1. Sotsiologik yondashuvga ko’ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. O’o’quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo’lgan bilimlarni o’rganadilar. Ta’limning mazmuni o’o’quvchilarga ajdodlar tajribasini o’zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.
2. Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuvyaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quv materialini o’rganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo’llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko’ra ta’lim mazmuni o’o’quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.