1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejment


Ilmiy menejment maktabi F.Teylor ta‘limotining mohiyati, ilmiy menejment namoyondasi G.Emerson tamoyillari



Yüklə 109,23 Kb.
səhifə12/18
tarix13.07.2023
ölçüsü109,23 Kb.
#136513
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
menejment

2. Ilmiy menejment maktabi F.Teylor ta‘limotining mohiyati, ilmiy menejment namoyondasi G.Emerson tamoyillari.

“Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan xam atalgan, ya‘ni ―boshqaruvning mumtoz maktabi‖ deb xam yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muxandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik ―Teylorizm‖ degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning ―siqib suvini olish‖ning ilmiy tizimi deb atalgan.


F.Teylor ta‘limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mexnatining unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir.
Uning tamoyillariga binoan:

  • xar bir mexnat turi qat‘iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim;

  • xar bir mexnat jarayoni va xatto xar bir xarakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysindirilgan bo’lishi kerak;

  • yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim.

  • ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo’yilishi shart;

  • boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas‘uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart.

F.Teylorning mexnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan va ishlab chiqarishga tadbiq etgan bu tamoyillari mexnat unumdorligining ikki baravar (100%ga) o’sishiga olib keladi. Ayniqsa, uning qo’llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir.


F.Teylor tamoyiliga binoan raxbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mexnatidan va ularga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilinishi va ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini xech qanday muloxaza yuritmasdan, biror bir shaxsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq xamda tez bajarishini talab qilinar edi.
F.Teylor boshqarishni ―aniq qonun va qoidalarga tayanadigan xaqiqiy ilm, shuningdek, aniq bilish, nima qilish keragu va uni qanday qilib puxta va arzon usulda bajarish san‘ati‖ deb baxolagan.
Shunday qilib, F.Teylor ―boshqaruvning mumtoz maktabi‖ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlarida xam turli nazariya va oqimlar ko’rinishda rivojlanib bordi.
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mexnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mutaxassislardan bo’lib, u boshqarish va mexnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari, mashxur ―Mexnat unumdorligining 12 tamoyili‖ nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson mazkur kitobning mundarijasida ilmiy boshqaruv tamoyillarini moxiyatiga qarab quyidagi ketma-ketlikda bergan:
1. Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar;
2. Oqilona, sog’lom fikr;
3. Malakali, e‘tiborli maxsulot;
4. Intizom;
5. Xodimga nisbatan adolatli bo’lish;
6. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam xisob-kitob;
7. Dispetcherlash;
8. Me‘yorlar va jadvallar;
9. Sharoit bilan ta‘minlash;
10. Operatsiyalarni me‘yorlash;
11. Standart yo’riqnomalarni tayyorlash;
12. Unumdorlikni rag’batlantirish.
Ko’rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e‘tiborida eng avvalo ikki tamoyil, ya‘ni aniq qo„yilgan maqsad va g„oyalar, shuningdek oqilona fikr turibdi. U shunday usullarni ishlab chiqdiki, unga ko’ra xar bir operatsiya uchun, ishchining xarakatini o’rganish natijasida berilgan ish xajmining yagona, eng muvofiq usuli o’rnatilar edi. Befoyda, xato xarakatlar bartaraf etilib, qo’yilgan maqsad va g’oyalarga muvofiq ravishda eng takomillari tanlab olinar edi.
Bunda oqilona fikr asosida, masalan, nisbiy ish xaqining maxsus tizimi qo’llanilib, unga ko’ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20- 30 foiz pasaytirilib jarima solinar edi. Shu bilan birga berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarilishi uchun ularga sharoit yaratilar edi. (9-band).



Yüklə 109,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin