Ya’ni, kimlarga o’rgatish?, nimani o’rgatish? va qanday o’rgatish? degan savollarga javob topa boshlaganlar. Bunday tarbiya berish sir-asrorlarini qadimgi Xitoyning Konfutsiysi; O’rta Osiyoning “Avesto”si, Farobiy, Ibn Sino va Beruniysi; Hindistonning Budd ava Daosi hamda Misr va Yunoniston faylasuflarining asarlarida uchratish mumkin. Ammo, ta’lim-tarbiyaga oid bilimlarni ilmiy asoslangan ma’lum bir tizimga solib, ularni bir necha bor sinovdan o’tkazib, ravon bir pedagogik nazariya ko’rinishida, birinchi bor insoniyatga taqdim etgan olim, bu chex faylasufi Yan Amos Komenskiy (1592–1670) bo’lgan. U o’zining “Buyuk didaktika” asarida: “Bolalarni necha yoshdan o’qita boshlash lozim?”, “Guruh-guruh qilib o’qitganda guruhdagi bolalar soni qancha bo’lishi kerak?”, “O’sib kelayotgan avlodga nimalarni o’rgatish kerak”, “Bilim berishda qanday tamoyillardan (prinsiplardan) kelib chiqilishi shart?”, “Bilim berishda qanday usullardan foydalanish maqsadga muvofiq?”, “O’qituvchilarning moddiy ta’minoti qanday bo’lishi kerak?” va boshqa bir qator savollarga ilmiy asoslangan hamda tajribadan o’tgan javoblarni bergan. Chunonchi, sinfdagi bolalar soni 12 nafardan oshmasligi kerak, agar oshib ketsa, dars o’tib bo’lmaydi degan edi Yan Amos Komenskiy. Yoki o’qituvchilarning oylik ish haqi, mamlakatning birinchi shaxsining oyligidan ko’p yoki uning ish haqi bilan barobar bo’lishi shart. Ask holda o’qituvchining obro’si bo’lmaydi, deb ta’kidlagan Komenskiy. Alloma boshqa masalalarga ham amalda isbotlangan va ilmiy asoslangan javoblarni bergan edi. Undan keyin angliyalik Jon Lok (1632–1704) ham o’z tadqiqotlarini pedagogika nazariyasiga qaratgan. Fransuz olimlari D.Didro (1713–1784), K.Gelvetsiy (1715–1771), P.Golbax (1723–1789), J.J.Russo (1712–1778)lar ham pedagogika nazariyasiga o’z xissalarini qo’shganlar. Pedagog olim, shveytsariyalik I.G.Pestalotsi (1746–1827) o’zidan avval o’tgan pedagog va faylasuf olimlar fikrini tahlil qilib, o’z fikrini bildirgan. Pedagogika nazariyasiga chuqurroq kirib borgan pedagog olimlardan I.F.Gerbart (1776–1841) va F.A.Disterveg (1790–1886)lar ham shular jumlasidandir. Rossiya olimlaridan V.G.Belinskiy (1811–1910), A.I.Gertsen (1812–1861), L.N.Tolstoy (1828–1910) va K.D.Ushinskiylar ham pedagogika nazariyasiga o’z hissalarini qo’shganlar. O’rta Osiyoda nazariyotchi pedagoglari qatorida Abay QO’nonboyev (1854–1904), Mahmudxo’ja Behbudiy (1875–1919), Fitrat (1886–1938), Abdulla Avloniy (1878–1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889–1929) va boshqa ko’pgina allomalarni sanab o’tish mumkin.
XVII asr o’rtalaridan boshlab, pedagogika nazariyasi, inchunun, uni o’rganuvchi fan “Didaktika” shakllana boshlagan ekan, o’tgan davr mobaynida ko’pgina pedagog olimlar tomonidan talaygina didaktik tizimlar taklif etilib, amaliyotga singdirildi. Ammo, ularning hammasi ham tarix sinovlaridan o’tib, keng tarqalmadi.
Isroil
2020 - yilga kelib Isroilda 250 mingdan ortiq muhojir yashaydi. Bu faqat rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra. Shu sababli, MDHda yashovchi ko'plab odamlar ushbu mamlakatga ko'chib o'tishning tafsilotlari va undagi hayot bilan qiziqishadi. Isroilda ta'lim tizimi tomonidan ko'tarilgan ko'plab savollar, shu jumladan: bolalar va o'spirinlar ta'limning qaysi bosqichlarini o'taydilar, ko'chmanchi bolani bolalar bog'chasida yoki maktabda qanday tashkil qilish, qanday qilib universitet tanlash, oliy ma'lumot olish va boshqa ko'p narsalar qiziqtiradi. Ushbu ma’lumotlarda Isroil davlatining ta'lim tizimi to'g'risida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar mavjud.
Biz foydalanadigan ta’lim texnologiyalari shaxsning rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o‘rgatishi zarur. Chet el tajribalarini o‘rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerak. Bu borada bir qator chet el tajribalari, xususan Isroil davlati tajribalari bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Isroil davlatida ta’lim 5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi):
a) boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar);
b) o‘rta ta’lim (5-9 sinflar).
Bu bosqichlar yakunida butun Isroil bo‘yicha bir kunda bitirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Natijalari asosida o‘quvchilar o‘zi tanlagan maktab yoki texnologik maktablarda o‘qishni davom ettiradi.
v) texnologik ta’lim (10-12 sinflar).
O‘quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladi va universitetlarga kirish huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan o‘quvchilarning o‘rtacha 20-40 % attestat oladi.
Shundan keyingi barcha toifadagi ta’lim xizmatlari pullik.
O‘n sakkiz yoshga kirgan o‘g‘il - qizlar majburiy armiya xizmatiga
chaqiriladi.
Armiya xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli hammasi universitetga o‘qishga kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o‘qishni davom ettirishi yoki olgan kasbi bo‘yicha ishlashi mumkin.
Attestati yo‘qlar texnologik maktablarning 13-14 sinflarida o‘qiydi, lekin istagan sinfdan so‘ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o‘qishni yakunlashi mumkin. 15-16 sinflarda o‘qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo‘ladi. Bunday sinflarga ega bo‘lgan texnologik maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega bo‘lib, shu universitetlarning diplomlarini berishadi.
Dostları ilə paylaş: |