1-Mavzu: Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribalar kursining maqsad va vazifalari Reja


Ta’limdagi ustuvor yo‘nalishlar va moddiy-texnik ta’minot



Yüklə 238,18 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü238,18 Kb.
#40961
1   2   3   4   5
1-Mavzu

Ta’limdagi ustuvor yo‘nalishlar va moddiy-texnik ta’minot

Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar) ta’limga juda katta etibor
qaratilgan va turli -tuman ko‘rinishdagi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mutaxassislik yo‘nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, kimyo, fuqaro dengiz floti va boshqalar.

Ta’lim muassasalari barcha turlarining moddiy texnik bazasi, kompyuter bilan jihozlanganligi juda yuqori darajada. Barcha kompyuterlar Internetga ulangan. O‘quv jarayonida Internetdan keng foydalaniladi. Bundan tashqari TelAviv universiteti bilan bir qator texnologik maktablar sputnik kanali orqali amalga oshiriladigan va on line - bevosita muloqat rejimida ishlaydigan masofadan o‘qitish tizimiga ulangan.

Ta’lim tizimida o‘quvchiga juda ko‘p bilim berilmaydi, lekin o‘quvchilar, xatto bog‘cha bolasi ham, mustaqil ravishda fan mavzusiga bog‘langan holda loyihalar yozadi yoki tayyorlaydi va himoya qiladi. Isroil davlati pedagogikasi ta’limning barcha bosqichlarida o‘quvchiga mustaqil ishlashni o‘rgatishga qaratilgan va «Bilim olishga o‘rgatish uchun o‘qitiladi» degan shior bilan ta’lim beriladi.

Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta’lim texnologiyasiga ko‘ra sinflardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o‘qitiladi. Ta’lim barcha fanlar bo‘yicha hayot va tabiat bilan bog‘lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog‘lanishi doimo ko‘zga tashlanib turdi.

Oliy ta’lim tizimi uch bosqichli:

1. Bakalavriatura - 4 yil,

2. Magistratura - 2 yil,

3. Doktorantura - 3 yil.

Bakalavr va magistrlar uchun o‘qish Isroilda, doktorantura asosan Evropa va AQSH da amalga oshiriladi. Doktaranturada o’qish xorijiy tilni bilishga ham undaydi.

Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillar ta’sir qiladi:

1. Ijtimoiy-madaniy omillar:

a) jamiyatning ko‘p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar
o‘ziga xos madaniyatga ega);

b) turli din vakillari yirik qatlamlarining borligi (iudeylar,
musulmonlar, xristianlar va ularning turli oqimlari);

g) turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, va 90- yillar).

2. Pedagogik omillar:

a) texnologik ta’limga o‘tish;

b) o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga yo‘naltirilgan ta’lim (ayniqsa o‘rta va texnologik ta’limda);

v) o‘quv yurtlarini kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga oshirilishi;

d) mutaxassislarni tayyorlashdagi ko‘p bosqichlilik.

Ushbu faktorlar malaka oshirishning mazmunini tashkil etadi va uning samaradorligini, malaka oshirish kelajagini aniqlashda hisobga olinadi. Bu dastur Vazirlik va munitsipialitetlar darajasida boshqariladi.


Yüklə 238,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin