1-Маvzu: Mavzu: Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan baxtsiz xodisalar uchun n-1 shaklidagi dalolatnomani to`ldirish va baxtsiz hodisani baholash



Yüklə 53,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix16.12.2023
ölçüsü53,25 Kb.
#183417
1   2   3   4
1 amaliy 2

Topografik usul. 
Bu usul ham guruh usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, 
qo‘yidagi hollarda qo‘llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi 
ma’lumotla 
rni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, N-1), ish uchastkalarining 
rejasida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo‘yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish 
uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko‘rgazmali ma’lumot 
olinadi.
Har qanday statistik tekrish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil 
qilishda ham olingan material, asosan baxtsiz hodisa haqida tuzilgan N-1 
formadagi akt har tomonlama o‘rganiladi. Aktda baxtsiz hodisa yuz bergan joy, 
jarohatlanish tavsifi, og‘irlik darajasi, voqea sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi 
haqidagi ma’lumotlar aks etadi.
2. Monografik usul. 
Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz 
bergan ayrim sex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama 
o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish 
usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariyasi-gigienik mehnat 
sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ro‘y bergan baxtsiz hodisalar, 
avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi. 
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo‘yicha ham o‘tkaziladi. 
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
potensial baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek 
qurilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh korxonalarda shunga o‘xshash baxtsiz 
hodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari 
asosida loyilanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o‘zgartirish va 
mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Yüklə 53,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin