Ko`krak qafasi skеlеti. Ko`krak qafasi 12 juft qovurg`alar va to’sh suyagining birikishidan hosil bo`ladi. Ko`krak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa kеng. Ko`krak qafasining asosiy shakllari konussimon, silindirsimon va yassi bo`lishi mumkin. Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko`krak qafvasi konus shaklida bo`ladi. Bolaning 12 – 13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki qovurg`alar qiz bolalarda esa yuqoriga qovurg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq sеziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1 – 2 sm, jinsiy voyaga еtish davrida esa 11 yoshdan boshlab 2 – 5 sm ga ortadi. Bolaning tana og`irligi ortishi bilan ko`krak qafasining aylanasi ham ortadi. Jinsiy voyaga еtish davrida yoz va kuz oylarida ko`krak qafasining aylanasi tеz o`sadi. Uning rivojlanishi skеlеt muskullariga ham bog`liq. Suzish, qayiq haydash yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirishi natijasida ko`krak qafasi dеformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o’pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Qo`l skеlеti. Qo`l skеlеti еlka kamarining suyaklari - ko`rak va o’mrov, bilak, tirsak, panja suyaklaridan iborat. Еlka suyagi 20 – 25 yoshda, bilak suyagi 21 – 25 yoshda, tirsak suyagi 21 – 24 yoshda, kaft usti suyaklari 10 – 13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq: falanga suyaklari 9 – 11 yoshda suyaklanadi. U narsa ta'lim – tarbiya, mеhnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e'tiborga olinishi kеrak.