Informatika o‘qitishning tashkiliy shakllari mazmuni nimalardan iborat?
Informatika o‘qitishda kichik guruhlarni tashkil qilish qanday amalga oshiriladi?
O‘qitish metodi deganda nimalar tushuniladi?
O‘qitish metodlari qanday masalalarni hal etadi?
O‘qitish metodlari qanday turlarga bo‘linadi?
asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi: Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan o‘quv va ko‘rgazmali didaktik materiallar to‘\risida ma’lumotlar berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
Informatika o‘qitishdagi o‘quv va ko‘rgazmali didaktik materiallar mazmunini ochib bera oladi.
Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan o‘quv va ko‘rgazmali didaktik materiallardan foydalana oladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Informatika o‘qitish metodikasi fanini «Informatika» o‘quv predmetini o‘qitish uchun o‘quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotini tadqiq etish hamda ishlab chiqish bilan shu\ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir qismi sifatida qarash mumkin.
Informatika o‘qitish metodikasi o‘quv-metodik ta’minot uchun o‘z oldiga quyidagilarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi: o‘quvchilar uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratish; o‘qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratish.
O‘quv-metodik ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar shu jumladan ularning elektron ko‘rinishdagi variantlarini o‘z ichiga oladi. O‘quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi me’yoriy hujjatlarni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan joriy qilingan uslubiy materiallar
hamda me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
O‘quv-metodik ta’minotning zamonaviy tashkil etuvchilaridan biri elektron o‘quv–metodik materiallardir. Elektron o‘quv-metodik materiallarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
elektron ma’lumotnomalar;
elektron o‘quv qo‘llanmalar;
elektron darsliklar;
elektron ensiklopediyalar va boshqalar.
Informatika o‘qitish metodikasida dasturiy ta’minot sohasida quyidagilarni amalga oshiradi: yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, muayyan dasturiy muhsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab berish kabilar.
Informatika kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning bazaviy dasturlari va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o‘rganishga yordam beradigan pedagogik dasturlar majmuasidan tashkil topadi.
Bazaviy dasturlarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
elektron o‘quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy
dasturiyvositalar;
ma’lumotnoma tizimlari va boshqalar.
Informatika o‘qitish metodikasi tashkiliy ta’minot sohasida pedagogik dasturiy vositalar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida samarali qo‘llash masalalarini hal etadi.
Informatika o‘qitish metodikasi texnik ta’minot sohasida quyidagi masalalarni hal etadi:
o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashniiqtisodiy asoslash;
kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash. Informatika fani tez rivojlanib borayotgan fan hisoblanadi.
Keyingi o‘n yil ichida informatikaga juda ko‘p yangi tushunchalar kiritildi, yangi nazariyalar paydo bo‘ldi, yangi kompyuterlar va ularning qurilmalari yaratildi. Shuning uchun o‘quv kursining mazmuni va tuzilishi doimo yangilabturilishi lozim.
Informatikaning rivojlanish tarixi va asosiy \oyasining shakllanish jarayonlarini o‘rganish uchun tarixiy materiallardan foydalanish lozim. Shunda informatika fani o‘quvchilar ko‘z oldida qotib qolgan va shakllanib bo‘lgan fan sifatida emas, balki rivojlanishda, ijodiy yaratuvchanlik jarayonida namoyon bo‘ladi.
Informatika fanidan ta’lim berishda uning boshqa fanlardan farqli tomonlaridan biri dars jarayoni ko‘proq ko‘rgazmali va amaliy ko‘rinishlarda olib borilishidir. Dars jarayonida quyidagi asosiy qoidalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
O‘zlashtirilgan mavzularni takrorlash va takomillashtirish;
Oldingi o‘tilgan materiallarni batafsil takrorlash;
Yangi materiallarni tushuntirishda u bilan oddiy, sodda va tabiiy aloqada bo‘ladigan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarni qo‘shmaslik;
O‘quvchilarning o‘z fikrini bayon qilish usuli va shakllarini doimokuzatib borish;
Har bir bo‘lim so‘ngida umumlashtiruvchi va sistemalashtiruvchidarslarni o‘tkazish.
Dars jarayonida ko‘gazmali vositalarni namoyish qilishda hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan videoproektor qurilmasidan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Videoproektor yordamida kompyuter
ekranidagi tasvirlarni katta ekranga proeksiyalash iishlarini amalga oshirish mumkin.
Informatika fanidan dars jarayoni o‘quv muassasalarining kompyuter sinflarida olib boriladi.
Kompyuter sinfining ish faoliyatini kabinet mudiri olib boradi. Kompyuter sinfida oliy ma’lumotli, amaliy matematika, muxandis- dasturchi, matematika va informatika mutaxassisligiga ega bo‘lgan xodimlar yoki oliy ma’lumotli har qanday mutaxassislar, o‘rta maxsus va tugallanmagan oliy ma’lumotli mutaxassislar faqat «Kompyuter operatori» sertifikatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar kabinet mudiri bo‘lib ishlashlari mumkin.
Kompyuter sinfida quyidagi ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi lozim:
Ko‘p muloqot qilinadigan dasturlarning ishchi oynasi ko‘rinishlari.
Kompyuter sinfida texnika xavfsizligi qoidalari quyidagilardan iborat:
Kompyuter va uning qurilmalari 220 V kuchlanishli manbalar bilan ishlaydi. Tok kuchi esa 0,025 A – 0,1 A orali\ida bo‘ladi. Bu esa inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Amalda 127 V, 220 V va 380 V manbalardan foydalanganda foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur.
Kompyuter xonada 10-15 tagacha shaxsiy kompyuter va 1 ta o‘qituvchi uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuterdan tashkil topgan bo‘ladi. Har bir shaxsiykompyuterdan o‘qituvchi ruxsati bilan foydalanish tavsiya etiladi.
Kompyuter xonaga ustki kiyimda kirish mumkin emas. Kompyuter bilan ishlaganda maxsus ish kiyimidan foydalanish tavsiya etiladi.
Kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmo\iga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish mumkin emas.
Kompyuterni ruxsatsiz boshqa qo‘shimcha qurilmalarga ulash ta’qiqlanadi.
O‘qituvchining ruxsatisiz xonada yurish va gaplashish mumkin emas.
Monitor va boshqa qurilmalarning tugmachalari hamda muruvvatlarini so‘roqsiz bosish yoki burash mumkin emas.
Monitorga qo‘l tekkizish va boshqa qurilmalarning ulash joylariga, ochiq holda turgan elektr tarmoq manbalariga tegish ta’qiqlanadi.
Kompyuterni ishga tushirish va unda ishni yakunlash tartibi quyidagicha:
Ishga tushirish tartibi:
Kompyuter elektr tarmo\iga stablizator yordamida ulansa,stablizator elektr tarmo\iga ulanadi.
Kerak bo‘lgan qo‘shimcha qurilmalar (printer, modem, skaner ...)elektr tarmo\iga ulanadi.
Tizimli blok tugmachasi (Power) bosilib protsessor qurilmasiishga tushiriladi.
Monitor elektr tarmo\iga ulanadi.
Avtomatik ishga tushuvchi opreatsion tizim dasturi ishga tushganchakutib turiladi va kompyuter bilan muloqotga kirishiladi.
Ishni yakunlash tartibi:
Bajarilayotgan amaliy dasturdan chiqish va barcha dasturlarningishini tugatish.
Tashqi doimiy xotira qurilmalaridan foydalanilgan bo‘lsa, ularni kompyuterdan ajratish.
Foydalanilgan qo‘shimcha qurilmalar (printer, modem, skaner
...) nielektr tarmo\idan ajratish.
Operatsion tizimning kompyuterni o‘chirish buyru\i (Zaverhenieraboto‘Vo‘klyuchit kompyuter...) orqali amalga oshiriladi.
Monitorni elektr tarmo\idan ajratish.
Tizimli blok tugmachasi (Power) orqali protsessor qurilmasielektr tarmo\idan ajratiladi.
Stablizator o‘chiriladi va uni elektr tarmo\idan ajratiladi.
Kompyuter xonasida quyidagilarga rioya qilinishi kerak:
Foydalanuvchi kompyuter bilan ishlashdan oldin texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishishi va maxsusjurnalda qayd etilishi kerak.
Kompyuter xonasiga mas’ul shaxs ruxsatisiz kirish vakompyuterlardan foydalanish taqiqlanadi.
Kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanishtaqiqlanadi.
Xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo‘lgan moddalarni,
umumanqurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalarni olib kirish taqiqlanadi.
Kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyumlarniqo‘yish taqiqlanadi.
+urilmalarga ho‘l qo‘l bilan tegish, ushlash va tugmachalarni kuchishlatib bosish taqiqlanadi.
Ishlab turgan qurilmalarni qarovsiz qoldirish, elektr manbaiga ulangan holatda kompyuterga qo‘shimcha moslamalarni ulash va ularni tozalash mumkin emas.
Xonadagi havo harorati 20-24 °S atrofida bo‘lishi lozim.
Foydalanuvchilarning shaxsiy kompyuter bilan uzluksiz ishlashvaqti bir kun davomida 4 soatdan (har 10-15 daqiqada ko‘zni dam
oldirish kerak) oshmasligi tavsiya etiladi, 8-9 sinf o‘quvchilari kompyuter bilan uzluksiz ishlash vaqti 30-35 minutdan, bir kundavomida esa 180 minutdan oshmasligi lozim.
Foydalanuvchi kompyuterdan eng kamida 60-70 sm uzoqlikda vako‘zlarning ko‘rish burchagi 20 gradus pastda joylashishi kerak.