1-Mavzu: mavzu: Uglevodlar va ularning tirik organizimlarga axamiyati, Lipitlar. Gen enjeriyasining yutug’i



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə5/7
tarix23.08.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#63231
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzuga 11

Sellyuloza. Sellyuloza o’simliklar tarkibida ko’p bo’lib, ular hujayra devorining asosini tashkil qiladi. Sellyuloza tuzilishiga ko’ra amilozaga o’xshash, lekin molekulasi tarkibidagi 1,4 bog` -shaklda. Uning molekulyar massasi 300000 dan 1 000000 gacha bo’ladi.

  • Sellyuloza
  • Sellyuloza suvda erimaydi. Ayrim kislotalar ta`sirida qisman gidrolizlanadi.

Glikogen - hayvon, odam to’qimalarida keng tarqalgan polisaxariddir. Glikogen tuzilishi va xususiyatlariga ko’ra amilopektinga o’xshaydi.M

  • Muskul glikogenining molekulyar massasi 1 millon, jigar glikogeni 5 millondir. Glikogen yod bilan qizg`ish - qo’ng`ir rang hosil qiladi. Glikogen gidrolizlangandaavval dekstrinlar, keyin maltoza va glyukoza hosil qiladi.

LIPIDLAR (yun.lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon moddalar.

  • Tirik organizm hayot faoliyatida Lipidlar muhim ahamiyatga ega. Lipidlar biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishdamuskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qat-nashadi. Lipidlarning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda suv qochiruvchi himoya va termoizolyatsiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli organlarni mexanik taʼsirlardan saqlashdan iborat.

.

  • Koʻpchilik Lipidlar yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Lipidlar bir necha sinfga boʻlinadi. Oddiy Lipidlar yogʻ kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yegʻlar (triglitseridlar va b. tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari va yogʻ spirtlari efirlari) va diol Lipidlar (yogʻ kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab Lipidlar ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab Lipidlar molekulalarida koʻp atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham boʻladi. Koʻpchilik Lipidlar sirt faol moddalar hisoblanadi. Lipidlar organizmda lipazalar taʼsirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar — ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib faollashadi, soʻngra oksidlanadi. Koʻpchilik Lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida boʻladi

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin