5.O’zbekistonda media savodxonlik uchun qilingan ishlar haqida.
Zamonaviy OAV turi hisoblangan internet jurnalistikasi OAV taraqqiyoti,
uning vazifalarining kengayishi, ishlab chiqarish va texnika sohasidagi keskin
o‛zgarishlar, jurnalistika va jamiyat o‛rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi
jurnalistlar oldiga yangi vazifalarni qo‛ymoqda. Bir vaqtning o‛zida yangiliklar yoza
oladigan, intervyu olish, rasm va videoga tushirish mahoratini egallay olgan, internet
uchun materiallar tayyorlay oladigan universal jurnalistlarni yetishtirish hozirgi kunda
muhim. Shu bilan birga ushbu anʼanaviy jurnalistik malakaga endilikda yana texnik
xarakterdagi matematik va muhandislik kabi sohalar bo‛yicha ham malaka hamda
ko‛nikmalarni hosil qilishga to‛g‛ri kelayapti. Bu, ayniqsa, internetdan foydalanuvchi
jurnalistlar uchun juda zarurdir. Shunday qilib, turli sohalarning konvergensiyasi
jurnalistlardan ham universallashish, ham ixtisoslashuvni talab etadi. Shu bilan birga
universallashuv, to‛g‛rirog‛i, transprofessionallashuv, avvalambor, aynan bir sohani
to‛liq o‛zlashtirib olishni taqozo etadi. Universal jurnalist bu muayyan bir sohani to‛liq
egallagan mutaxassis ham demakdir. Aynan mana shu narsa bir-biriga yaqin bo‛lgan
ixtisosliklarni tezlikda o‛zlashtirib olish imkonini beradi. Yuzaki yondashuv, barcha
narsani shunchaki bajarish professional vazifani amalga oshirish uchun yetarli emas.
Medialarning birlashuvi, yaʼni konvergensiya sharoitida jurnalist ijodi o‛zining ko‛p
qirraligi, axborotni qisqa, faktlarga asoslangan holda, zamonaviy talablarga mos
ravishda tezkor uzatishi bilan ajralib turadi. Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
sharoitida media va axborot savodxonligiga ega bo‛lgan jurnalistlarning ijodiy faoliyati
sifat bosqichiga ko‛tariladi. Shuningdek, universallashuv jarayoni jurnalistlarni
quyidagilarni bajara olishlariga sharoit yaratdi:
• dolzarb, ijtimoiy axborotni yaratish;
• mavjud ijtimoiy jarayonlarni tankidiy jihatdan tahlil eta olish;
• medianing ijtimoiy jarayonlarga taʼsir etish ko‛lami va darajasini, unda
axborotni namoyish etish shakllarini tushunish;
• ularning o‛zlarining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishda undan
foydalanish va ijodiy jihatdan tushunish;
• har taraflama puxta va mustaqil qarorlar qabul qilish;
• atrof-muhit haqida yangi axborot olish;
• umumiylik hissiyotini shakllantirishga ko‛maklashish;
• jamiyat rivojining dolzarb masalalari bo‛yicha ommaviy debatlar va
dialoglarni taʼminlash va qo‛llab-qo‛vvatlash;
• hayoti davomida uzluksiz taʼlimni qo‛llab-quvvatlash;
• o‛z xavfsizligini taʼminlagan va ijtimoiy masʼuliyatni his qilgan holda
mediadan foydalanish;
• fuqarolik jamiyati va global axborot tarmog‛ini shakllanishi va rivojini
qo‛llabquvvatlash.
Yuqorida sanab o‛tilganlarning barchasi kun.uz saytida faoliyat
yuritayotgan jurnalistlarda namoyon bo‛lmoqda. Saytning “O‛zbekiston yangiliklari”,
“Jahon yangiliklari”, “Iqtisodiyot yangiliklari”, “Jamiyat yangiliklari”, “Fan va texnika
yangiliklari”, “Sport yangiliklari” ruknlari ostida berilayotgan materiallar
respublikamiz va xorijda sodir bo‛layotgan voqea-hodisalarga o‛zgacha, qolipdan
chiqqan holda yondoshuv natijasida juda ham o‛qishlidir. Internet tizimida faoliyat
yurituvchi jurnalist radio, televideniye, matbuotda faoliyat yurituvchi jurnalistdan
albatta farq qiladi. Internet jurnalisti yuqorida tilga olingan jurnalistlarning barcha
xususiyatlarini o‛zida mujassam etgan holda o‛z faoliyatini bajarishi lozim. Internet
jurnalistining mahorati yangiliklarni baholay olishida bilinadi. Bu jurnalistdan talab
qilinadigan asosiy narsalardan biri hisoblanadi. Yangiliklarni tanlash va ularni
baholash internet jurnalisti kundalik faoliyatidagi eng qiyin yumushlardan biri
hisoblanadi. Bu jurnalistning tajribasini ham ko’rsatib beradi. Masalan, “kun.uz” sayti
jurnalistlari yangiliklarni baholashda mazkur saytning axborot siyosatiga, voqeaning
ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligiga eʼtibor berishadi. Saytda berilgan “Nazorat
qiluvchi idoralar mustaqil bo‘lishi kerak. Davlat boshqaruvidagi muammolardan biri
haqida” sarlavhasi ostida chop etilgan xabar 2 soat ichida 13 804 marta o’qilganini
kuzatish mumkin, bu ham albatta auditoriyaning qiziquvchanligidan dalolat beradi.
“Musulmonlar idorasining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvosi e’lon
qilindi” kabi xabarlar ham foydalanuvchilar diqqat-eʼtiborini tortib kelmoqda. Internet
jurnalistining mahorat qirralaridan yana biri uning tezkorligidir. Agarda 2-3 yil oldin
respublikamizda faoliyat yuritayotgan saytlarning salkam 50 foizi muntazam
yangilanmagan bo‛lsa, bugungi kunda sifatli axborotga bo‛lgan talabning oshishi,
saytlarning ko‛payishi va axborot bozori uchun kurash OAV maqomiga ega saytlarning
har kuni yangilanib turishini taqozo etmoqda. Buni “kun.uz”, “daryo.uz”, “gazeta.uz”,
“qalampir.uz”, “xalq so’zi” saytlari misolida ko‛rishimiz mumkin. Ularda berilayotgan
bugungi kunning dolzarb muammolariga bag‛ishlangan materiallar
foydalanuvchilar xabardorligining oshishiga olib kelmoqda. Agarda saytlar
kontenti bilan tanishish dinamikasini kuzatadigan bo‛lsak, www. uz portalining
xabariga ko‛ra, bir kunda daryo.uz saytiga 422 496 mingga yaqin foydalanuvchilar
kirsa, reytingning uchinchi o‛rnini egallagan “qalampir.uz” saytiga 106 086 mingga
yaqin foydalanuvchi kirib, uning mazmuni bilan tanishar ekan. Bu ko`rsatkichlar ham
bugungi kunda insonlarning axborotga qanchalik kuchli ehtiyoji borligini ham
ko`rsatib bermoqda. Aslida jurnalistlar, o‘z kasbiy vazifalariga muvofiq, axborot
vakuumida yashashlari mumkin emas. Blogerlardan olingan ma’lumotlar jurnalistlar
tomonidan rasman e’lon qilinmasa-da, baribir ularni kundalik faoliyatlarida nazardan
qochirmaydilar. Zero, an’anaviy OAVning axborotni yashirish odati ularga bo‘lgan
ishonchga putur yetkazadi. Natijada odamlar bloglarga o‘xshagan axborot manbalariga
murojaat etishga majbur bo‘ladilar. Bunda auditoriyaning professional jurnalistlarga
bo‘lgan ishonchi pasayadi, blogerlar mavqei esa oshib boraveradi. Natijada an’anaviy
jurnalistikaning reytingi biroz tushib ketishi mumkin. Internet jurnalistining mahorati
avvalo jurnalistika konvergensiyasi jarayonida o‛quvchi uchun qiziq bo‛lgan faktlarni
zudlik bilan har tomonlama, ya’ni matn, video va audio jamlanmasi ko‛rinishida
yetkazishdir. Bugungi kunga kelib saytlarda (“kun.uz”, “daryo.uz”, “gazeta.uz”,
“human.uz”) muhbir bilan birgalikda fotograf va operator faoliyatini kuzatishimiz
mumkin, bu albatta ularda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar matn va surat bilan
chegaralanib qolmay, axborotni video va audio shaklida ham aholiga yetkazib
berishayotganliklarini ko’rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligi,
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy
assosiatsiyasi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va boshqa tashkilotlarning
samarali faoliyat ko‘rsatayotgani axborot sohasini rivojlantirish uchun zarur barcha
sharoitlar yaratilganidan yana bir dalolatdir. Soha xodimlarini rag‘batlantirish,
yangidan-yangi ijodiy parvozlar sari da’vat etish, kasb malakasi va mahoratini
yuksaltirish, zamon talabiga uyg‘un mutaxassis kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar
ko‘lami tobora kengaymoqda. Bu jihatlar jurnalistikamiz rivojiga xizmat qilayotgan
turli ko‘rik-tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, grant-loyihalar, ijtimoiy dasturlarda ham o‘z
ifodasini topmoqda. Bu borada jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Oltin
qalam” Milliy mukofoti, “Yilning eng faol jurnalisti”, «Eng ulug‘, eng aziz» singari
tanlovlar, ”Jurnalistlar bahori”, “Ijtimoiy media maxsulotlar milliy festivali”, “Ozod
yurt to‘lqinlari” kabi mediafestivallar ijod ahlining jamiyatdagi faolligini oshirish,
kasbiy mahoratini yuksaltirish, iqtidor sohiblarini rag‘batlantirish va qo‘llab-
quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
OAV uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining
takomillashtirilishiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Milliy
universitetining jurnalistika, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro
jurnalistika fakultetlarida, shuningdek, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy
kommunikasiyalar universitetida soha uchun kadrlar tayyorlanmoqda va hozirgi tez
o‘zgarayotgan globallashuv davrida jurnalistikaning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy
taraqqiyoti, bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu
borada olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot va ijodiy ishlar samaradorligini ta’minlash
hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan
oshirish yo‘lida ish olib borilmoqda. Milliy ommaviy axborot vositalarini izchil
rivojlantirish, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, jahon andozalari talablari
darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ijodkorlar mehnatini
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik
ko‘rsatilib kelinmoqda. “Bugun biz yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi
hayotimizga keskin sur’atlar bilan kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu
maqsadimiz bo‘lgan demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lida
g‘oyat muhim, dolzarb vazifa va talablarni qo‘ymoqda. Buning uchun ommaviy
axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba,
o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy
jasorat ham talab etiladi”, — degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida. Davlat rahbarining biz jurnalistlarga yuksak ishonchi,
har tomonlama qo`llab quvvatlanishi, sharafli kasb egalari oldiga yuksak va sharafli
vazifalarni yuklaydi. “Hamma davrlarda ham jurnalistlarga oson bo‘lmagan. Bu kasbni
bilib turib tanlaganmiz. Jurnalistika kurashishni talab qiladigan soha. Matbuot va
ommaviy axborot vositalarini to‘rtinchi hokimiyat darajasiga chiqishini istaymiz.
Bugun biz shu kuchga to‘laqonli ega bo‘lish uchun harakat qilyapmiz. O‘zbek
jurnalistikasining erkinligi, yutuqlari haqida gapirilganda ko‘pchilik avvalgi davr bilan
qiyoslashga o‘rganib qoldi. Bunday solishtirish u qadar to‘g‘ri emas, nazarimda.
Chunki jurnalistikamizni avvalgi vaziyati bilan qiyoslagandan ko‘ra, “Aslida
jurnalistika qanday bo‘lishi kerak?” degan savol nuqtai nazar bilan qarashimiz lozim.
