1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə12/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Mavzu rejasi:
1.Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha.
2.Garmonlar va jinsiy yetilish.
3.Ichki sekretsiya bezlarining yoshga oid xususiyatlari.
Organizm faoliyati asosan nerv sistemasi orqali boshqarilib qolmasdan,
bundan tashqari gumoral yo’l bilan ham boshqarilishi qadim zamonlardan
ma’lum bo’lgan. Organizm hayot faoliyatida hosil bo’lgan kimiyoviy moddalar
qon tomirlarga va hujayra suyuqligiga tushadi. Hujayra suyuqligiga tushgan
moddalar organlar faoliyatiga ta’sir etib, ularni o’zaro munosabatlarini
ta’minlaydi. Odam va hayvon organizmi ko’p sondagi turli xil organlardan
tashkil topgan bo’lib, ammo bu organlar hayron qolarli darajada, bir- biri bilan
kelishilgan holda ishlaydi. Ana shunday organizm qismlarining ajoyib
munosabatga bo’lib ishlashi natijasida organizm bir butun bo’lib tashqi
muhitning o’zgaruvchan yashash sharoitiga moslashadi.
Organizm funksiyalarining doimiy kelishilgan holda ishlashini
ta’minlovchi murakkab boshqarish sistemasi, uning ichki hayoti va tashqi
muhitdagi xulq-atvoriga bog’liqdir.
Evolyutsiya jarayonida, shunday o’ziga xos organlar sistemasi hosil
bo’ldiki, bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan bo’lib, hatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki
sekretsiya bezlaridir.
Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yo’li bo’lmaydi, shuning uchun ular
endokrin bezlar deb ataladi. Bu so’z grekcha endo- ichki va krino- ajratish,
chiqarish so’zlaridan olingan. Ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlardan
ishlanib chiqqan suyuqlik qonga quyiladi. Ular gormon ishlab chiqaradi. Ichki
sekretsiya bezlariga quyidagi bezlar kiradi:
-qalqonsimon bez;
-qalqonsimon bez atrofidagi bezchalar;
-ayrisimon bez;
-me’da osti bezi;
-buyrak usti bezlari;
-gipofiz;
-epifiz;
-jinsiy bezlar kiradi.
Me’da osti bezi va jinsiy bezlar aralash bezlar hisoblanadi, chunki ular ham
gormon, ham sekretsiya ishlab chiqaradi.
Ichki sekretsiya bezlari gormoni qon orqali butun organizmga tarqaladi. Bu
gormonlar moddalar almashinuvini, ya’ni organlar faoliyatini kuchaytiradi yoki
susaytiradi. Shuningdek ular kishining jismoniy rivojlanishiga, ruhiy
rivojlanishiga, balog’atga yetishiga va boshqa ko’pgina funksiyalarga ta’sir etadi.
Ichki sekretsiya haqida tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod bernar
tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855-yilda maxsus tekshiruv o’tkazib,
jigarning ovqat hazm qilish organlariga o’t suyuqligi chiqarib berishini va qonga
glikogen chiqarishini aniqlagan.
Sunday qilib, organizmda tashqi sekretsiyadan boshqa ichki sekretsiya
jarayonlari ham borligini isbot etgan va o’z sekretlarini organizm ichiga
chiqarib beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deb atagan.
Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv sistemasining
faoliyatiga bog’liq bo’lib, bosh miya po’stlog’ining idora qiluvchi, hamda
nazorat etuvchi roliga bo’ysunadi.
Endokrin bezlar joylashgan o’rniga ko’ra 4 ta guruhga bo’linadi:
1.Miya bezlariga epifiz va gipofiz kiradi;
2. Bo’yin va ko’krak qafas bezlari:Bularga qalqonsimon bez, qalqonsimon
bez oldi bezlari va ayrisimon bez kiradi;
3. Qorin bo’shlig’i bezlari: Me’da osti bezi va buyrak usti bezi kiradi;
4.Chanoq bezlariga Jinsiy bezlar kiradi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin