Maktabda informatika fanini o'qitishda o'quvchiga yo'naltirilgan yondashuv
Asosiy savollar:
Informatika o‘qitishning tashkiliy shakllari va usullari.
Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan o‘quv va ko‘rgazmali didaktik materiallar.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Informatikadan dars shakllari va turlari, o‘qitish metodlari,
qiziqarli metodlar, interaktiv metodlar, o‘quv va ko‘rgazmali vositalar,
kompyuter sinfi, kompyuterdan foydalanish qoidalari.
Mavzuda ko‘rib chiqiladigan muammolar:
Informatika o‘qitishning tashkiliy shakllari va usullarining mazmuni bir xil deb qarash mumkinmi? Siz ushbu fikrlashga qo‘shilasizmi yoki qo‘shilmaysizmi? O‘zingizning fikringizni izohlab bering?
Informatika o‘qitishda didaktik vositalarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Javobingizni izohlang.
1-asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi: Informatika o‘qitishning tashkiliy shakllari va usullari mazmuni to‘\risida ma’lumotlar berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
Informatika o‘qitish shakllari mazmunini ochib bera oladi.
Informatika o‘qitish usullarining mazmuniga izoh bera oladi.
asosiy savolning bayoni:
Informatika o‘qitishda ta’lim berishning tashkiliy shakllari alohida o‘rinni egallaydi. O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlarini tashkil etish yo‘llari tushuniladi.
O‘qitishning tashkiliy shakllari o‘quvchilar soni, o‘qitish joyi va boshqalar bo‘yicha tasniflanadi.
O‘qitishning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat bo‘ladi: