1-MAVZU. MARKETINGNING IJTIMOIY – IQTISODIY ASOSLARI
1. Marketing tushunchasi va mohiyati.
2. Marketingni vujudga kelishi va uni rivojlanishini asosiy bosqichlari.
3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi.
4. Marketing elementlari tarkibi va jarayoni.
1. Marketing tushunchasi va mohiyati
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning
samarali vositasi hamda asosi bo‘lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini
boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat
kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons tadbirkorlikda
marketingni o‘rnini tavisflab shunday deydi, ya’ni «Marketing
tadbirkorlikning tayanch
omilidir. Bu nafaqat yoqilg‘i, balki kema komandasidir.»
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan
ayirboshlash
jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo‘lishi, sotish shakllarini
rivojlanishi hamda iste’molchilarni tovar va xizmatlar bilan o‘zaro harakati bilan
bog‘lanadi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu bois
marketing so‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol,
faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing
bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo‘nalishi, ammo
ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir.
AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini ko‘p turlari
mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi
tomonidan berilgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni «Marketing»
shunday
jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g‘oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi,
narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovarlar va xizmat ko‘rsatishlar harakati va sotishni, ayrim
shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K. Belyaevskiy shunday degan:
«Marketing – bu bozorni o‘rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak
Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: «Marketing
tashkilotlar va kishilarni
xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo‘li
orqali qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‘zida
biznes falsafasi va faol jarayondir».
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o‘rganish, u orqali
iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta
iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‘ljallashdan iborat.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor.
Mutaxassislar o‘rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki
masalasida yagona fikr yo‘q. Hozir ko‘pgina chet ellik
marketologlar zamonaviy
marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o‘z ichiga olmog‘i kerak deb
hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma
turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga
ham tadbiq qilib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-
xillikning sababi bor.
Birinchidan, marketing konsepsiyasi
mazmuni kapitalistik ishlab
chiqarish usuli rivojlanishi bilan o‘zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi,