1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejment



Yüklə 109,23 Kb.
səhifə2/18
tarix13.07.2023
ölçüsü109,23 Kb.
#136513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
menejment

Menejment ob’ekti va sub’ekti

MENEJMENT

OB’EKTI
(boshqariluvchi hodisa voqelik)

SUB’EKTI
(boshqaruv organi, rahbarlik)

I. Makrodarajada

1.

Mamlakat
(respublika)

- qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
- Ijro etuvchi hokimiyat (Vazirlar Mahkamasi)
- Sud hokimiyati




2.

Viloyat

- QQR Joqarg’i kengashi va viloyat deputatlari
- QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari
- QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari




3.

Tuman

- Tuman (shahar) xalq deputatlari
- Tuman (shahar)lar hokimliklari
- Tuman (shahar) sudlari




II. Megodarajada




4.



Konsern (ko’p tarmoqli korporatsiya)

- Qo’mitalar va ularning raislari






5.

Sektor (tarmoq)

- Vazirliklar va vazirlar




III. Mikrodarajada




6.



Korxona (firma) korporatsiya

- Jamoa kengashi va raislar, prezident






7.

Xodimlar

- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari




8.

Ishlab chiqarish

- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari




9.

Samaradorlik

- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari




10.

O’z-o’zini boshqarish

- Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar




Shunday qilib, har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.


2. Menejment fanining umum falsafiy usullari.
Menejment tushunchasiga ta’rif berishda bugungi kungacha bir necha iqtisodchi olimlar turlicha yondashganlar, jumladan:
Menejment – bu insonning nima qilishni xohlashini bilish va bajarilgan ishni eng maqbul, kam chiqim usulda ekanligini ko’ra olish san’atidir. F.Teylor (1856–1915).
Menejment – bu ishni, ishchilarni, menejerlarni va biznesni boshqaradigan ko’p maqsadli organdir. P.Drukker (1909-2005).
Menejment rasmiy tashkil etilgan kishilar guruhi orqali maqsadga erishish san’atidir. G.Kuntz (1908‑1984).
Menejment kishilar orqali muammolarni hal qilish san’atidir. M.Folet ( 1868 -1933).
Menejment – bu o’zgalar faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdir. A.Fayol (1841-1925).
Menejment – bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. M.Sharifxodjaev (1932-2008).
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment ‑ bu tashkiliy maqsadlarga moddiy va nomoddiy resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish orqali samarali yo’l bilan erishish san’atidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish.
Yuqorida berilgan ta’riflarni tahlil qilgan holda menejmentning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

1. Menejment – bu uzluksiz jarayondir. Boshqaruv jarayoni korxonalarni muvafaqqiyatga erishishida zarur bo’lgan resurslarni ta’minlash uchun resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalaridan iborat. Yagona funksiyaning o’zi qo’yilgan maqsadga erishishda etarli bo’lmaydi. Shuning uchun menejment yuqoridagi funksiyalarni uzluksizligidan iborat bo’ladi.

Yüklə 109,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin