Polisaxaridlar Polisaxaridlar yuqori molekulali murakkab uglevodlar bo’lib, ularning molekulalari monosaxaridlarning juda ko’p qoldig`idan tuzilgan. Ular suvda erimaydi yoki kolloid eritma hosil qiladi. Polisaxaridlar ta`msiz bo’ladi va haqiqiy kristallar hosil qilmaydi.
Polisaxaridlar Polisaxaridlar yuqori molekulali murakkab uglevodlar bo’lib, ularning molekulalari monosaxaridlarning juda ko’p qoldig`idan tuzilgan. Ular suvda erimaydi yoki kolloid eritma hosil qiladi. Polisaxaridlar ta`msiz bo’ladi va haqiqiy kristallar hosil qilmaydi.
Laktoza. Laktoza sut tarkibida ko’p uchraydi. Shuning uchun u sut shakari deb ham ataladi. Laktoza glyukoza va galaktozadan tashkil topgan. Maltoza. Undirilgan don shakari deb atalib, ikki molekula glyukozadan tuzilgan. Hamma disaxaridlar suvda yaxshi eriydi, shirin ta`mga ega, organizmda yaxshi hazm bo’ladi
Bir xil monosaxaridlardan tashkil topgan polisaxaridlar gomopolisaxaridlar deb ataladi. Agar polisaxaridlar tarkibida turli monosaxaridlar bo’lsa, ular geteropolisaxaridlar deb ataladi. Geteropolisaxaridlar tarkibida ba`zan aminokislotalar, yog`lar, oqsillar uchraydi.
Quyida polisaxaridlarning ayrim vakillari bilan tanishamiz.
Kraxmal. Kraxmal o’simliklarda eng ko’p to’planadigan va eng muhim polisaxaridlardan hisoblanadi. Sholi va makkajo’xorida 80% gacha, bug`doyda 60-70%, kartoshkada 20% gacha kraxmal bo’ladi. Kraxmal fotosintezjarayonida hosil bo’ladi. Kraxmal ikki xil birikmadan, ya`ni amiloza va amilopektindan tashkil topgan. Ular fizik-kimyoviy xossalari bilan farq qiladi.
Amiloza issiq suvda yaxshi eriydi, uning molekulyar massasi 10000 dan 100000 gacha etadi, tarkibida 0,03% gacha fosfor bo’ladi. Uning molekulasi glyukopiranoza qoldig`laridan tashkil topgan bo’lib, tarmoqlanmagan ipsimon zanjir hosil qilib 1,4 bog` orqali bog`langan.
Amilopektin. Uning molekulyar massasi 50 mingdan 1 milliongacha etadi. U glyukopiranozalarning tarqoq zanjirlaridan tashkil topgan. Amilopektin molekulasida glyukoza qoldiqlari 1 va 4 uglerod atomlari orqali birikkan bo’ladi. Shu bilan bir qatorda 1 va 6 uglerod atomlari orqali bog`lanish ham mavjud bo’lib, tarmoqlangan qismda bo’ladi.