Sohamizning bugungi natijalari uchun kimgadir rahmat aytishimiz shart emas. O‘zi
shunday bo‘lishi, bundan ham yaxshiroq bo‘lishi kerak-da. Hamkasblarimga shuni
aytgan bo‘lardimki, oldinga yanayam katta maqsadlar qo‘yib, haqiqiy to‘rtinchi
hokimiyat bo‘lishga intilaylik. Bilasizmi, demokratiya ancha rivojlangan davlatlarda
matbuot va ommaviy axborot vositalariga nisbatan birinchi hokimiyat sifatida ham
qarashadi. Bu jurnalistikaning kuchida ko‘rinadi. Shuning uchun kuchli
mamlakatlardakuchli jurnalistika barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri
sifatida o‘zini ko‘rsatgan. O‘zbek jurnalistikasi ham ana shunday maydonga chiqishi
kerak. Buning uchun esa eng avvalo, jamiyatning, iqtisodiyotning rivojlanishida
shaffoflik muhim. Nima uchun aynan 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni
sifatida nishonlanishini bilasiz-ku. Chunki bu kunda ilk milliy nashrimiz “Taraqqiy”
chop etila boshlangan. Bu kunni bayram sifatida nishonlar ekanmiz, mustamlakachilik
zamonidagi o‘sha og‘ir vaziyatlarda milliy matbuotimizning poydevorini qo‘ygan
insonlardan shijoatni, jasoratni o‘rganaylik, ulardan ruh olaylik. Ular millat qayg‘usi
bilan yashagan.” “Rost24.uz” sayti bosh muharriri Anora Sodiqova o’zining
“Hurriyat” gazetasi 2021 yil 27 iyun soniga bergan intervyusida jurnalistika sohasidagi
yutuq va kamchiliklar haqida o`z qarashlarini bayon etgan. Axborot (Informatsiya)
termini “information” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, ma’lumot berish, tushuntirish
ma’nosini anglatadi2 . Qadimdan bu tushuncha orqali odamlar o‘rtasida og‘zaki,
yozma va boshqa usullar vositasida ma’lumot almashinish tushunilgan. “Informasiya”
tushunchasiga keng, har tomonlama izohni kibernetika beradi. Uning asoschisi Nobert
Viner shunday yozadi: “Informasiya bu tashqi olamdan olingan ma’lumot mohiyatiga
bizning moslashuvimiz va bizning xis-tuyg‘ularimiz moslashuvi jarayoni bilan
izohlanadi”3 . Ikkinchi tomondan “informasiya” tushunchasi “ma’lumot bilan
ta’minlangan, ya’ni axborot uzatish va uni ommaviylashtirish” ma’nosini ham
anglatadi. Axborot - inson va jamiyat hayotidagi o‘ziga xos hodisadir. Bir tomondan,
axborot bu inson va jamiyatning mavjudlik sharoitlariga moslashuv imkoniyatini
ta’minlovchi, atrofimizdagi dunyo haqidagi bilimlarni yig‘ish vositasi bo‘lib, ular
asosida inson va jamiyat o‘z ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini amalga oshirish
maqsadlarida to‘g‘ri keladigan harakat yo‘nalishini tanlashadi. Masalan, “ko‘chada
yomg‘ir yog‘yapti” degan axborot sayrga otlangan kishi uchun soyabon olish zarurligi
haqida qaror qabul qilishga yordam beradi. Boshqa tomondan, axborot bu - insonni,
uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini,
texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta’lim
berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik
me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me’yorlarga amal qilmaslikning
bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi.
Bugungi kun insonlari kundalik hayotini axborot yoki yangiliklarsiz tasavvur eta
olmaydi. Zamonaviy media makonda juda katta hajmdagi axborotlarni auditoriya har
kuni qabul qilyapti. “Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat
professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni
vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy jasorat ham talab etiladi”4 . Bugun biz
yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi, hayotimizga keskin sur’atlar bilan
kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va
jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo‘lgan demokratik davlat, kuchli
fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lida go‘yat muhim, dolzarb vazifa va talablarni
qo‘ymoqda”.5 Darhaqiqat, jahonda sodir bo‘layotgan dolzarb mavzular, hodisalar,
voqealarni eng birinchi OAV orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik,
xolislik, aniqlik kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |