1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari


Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasi



Yüklə 39,1 Kb.
səhifə6/7
tarix20.11.2023
ölçüsü39,1 Kb.
#166372
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari-fayllar.org

Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka
shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni
paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi.
Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan
kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon
inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g‘arib holati tufayli bu dastur bizning
zamonamizga to‘g‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib to‘rgan pallada maydonga
keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina
qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab
etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular
biror muhim ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham uylay boshlaydilar.
Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro aloqaviy
konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari
o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni o‘zaro aloqasi
samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro
aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda – kompaniya bilan uning sheriklari o‘rtasidagi
daromad olib keluvchi xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi.
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish davri
iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya bozorlari
xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash ahamiyati yanada ortadi.

4. Marketing elementlari tarkibi va jarayoni
Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa
sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig‘indisi,
uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo‘lib
hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bo‘lib Garvard biznes
maktabi professori N. Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing
kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan.
Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari ajratib ko‘rsatilgan: tovar
(product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida
albatta inson ishtirok etadi. SHuning uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan marketing
elementlari tarkibiga 5 «P» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab
o‘tilgandir. Marketing-miks elementlari 1.5-rasmda ko‘rsatilgan.


Yüklə 39,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin