15 - Mavzu: Bolalarning arifmetik masalalarni tushuningning o’ziga xos xususiyatlari.
1.Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning umumiy didaktik tamoyilari.
2. Matematik tasavurlarini shakllantirish va rivojlantirish.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik rasavurlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish.
4.. MTT turli yosh guruhilarida matematika mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi va tashkil qilish xususiyatlari.
Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda. didaktik prinsiplar 1. Ilmiylik prinsipi bog’chada o’rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo’lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya’ni biz ilmiylik to’g’risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda berilayotgan bilim mazmuni ilm asosida tuzilgan bo’lishi kerak.
1. Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi. Bu prinsip berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog’lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematika nazariyadan bevosita hap-xil mashq va masalalar ni yechishga o’tish yo’li bilan bu prinsip keng suratda amalga oshiriladi. Ћaqiqatdan ham yosh bolalarga har kuni ko’zi bilan ko’rib yurgan xonada, ko’chada, uydagi narsalar bilan bog’langan holda mashg’ulot o’tish, ya’ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o’zlashtirishiga yordam beradi.
Z.Ko’rsatmalilik prinsipu. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog’liqdir. Matematikani o’qitishdan asosiy maqsad — mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o’qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o’rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.
Maqsad: Talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning arifmetik masalalarni tushuningning o’ziga xos xususiyatlari tushunchalarini mustahkamlash.