1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari



Yüklə 39,1 Kb.
səhifə5/7
tarix20.11.2023
ölçüsü39,1 Kb.
#166372
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari-fayllar.org

Birinchi davr- marketing konsepsiyasi «ishlab chiqarish konsepsiyasi» - «mahsulot
ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va
uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - «imkoni boricha
ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz». SHunisi diqqatga sazovorki,
bizning iqtisodiyotimiz hozirgi davrda hammadan ko‘ra ibtidoiy marketing kotsepsiyasiga
yaqin turadi.
Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni
talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari
bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar,
shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi
muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr«sotish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini «mana
tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa
chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali,
ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari
hisobiga yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz
talabga ega bo‘lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi.
50-yillarda boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va
muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli
o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. SHunga ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan
besh yilgacha moslashtirish ko‘zda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. Ortiqcha
mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor
talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - «bozor ustunligi»ga
mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan boshlab
marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor strategiyasini
emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan etakchi vazifaga aylandi.
Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-
texnika va moliyaviy faoliyati masalalari bo‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo‘lib
qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor kon’yunkturasi holati hamda
o‘zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati,
istiqboli va foydadorligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan
ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
Mamlakat xo‘jalik sub’ektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma
ichidagi rejalashtirishda ham markaziy o‘rinni egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan
strategik boshqarishning yangi shakli bo‘lib, u eng ko‘p foyda olish maqsadida tovarlarni
o‘zluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar iste’molchiga xarajat qildiradigan, korxonani
ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilish ko‘p kamrovli tushunchadir.
Mahsulotlar ko‘rinishi va texnologiyasi qisman o‘zgartirilgan holda ko‘plab ishlab
chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi.
SHuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy
etish yo‘lida doimiy ko‘rash olib borish muvaffaqiyat garovi bo‘lib qoldi.






Yüklə 39,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin