Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin bo‘shatib
bermoqda. Bu davrda AQSH, YAponiya, Germaniya va boshqa Evropa mamlakatlariga
etib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Korea unga juda yaqin. Tez o‘zgaruvchan bozor
sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada
chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari,
bozor segmentlari va ayrim «so‘qmoq»larning ko‘pligi unga xos xuxusiyatlardir. Ayni
paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq
segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus
oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada
takomillashgan usul va shakllari paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: