1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari


-jadval  Marketingni rivojlanish tarixi



Yüklə 39,1 Kb.
səhifə3/7
tarix20.11.2023
ölçüsü39,1 Kb.
#166372
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari-fayllar.org

1-jadval 
Marketingni rivojlanish tarixi 
Yillar 
Marketingda ro‘y bergan o‘zgarishlar 
1902 yil
AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o‘qitish boshlandi.
1908 yil
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat
kompaniyalarida birinchi marketing bo‘limlari tashkil etildi.
1920 yil
Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi.
1926yil
AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; uning
asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda
Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi.
1930-1940
yillarda
Dunyoning ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing
assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1950-1960
yillarda
Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing
bo‘yicha Evropa jamiyati hamda Evropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro
marketing tashkilotlari tuzildi.
1980 yillarning
ikkinchi yarmida
Mamlakatimizning iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida
marketing kursi o‘qitila boshlandi.
1990 yillarning
oxirlarida va
hozirgi
kunlarda
Mamlakatimizda marketing bo‘yicha xorijiy adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima
qilingan holda va shu fan bo‘yicha darslik, qo‘llanma hamda risolalar
O‘zbekistonlik mualliflar tomonidan ko‘plab chop etilmoqda.
O‘tgan asirning 60-yillar o‘rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining barchasi
o‘z xo‘jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‘llay boshladi. G‘arbiy Evropa
va YAponiyada marketing g‘oyalari AQSHga qaraganda sustroq joriy qilindi. Ammo 60-
yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan o‘zlashtirishga
kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar. Marketing an’anaviy savdo usullaridan
farqli ularoq aniq maqsadlarni ko‘zlaydi, xo‘jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi:
korxona shunday sifatli mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo‘lsin. Darhaqiqat,
mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo
bildirmaydi. Ilgari xo‘jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish
talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona o‘zi xohlagan mahsulotni
ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar edi. Marketingning maqsadi esa
bozorning mavjud va kelgusida ehtimol tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat
jihatidan to‘g‘ri baholashdan, so‘ngra unga tayanib, butun kuchini o‘z mahsulotiga qiziqish
va ehtiyojni kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek ko‘rsatiladigan tegishli
ximat turini tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan iborat.
1966 yilda AQSHda marketing masalalari bo‘yicha 350 ga yaqin tadqiqot firmalari
faoliyat olib borib, undan yirik firmalar 45 mln dollarga yaqin aylanmaga ega edi, bunda
bu firmalarning jami aylanmasi 300 mln dollardan oshiqni tashkil etgan. Marketing
muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshlashuvi asosida universitetlar ham, savdo-sanoat
assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug‘ullana boshladi.
1972 yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab
beradi. 1976 yilda SHelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini
ko‘rsatdi.
XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish jarayoni
kuzatildi. SHuningdek, 1990 yilda Kanberra shahrida (Avstraliya) «Marketing – bu hamma
narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida global marketing bo‘yicha Xalqaro
konferensiya bo‘lib o‘tdi.



Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin bo‘shatib


bermoqda. Bu davrda AQSH, YAponiya, Germaniya va boshqa Evropa mamlakatlariga
etib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Korea unga juda yaqin. Tez o‘zgaruvchan bozor
sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada
chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari,
bozor segmentlari va ayrim «so‘qmoq»larning ko‘pligi unga xos xuxusiyatlardir. Ayni
paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq
segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus
oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada
takomillashgan usul va shakllari paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi.

Yüklə 39,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin