Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda xdmda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi (yana q. Yogʻ). Genetik injeneriya
Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda xdmda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi (yana q. Yogʻ).
molekulyar genetika sohasi; genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shugʻullanadi. Muayyan organizm hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar guruhini nuklein kislotaning maʼlum molekulalari bilan biriktirib, hosil boʻlgan duragayni boshqa organizm hujayrasiga kiritishga asoslangan.
.
Viruslar va b. har qanday tirik mavjudot hujayralarining irsiy programmasini maqsadga muvofiq modellashtirish, yangi shtamm virus va mikroorganizmlar, oʻsimlik, hayvon hujayralarining yangi xillarini, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarining q. x. uchun zarur shakllarini yaratish va b. G. i. vazifasidir. AQSH olimi P. Berg xodimlari bilan birga virus va mikroorganizmlar irsiy molekulasi qismlarini probirkada ulab, rekombinant DNK olishi G. i. ning vujudga kelishiga asos soldi (1972). G. i. umumiy genetika, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, bioorganik kimyo, mikrobiologiya, oʻsimlikshunoslik kabi biologik fanlar nazariyalari hamda tadqiq etish usullarining bir-birini toʻldirishi tufayli shakllandi.
.
Restriktazalardan (300 dan ortiq xili bor) DNK molekulasini har xil qismlarga ajratishda, ligazadan esa ularni yana qayta birlashtirishda foydalaniladi. G. i.da eng koʻp ishlatiladigan restriktaza (Yeso Rb) 1971 y.da olingan. G. i.ning rivojlanish tarixi in vitro sharoitida (organizmdan tashqarida) rekombinant DNK molekulalarini, yaʼni har xil plazmidalar (xromosomalarsiz, mustaqil yashash xususiyatiga ega DNK halqa molekulalari), hattoki plazmida bilan faglar orasida duragaylar yoki vektor molekul alar (xoʻjayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi) olish mumkinligini prinsipial isbotlashdan boshlangan.