213-modda Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi. Ish beruvchi mehnat shartnomasi to’zishda va boshqa ishga o’tkazishga xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish extimolli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyozlar, shuningdek shaxsiy ximoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
215-modda. Mehnatni muhofaza qilish yo’l-yo’riqlar berish va o’qitish. Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishidan saqlashini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma talablariga rioya eotishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.